«V» tovushi
Bo’ri va it
Maqsad: Tinglash qobiliyatini va «v» tovushini aniq talaffuz qilishni tarbiyalash. Bir vaqtning o’zida og’izdan uzun nafas chiqarishni, ovoz balandligini o’zgartirishni mashq qilish.
variant: Tarbiyachi bolalarga bo’rining qanday uvillashini tinglashni taklif kiladi (sekin ovozda: uvvvv...), so’ngra itning qanday xurishini tinglashni taklif qiladi (baland ovozda: vov-vov). Uning ko’rsatmasi bo’yicha bolalar ovoz balandligini oshiradilar, bo’rining uvillashi va itning xurishiga taqlid qiladilar.
Metodik ko’rsatmalar: Taqlidlarning to’g’ri talaffuz etilishini nazorat qiling. Bo’rining uvillashi past ovozda, itning xurishi baland ovozda.
variant: Tarbiyachi bolalarga bir nafasda bo’rining uvillashi, itning xurishi va yana bo’rining uvillashini ko’rsatishni taklif kiladi. Bolalar bu jonzotlar ovoziga ketma-ket taklid qiladilar: past-baland-past.
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning ovozni pasaytirish va kuchaytirishni boshqa nafas olmasdan bir nafasda amalga oshirishlari, past ovozdan baland ovozga oxisa o’tishlarini nazorat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |