Bog'liq Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va
«Qo’g’irchoqni allalash» Maqsad: artikulyatsiya apparatini rivojlantirish va tinglash qobiliyatini shakllantirish. Bir vaqtning o’zida uzoq muddat mobaynida nutqiy nafas chiqarish va ovoz balandligini o’zgartira olish qobiliyati mashq qilinadi. Mazmuni: Pedagog bolalarga qo’g’irchoqlarni tarqatadi va «a» tovushini uzoq vaqt mobaynida cho’zib aytish - aaaa - orqali ularni allalashni taklif qiladi. Dastlab bolalar «a» tovushini baland ovozda talaffuz qiladilar. So’ngra tarbiyachi qo’g’irchoqlar uxlab qolayotganini aytadi va bolalardan sekinroq allalashni so’raydi. Bolalar «a» tovushini past ovozda ayta boshlaydilar. Metodik ko ’rsatmalar: Bolalar «a» tovushini ancha uzoq vaqt mobaynida, bir nafasda aytishlarini nazorat qiling; ovozidan unchalik yaxshi foydalana olmaydigan bolalarni yaxshiroq nazorat qilish uchun ularni kichik guruhlarga ajrating.