Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Maktabgacha ta‟lim muassasalari va ota-onalarning vazifalari



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

 
Maktabgacha ta‟lim muassasalari va ota-onalarning vazifalari: 

 Bolaga  so‘z  san‘ati  olamini  ochish,  kitobga  qiziqish  va  mexrni,  uni  tinglash  va 
tushunishni,  xayoliy  voqealarga  emotsional  munosabat  bildirishni,  qahramonlar  haqida 
qayg‘urish va «ularga yordamlashish» xissini tarbiyalash, ya‘ni bolalarni badiiy rivojlantirish, 
ularni bo‘lajak kitobxon sifatida shakllantirish; 

 Hikoyani tinglash va tengdoshlari bilan birgalikda bilish malakasini hosil qilish; 

 Bolalarga sanoq she‘r matniga mos keluvchi o‘yin harakatlarini bajarishni o‘rgatish; 

 Bolalarda    xalq    asarlari,  she‘rlar,  qo‘shiqlar  ohangdorligi  va  musiqiyligiga  nisbatan 
emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash; 
                                              
14
 Ушинский К.Д. Избранные педагогические сочинения. Т., М., 1974, 148-бет. 
15
 Ўша жойда, 149-бет. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 

 Bolalarga  adabiy  asarlar  ko‘p  martalab  o‘qilganida  va  hikoya  qilinganida  ularning 
qahramonlarini tanib olishda yordamlashish; 

 Bolaning  she‘rlar  va  ertaklardan  ayrim  so‘zlar  hamda  ifodalarni  takrorlashga 
rag‘batlantirish; 

 Illyustratsiyalarni  ko‘zdan  kechirishni,  ulardan  adabiy  asarlar  qahramonlarini  tanib 
olishni va illyustratsiya mazmuni bo‘yicha oddiy savollarga javob berishni o‘rgatish (Kim bu? 
Quyonning quloqlari qani? U nima qilayapti? Sichqon qani? va x.k.). 

 Bolalarga  dastlab  ko‘rgazmali  asosda  (suratlar,  o‘yinchoqlar,  harakatlar),  so‘ngra  esa 
ko‘rgazmasiz taqdim qilinayotgan qisqa she‘rlar, sanoq she‘rlar, ertaklardagi harakatlar rivojini 
kuzatib borishni o‘rgatish; 

 Bolani  ilk  yoshdagi  bolalar  uchun  maxsus  chop  etilgan  (rang-barang,  yirik  suratli, 
muqovasi qattiq va yuviladigan) kitoblardan mustaqil ravishda foydalanishga undash. 
Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  bolalarda  adabiy  asarlarni  estetik  qabul  qilish 
qobiliyati  va  maxoratini  tarbiyalash,  ularda  badiiy-nutqiy  faoliyatni  rivojlantirish  bilan  uzviy 
bog‘liqdir. 
Ilk  yoshdagi  bolalar  bilan  pedagogik  ishlar  mazmuni  va  shartlari  qanday  bo‘lmog‘i 
lozim? 
Tarbiyachining  badiiy  asarni  o‘qish  yoki  hikoya  qilish  jarayoniga  u  xuddi  ana  shu 
voqealar tomoshabini yoki ishtirokchisi sifatida emotsional tarzda qo‘shilib ketishi bolalar bilan 
pedagogik ishlarni olib borishning eng muhim sharti hisoblanadi. 
Aynan  bir  asarning  o‘zi  ko‘p  marta  takrorlanishi  lozim:  tarbiyachi  suratli  kitobdan 
«SHolg‘om»  ertagini  o‘qiydi,  so‘ngra  uni  kitobsiz  hikoya  qilib  beradi,  o‘yinchoqlar  bilan 
ko‘rsatadi, guruhga boshqa rassom tomonidan ishlangan illyustratsiyalarni olib keladi, bolalar 
bilan birgalikda o‘qiydi va hikoya qiladi. 
Kattalar  badiiy  so‘zni  bolaning  kundalik  hayotiga  doimiy  ravishda  kiritib  borishlari 
(Uxla,  qarog‘im  mening),  bolaning  o‘z  ismini  u  yoki  bu  o‘yin  yoxud  maishiy  vaziyatga  mos 
keluvchi  xalq  qo‘shig‘iga  qo‘shib  aytishlari  lozim  (Allayu-alla,  Gulnor  qizim  uxlasin,  alla  va 
x.k.). 
Tarbiyachi  (kattalar)  bolalar  bilan  birgalikda  tanish  va  notanish  kitoblardagi 
illyustratsiyalarni  ko‘zdan  kechirishi,  bolalarni  tanish  asarlar,  illyustratsiyalar  va  o‘yinchoqlar 
qahramonlarini tanib olishga, qahramon ismi va uning harakatlari nomini aytishga, shuningdek 
badiiy  matnning  ayrim  ifodali  qismlarini  aytib  berishga  («Qochib  ketdim  bobomdan,  qochib 
ketdim momomdan...») undashi darkor. 
Ayniqsa, 4-5 nafar boladan iborat bo‘lgan kichik guruhlar bilan kitoblarni ko‘rib chiqish 
va  o‘qish,  shuningdek,  har  bir  bolaning  tanlab  olingan  va  guruhda  saqlanayotgan  kitoblardan 
erkin foydalanishi uchun tegishli sharoit yaratilishi aloxida ahamiyatga egadir. 
Bolalarga barcha notanish so‘zlar ma‘nosini darxol tushuntirib berishga, xususan obrazli 
tavsiflash yoxud u yoki bu ertakdan kelib chiqadigan ma‘noni o‘z so‘zlari bilan aytib berishga 
intilmaslik zarur. 
Ilk  yoshdagi  bolalarga  badiiy  adabiyotni  tanishtirish  jarayonida  ularda  bilish  va  nutqiy 
qobiliyatlarini hamda nisbatan tegishli munosabatni rivojlantirish zarur. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish