Bolalarning so’z ijodkorligi - qoidalar, umumlashtirmalar, obrazli munosabatlar harakatlarini shakllantirish jarayonining yaqqol ko’rinishidir.
Grammatik elementlarni egallash jarayoni ko’rgazmali tasavvurni shakllantirish asosida ro’y beradi va u bir nechta bosqichlarga ega.
Bugungi kun lingvistikasining asosiy vazifalaridan biri - son-sanoqsiz gaplarni tuzish hamda ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish tabiati va mexanizmini tushunishdan iboratdir.
Bola kattalar tilining kategoriyalar tizimiga amal qilmaydi, aksincha u o’zining «individual» til tizimining ichidagi vazifaviy xususiyatlariga asoslangan o’z so’zlari kategoriyasini yaratadi.
Tilni rivojlantirishning mohiyati (lug’at to’plash bilan parallel ravishda) shundan iboratki, toki o’rganayotgan bola ko’p sonli yangi fikrlar talqinini yaratish uchun qoidalar tizimini egallab olsin.
Ona tilining grammatik ahamiyatlari ma’nosini tushunish - o’sib borayotgan insonning aqli shakllanayotgani va rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklar grammatik ahamiyatni o’zlashtirish jarayoni normal holatda davom etayotganligidan, bolaning o’z ona tilida grammatik ahamiyat mavjudligi haqidagi g’oyani o’zlashtirib olganidan va mazkur ahamiyatni u atrofdagi kattalarning pedagogik qobiliyatidan kelib chiqqan holda egallab olayotganidan dalolat beradi.
Nutqni rivojlantirishga doir mashqlar - ya’ni, nutqiy grammatik modellarni mustahkamlashga doir mashqlar boshqa ishlar (kitob o’qish, rasm chizish, o’yin o’ynash va boshq.) bilan birgalikda bajarilishi lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga syujetli suratlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim.
Faqat barcha grammatik shakllami o’zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Boladagi mavjud qoidalarning shakllanganligi va barqarorligini qanday qilib tekshirish mumkin?
Bolalar so’z ijodkorligi nimani bildiradi?
So’z ijodkorligining psixofiziologik negizini nima tashkil qiladi?
Bolaning ona tili sintaksisini egallash jarayoni qanday amalga oshadi?
Bolalar nutqida qanday fikr bildirish turlari ajratilgan?
Bolaning til tizimini egallash, til qobiliyatlariga ega bo’lish jarayonining asosini nima tashkil qiladi?
Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagog oldida grammatika sohasida qanday vazifalar turibdi? Ularning har birini tavsiflab bering.
Maktabgacha yoshdagi bolaning grammatik xatoliklari nimadan dalolat beradi?
Bolalar nutqidagi grammatik xatoliklarning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Bolalarning suffikslar, prefikslar, so’z qo’shimchalarining grammatik ahamiyatini qay darajada tushunishlaridan dalolat beruvchi grammatik xatoliklariga misollar keltiring.
Tarbiyachi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklarni qanday qilib tuzatishi mumkin?
Uch-to’rt yoshli bolalar nutqining asosiy grammatik belgilarini aytib bering.
Uch-to’rt yoshli bolalar nutqining grammatik qatori ustidagi ishlarni nimalardan boshlash zarur?
Besh-olti yoshli bolalar nutqini grammatika nuqtai-nazaridan tavsiflang.
Besh-olti yoshli bolalar o’z nutqida qaysi asosiy sintaktik munosabatlarni aks ettirishlari mumkin?
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999
R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993.
F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006.
Babayeva D.R. “Nutq o'stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma
Mavzu: Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish.Tovushlarning to’g’ri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlarning xususiyati va ahamiyati.
Reja: Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda tarbiyachining vazifalari.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash usullari.
Turli yosh davrlarida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
4Tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishga o'rgatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish 5 Ravon gapirish ustida ishlash.
6. So‘zni talaffuz qilishda urg‘u va nutqning orfoepiyasi (juda to‘g‘ri talaffuz qilish qoidasi) ustida ishlash.