Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
uslubiyotini N.M.Zubareva ishlab chiqqan. Jumladan, ushbu uslubiyotni u quyidagicha
yoritadi: „Bolalarni manzarali rasmni idrok qilishga sekin-astalik bilan, ularning
emotsional kayflyatlariga tayangan holda, tabiatni kuzatish bilan bog‘lab o‘rgatib boriladi.
Manzarali rasmni idrok qilishni tevarak-atrofdagi tabiatning rang-barangligini va chiroyini
kuzatish bilan (quyoshning chiqishi va botishi, momaqaldiroq, oqshom, ob-havo (bulutli,
ochiq), izg'irin shamol va boshqalar) bog‘lab olib borish kerak. Manzarali rasmni ko'rib
chiqishda quyidagi savollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Rassom bizga bu
o‘rmon haqida (ushbu daraxt, maysazor, o'tloq haqida) nimalarni hikoya qilib bermoqchi
bo‗lgan? Nima uchun rassom ozining rasmini shunday nomlagan? Rassoniga nima qiziqroq,
chiroyliroq ko‗rinadi? Tarbiyachining „nima haqida...―, „nima to'g‗risida... degan savollari
rasmning tavsifini aniqlashga, tabiat nianzarasi to‗g‗risida aniq tavsif berishga yordam
beradi. U yoki bu rasmning badiiy g‗oyasini yaxshi tushunish va aniqlash u chun
musiqadan, poetik (she'riy) asarlardan foydalanish ma'qul. Bu bolalarda, bir tomondan,
barqaror diqqatning vujudga kelishiga yordam bersa. ikkinchi tomondan, ularning
kayfiyatini ko‘taradi, tasvirlash uchun o'xshatishlar, epitctlar, taqqoslashlar va kinoyalarni
tanlashga yordam beradi―. Masalan, Safo Ochilning, „ Ko‘klam qo‘shig'i, Shukur
Sa'dullaning „Bahor keldi―. Zafar Diyorning „Qor―, she'rlaridan, tabiat to‗g‗risidagi o‘zbek
xalq qo‘shiq va laparlaridan foydalanish mumkin. Rasmning g'oyasini tushunishga yordam
berishda ushbu metodik usul ham yordam berishi mumkin: tarbiyachi bolalardan qor bilan
o‘ynayotganlarida, uyda onalari bolmaganda, shifokor emlash uchun kelganda va hokazo
vaziyatlarda kayfiyatlari qanday bo'lishini so‘raydi. Tarbiyachining namuna-hikoyasi yoki
adabiy asarni o‘qib berishi katta ahamiyatga ega. Masalan V.Bakshcycvning „Yashil
bahor‖, O‘.Tansiqboyevning „Kuz― rasmini ko'zdan kechirishda mashg‗ulotni O‘tkir
Hoshimovning „Tomchi haqida ertak ― hikoyasini, Qudrat Hikmatning ,,Bu qaysi fasl?"
asaridan parcha o‘qib berish bilan tugallash mumkin. Maktabga tayyorlov guruhida
naturmortlarni ko‗rib chiqish va tasvirlash mashg‗uloti tashkil etiladi. Tarbiyachi doskaga
uncha murakkab bo‘lmagan rasmni (naturmortni) yoki rasmda tasvirlangan idishlardan,
gullardan, mevalardan sto) ustida, xuddi rasmda tasvirlangandek, „naturmort― yasaydi.
So'ngra bolalarning o‘zlari narsa-buyumlardan „naturmort― yasaydilar va bir vaqtning o‘zida
„naturmortni― tasvirlaydilar: rangini, bo‗yoqlarning mosligini, narsalarning shaklini aytib
tasvirlaydilar, keyin esa rasmdagi „ naturmort― bilan taqqoslaydilar. „Stoldagi naturmort―ni
ko'rib chiqish bolalarga narsa-buyumlarning turli sifat xususiyatlarini, belgilarini
aniqlashga yordam beradi, ularning
estetik sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlari doirasini kengaytirishga ta‘sir etadi. Bola sekin-
astalik bilan mustaqil ravishda naturmortlarni tasvirlashga o‘rgatadi. Ushbu naturmort
rasmlardan foydalanishi mumkin: D.Nalbandyan „Gullar‖ J. Levitan „Siren―. A. Laktinov
„Fevral― , I. Mashkov „Tarvuz bilan naturmort―, P. Kanchalov „ Deraza oldidagi siren ― ,
A.Fatxullin „ Nishona―. Shuningdek, tarbiyachi mashg‗ulotda fotostudia
rcproduksiyalaridan ham foydalanishi mumkin. Y.Ryumkinning „Olmalar―,
Y.Ignatovichning „Momaqaymoq ― va „Moychechak― rasmlarini ko‘zdan kechirish yaxshi
natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: