Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
 
6-mavzu:  Kalendar rejasiga va bolalar nutqini rivojlantirishni hisobotiga 
nisbatan qo`yiladigan talablar 
Reja:  
1.  Kalendar rejasiga muvofiq  bolalar nutqini rivojlantirish 
2.  Kalendar rejasi ustida ishlash 
 
Tushunchalar va iboralar: ta‘lim va tarbiya, mashg‘ulot, musiqa, didaktika, printsiplar, 
vazifa, metod, rejalashtirish, nutq, tasviriy faoliyat. 
 
    Maktabgacha yoshdagi bola nutqiga qo‗yiladigan talablar: O‗qib berilgan badiiy asarni qayta 
hikoya  qilish; 

  Taklif  etilgan  mavzuda  suhbatlasha  olish; 

  Surat  asosida  hikoya  tuzish; 

 
O‗qilgan  asar  mazmunini  tushuntira  olish; 

  Ona  tilidagi  barcha  tovushlarni  to‗g‗ri  talaffuz 
etish; 

  Grammatik  jihatdan  to‗liq  va  to‗g‗ri  jumlalar  bilan  gap  tuzish; 

  She‘rlarni  ifodali 
o‗qish; 

 Ertak so‗zlay olish; Suratlarni tavsiflash;
 
 
Nutqning  rivojlanishi  qo‗l  barmoqlari  harakatlari  bilan  chambarchas  bog‗liq.  Buning  uchun 
bola bilan tinimsiz ravishda tizimli mashq qilish kerak. Yaxshisi plastilindan yasash, minoracha 
yig‗ish, munchoqlar terish, bog‗ichlarni tirqichdan o‗tkazish, konstruktor o‗ynash, mozaika 
terish, don-dun (mosh, guruch, meva donaklari) ni saralash mashqlarini qo‗llash mumkin. 
Qo‗l  panjalarining  harakatlari  sust  rivojlanganligi  bolaning  maktabga  o‗qishiga  salbiy  ta‘sir 
ko‗rsatadi.  Qo‗lning  harakatchanligi  sustlashgan  bo‗lsa,  harakat  aniqligi  ham  buziladi. 
Bolaning  yozishga  o‗rganishi  qiyinlashadi.  U  boshqa  bolalarga  qaraganda  sekin  yozadi, 
husnixati xunuk, tushinarsiz bo‗ladi. Hatto yozuv mashg‗ulotlariga nisbatan salbiy munosabat 
shakllanishi  ham  mumkin.  Natijada,  bola  dars  tayyorlash,  maktabga  borishdan  bosh  tortishi 
mumkin. Mayda qo‗l muskullarining yaxshi rivojlanmaganligi va ular harakatining noaniqligi, 
oxir 
oqibat, bolaning umumiy ahvoliga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bolaning 
qo‗lini yozuvga tayyorlash va bu malakani hosil qilish uchun turli 
maxsus mashqlar o‗tkazilishi lozim. 
Bolaning qo‗lini yozuvga tayyorlash uchun maxsus mashqlar: 
  Qalamcha va cho‗plardan namunaga qarab shakl hosil qilish; 
   Mayda narsalarni qo‗lning ikki barmog‗i bilan olish, bunda 
  boshqa narsalarga tegib ketmaslik; 
   Qalam yoki flomaster yordamida harf elementlarini chizish; 
  Ko‗z bilan chamalab, chalkash yo‗llardan qalam yoki barmoq 
uchini yurgizish; 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
zmaslik; 
 
 
 
 
 Bolaning qo‗l panjasi va barmoqlarini harakatlantirish o‗ziga xos 
rivojlantiruvchi ta‘sirga ega. Mutaxassislarning fikricha, qo‗l va 
barmoqlar ishtirokidagi o‗yinlar tana va ongning o‗zaro bog‗liqligini 
ta‘minlaydi. 
 
Bolalarni qabul qilishda bog`cha xodimlari bolalar hayotini ularning ahvoli, alohida o`ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etishlari  uchun uzoq vaqt  talab etiladi. Moslashish 
davrida (2-3 xafta) bola emlanmaydi, barcha mavjud odatlari, xatto salbiy odatlari ham saqlab 
qolinadi,  uyidagi  o`yinchoklardan  foydalanishga  ruxsat  etiladi.  Ijtimoiy  moslashishning 
ko`pchilik  bolalarda  murakkab  kechishi  va  cho`zilib  ketishining  asosiy  sababi  bola  qoshida 
yaqin  kishilarining  yo`qligi  va  odamlar  bilan  muomala  tajribasining  kamligidir  (N.  D. 
Vatutina).  Shuning  uchun  bolaning  bog`chadagi  dastlabki  kunlarida  uning  yonida  onasining 
ham  bo`lishiga  yo`l  qo`yiladi,  u  notanish  sharoitni  o`zgartirishga,  tarbiyachi  bilan  aloqa 
o`rnatishga, so`ng u bilan hamkorlik qilishga yordam beradi. Bolaning vaqti-vaqti bilan kuladi 
bo`lishi, unga e'tibor bilan suyib muomila qilish, tarbiyachi tomonidan maqtalish unga nisbatan 
ishonch  va  ijobiy  munosabat  yaratadi,  boshqa  kattalar  va  tengdoshlar  bilan  aloqa  o`rnatish 
uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Ijobiy xis-tuyg`ular, bolani mikro-ijtimoiy muhitga olib kirgan 
tarbiyachiga  o`rganish  tufayli  unda  tengdoshlari  bilan  muloqatga  kirishga  istak  va  intilish 
shakillanadi.  Bunda  guruhda  bolaga  quyiladigan  talablar  birligini  saqlaydigan  doimiy 
tarbiyachilarning  ishlashi  muhimdir.  Harakatli  o`yinlar  jismoniy  tarbiya  va  musiqa 
mashg`ulotlarida  birgalikdagi  harakatlar  xis-hayajonli  zo`riqishni  kamaytiradi,  quvonch  va 
zavq  baxsh  etadi,  muomalaga  ehtiyojni  oshiradi.  Shunday  qilib,  ijtimoiy  aloqalarning 
kengayishi,  pedagogik  ta'sirini  to`g`ri  tashkil  etish,  moslashish  davrining  kechishini 
osonlashtiradi,  bolani  boshqa  bolalar  bilan  birgalikda  hayot  kechirishga  tezroq  ko`niktirishga 
imkon  beradi.  Bolalar  hayoti  kunning  birinchi  va  ikkinchi  yarmidagi  kun  tartibiga  binoan 
tashkil  etiladi.  Buning  uchun  hamma  zarur  shart-sharoitlarni  yaratish  zarur.  Kichkina  rypyh 
bolalarining  ko`p  vaqti  guruh  xonasida  o`gadi.  Yaxshi  jihozlangan  xona,  o`yinchoq  va 
qo`llanmalarni  to`g`ri  tanlash  bolalarning  to`la  qonli  hayot  kechirishining  asosiy  sharti 
hisoblanadi. Guruh xonasidagi o`yinchoqlar bu yoshdagi bolalarning 2-3 ta bo`lib o`ynashlarini 
e'tiborga  olib  joylashtirilishi,  47  «Oila»,  «Bolalar  bog`chasi»  va  shunta  o`xshash  o`yinlarni 
o`ynashlari  uchun  o`yinchoq  burchagi  tashkil  etilishi,  unda  yana  qurilish  materiallari, 
harakatlanuvchi  o`yinchoqlar  ham  bo`lishi  kerak,  qolgan  o`yinchoqlar,  rasmlar  shkaflarga 
bolalar  bemalol  oladigan  qilib  joylashtirishi  lozim.  Xonada  bolalarning  polda  mashina, 
aravachalarni  bemalol  yurgiza  olishlari  va  yirik  qurilish  materiallari  bilan  o`ynashlari  uchun 
ham  joy  ajratilishi  kerak.  Harakatlarni  rivojlantiruvchi  jihozlar  binoning  maxsus  xonalarida 
saqlanadi  va  jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlaridagina  olib  chiqiladi.  Maydonchaga  qum 
yashiklari,  bolalarning  sakrashlari,  tirmashib  chiqishlari  uchun  kerakli  jihozlar,  qorda,  muzda 
uchishlari  uchun  chanalar  qo`yiladi.  Il  kichik  guruh.  Moddiy  muhit  ikkinchi  guruh  bolalari 
uchun  ham  xuddi  birinchi  kichik  guruhnikidek  tashkil  etiladi.  Bundan  tashqari  kuzatish  va 
mehnat  uchun  (tabiat  burchagiga  akvariumda  baliq,  to`rlarda  qushlar  va  mayda  hayvonlar 
joylashtiriladi.  Guruh  xonasidan  kitob  javoni  uchun  joy  ajratiladi.  Bog`cha  maydonchasida 
sport o`yinlari bilan shug`ullanish uchun maxsus joy bo`ladi, u kerakli anjomlar bilan jihozlab 
qo`yiladi:  velosipedda  uchish  uchun  yo`lka,  tirmashib  chiqish  uchun  jismoniy  tarbiya 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
narvonchalari,  muvozanatni  saqlash  uchun  ma'lum  balandlikda  yotqizilgan  g`o`la  va  shunga 
o`xshashlar bo`ladi. Olib chiqilgan o`yinchoqlarni o`ynash uchun maxsus stollar, skameykalar, 
suv bilan o`ynash uchun maxsus idish, qum yashigi bo`lishi kerak. O`rta guruh. Guruh xonasi 
uxlash  xonasi,  tualet  xonasi  va  echinish  xonasi  bo`lishi  kerak.  Guruh  xonasi  bir  necha 
bo`limdan  iborat  bo`lishi  kerak.  Birinchi  o`yin  bo`limida  qo`g`irchok  bilan  o`ynash  uchun 
hamma  kerakli  narsalar  joylashtirilgan  shkaf  bo`ladi.  Ikkinchi  o`yin  bo`limida  qurilish 
materiallari  qo`yiladigan  shkaf  va  ular  bilan  o`ynash  uchun  joy  ajratiladi.  Shu  xonaning  yana 
bir  qismida  bolalarning  badiiy  faoliyat  bilan  mustaqil  shug`ullanishlari  uchun  kerakli 
materiallar  qo`yiladi.  Kitob  burchagi  va  stol  usti  bosma  o`yini  bilan  shug`ullanishlari  uchun 
o`yin  burchagida  tinchroq  joyni  ajratish  kerak.  Tabiat  burchagini  derazalarga  yaqinroqqa 
joylashtirgan ma'qul.  Xona amaliy san'at  asarlari  va ko`kalamzorlashtiruvchi  o`simliklar bilak 
bezatiladi. 48 Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali o`simliklar bilan to`silib, 
jismoniy  mashqlar  va  sport  ermak  o`yinlari  uchun  kerakli  asboblar  bilan  jihozlanadi.  Katta 
rypyh.  O`yin  bo`limlari  bolalarning  yoshiga  mos  holda,  o`rta  guruh  xonasi  kabi  jihozlanadi. 
Gurux xonasida yana mashg`ulot o`tkaziladigan bo`lim ajratiladi va u erga tarbiyachining stoli, 
ekran,  shkaf,  doska  joylashtiriladi.  Bolalarning  mustaqil  o`ynashlari  uchun  hamma  kerakli 
materiallar  ular  bemalol  foydalana  oladigan  qilib  joylashtirilishi  kerak  (stollar,  o`yinchoqlar 
solingan qutichalar, vitrina shkafu, tokchalar va boshqalar). Tabiat burchagi qo`l mehnati bilan 
shug`ullanadigan  burchak,  kitob  burchagi,  tasviriy  faoliyat  bilan  mustaqil  shug`ullanadigan 
burchak,  musiqaviy  faoliyat  burchaklari  bo`lishi  kerak.  Bulardan  tashqari  bolalar  bemalol, 
erkin harakat qilishlari uchun kattagina bo`sh joy bo`lishi zarur. Maydonchada sport o`yinlari, 
yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, irg`itish uchun kagta joy ajratiladi. Syujetli o`yinlar uchun 
o`yinchoqlar  ham  bo`ladi.  Tayyorlov  guruhi.  Bu  erdagi  mashg`ulot  o`tkaziladigan  bo`limda 
katta guruhdagi singari bolalar uchun ikki kishilik stollar qo`yiladi. Guruh xonasidagi  jihozlar 
zarurat  tufayli  ,shug`ullanganda  o`yinga  joy  bo`shatish  maqsadida  boshqa  tomonga  surib 
qo`yadigan  qilib  joylashtiriladi.  Maydonchada  sport  o`yinlari  va  har  xil  o`yinlar  uchun  joy 
ajratiladi,  gulxona  va  poliz  tashkil  etilib,  u  erda  bolalar  o`zlari  gul  va  sabzavotlarni 
etishtiradilar.  Bolalar  hayotini  tashkil  etishga  qo`yiladigan  talablar.  Kunning  birinchi  yarmida 
bolalar  hayotini  tashkil  etish,  bolalarning  bogchada  9-12  soat  bo`lishi  kun  tartibida  belgilab 
qo`yilgan.  Bunda  ertalabki  qabul  muhim  rol  o`ynaydi.  Tarbiyachi  bolalarning  bog`chadagi 
vaqti  qiziqarli,  sermazmun  o`tishni  ta'minlaydi.  Buning  uchun  ertalab  bolalarni  ochiq  chexra 
bilan  kutib  oladi,  ota-onalari  bilan  xushmuomala,  xayrixox  munosabatda  bo`ladi.  Ertalabki 
qabul  vaqtida  ijodiy  o`yinning  hamma  turlari  tashkil  etiladi,  tabiat  burchagida  kuzatish, 
bolalarning  gurux  xonasidagi,  ovqat  va  mashg`ulotlardagi  navbatchiliklari,  nonushtadan  oldin 
ertalabki  gimnastika  va  yuvinish  tashkil  etiladi.  Nonushta  vaqtida  tarbiyachi  bolalarning 
ovqatlanish madaniyatini nazorat qilib turadi. 49 Nonushtadan keyin dasturda ko`rsatilgan vaqt 
mobaynida  mashg`ulot  o`tkaziladi.  Mashg`ulotgacha  va  mashg`ulot  o`rtasi  o`yinlar  tashkil 
etiladi.  Qanday  o`yin  o`tkazilishi  mashg`ulotning  mazmuni  va  xususiyatiga  bog`liq.  Bolalar 
o`tirib  shuullanadigan  mashg`ulotdan  oldin  harakatli  o`yinlar,  jismoniy  tarbiya  va  musiqaviy 
mashg`ulotdan  oldin  tinch  o`yinlar  o`ynashadi.  Mashg`ulotdan  keyin  sayr  o`tkaziladi. 
Tarbiyachi  tevarak-atrofdagi  tabiatni, kattalar mehnatini,  ijtimoiy  hayot  voqealarini kuzatishni 
tashkil  etadi.  Harakatli  o`yinlar  o`tkazadi,  mustaqil  o`yin  o`tkazishni  taklif  etadi.  Mana  shu 
vaqt ichida bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, didaktik o`yinlar, ijodiy o`yin turlari bilan 
shug`ullanishlari uchun katta e'tibor beriladi. Maqsadli sayrlar uyushtiriladi. Sport o`yinlari va 
mashqlar,  jismoniy  dam  olish  va  shunga  o`xshashlar  bolalarning  harakat  faolligini  o`stirishga 
ham katta ahamiyat beriladi. Bolalarning sayrdan qaytishlari, echinib yuvinishlari, tushki ovqat 
va  kunduzgi  uyqu  ham  juda  uyushqoqlik  bilan  o`tishi  kerak.  Kunning  ikkinchi  yarmida 
tarbiyachi  bolalarni  uyg`otib,  faoliyatga  kirishlarini  ta'minlaydi  va  kechki  nonushta  tashkil 
etiladi. Keyin musiqaviy yoki jismoniy tarbiya mashg`uloti o`tkazilishi mumkin. Kechki sayrga 
quyidagilar  kiradi:  hamma  ijodiy,  didaktik  o`yinlar,  tinch  harakatli  o`yinlar,  kuzatish,  qo`l 
mexnati, bolalarning mustaqil tasviriy faoliyati, ko`ngil ochishlar (haftada bir marta). Kunning 



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish