Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanidan talabalar mustaqil ishini tashkil etish


«Bolalarning nutqini o’stirish» fanidan mustaqil ish mavzulari



Download 174 Kb.
bet7/7
Sana01.04.2022
Hajmi174 Kb.
#522374
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4.Mustaqil talim (1)

«Bolalarning nutqini o’stirish» fanidan mustaqil ish mavzulari
VI semestr uchun




Mustaqil ta`lim mavzulari

Berilgan topshiriqlar







1

Bolalarda nutqni rivojlantirish dasturining ilmiy asoslari

“Ilk qadam” dasturining nutq o`stirish qismini o`rganish va tahlil qilish. Shu asosida slaydlar tayyorlash







2

Maktabgacha ta’lim muassasalarida nutqni rivojlantirish vositalari va metodlari

F.R.Qodirova. R.M.Qodirovalarning “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi” qo`llanmasini o`rganish va tahlil qilish, slayd tayyorlash







3

Ilk yoshda bolalar nutqini rivojlantirishning asosiy xususiyati

Referat, slayd tayyorlash







4

Bolalarni monologik nutqqa o`rgatish metodlari

Slayd tayyorlash







5

Ravon nutqning turlari maqsad va vazifalari

Individual topshiriqlar, slayd tayyorlash







6

Dialogik nutqqa o`rgatish yo`l-yo`riqlari

R.M.Qodirova ning “Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning psoxologik omillari” va “5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish” qo`llanmasini o`rganish va tahlil qilish







7

Bolalarda monologik nutqni shakllantirish

Slayd tayyorlash







8

Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi

Individual topshiriqlar, slayd tayyorlash







9

Grammatik kо‘nikmalarni shakllantirish

Konspektlashtirish







10

Katta yoshdagi bolalar bilan muloqot

Individual topshiriqlar, slayd tayyorlash







11

Bolalar nutqini o`stirish usullari

Referat, slayd tayyorlash







12

Ona tilida o’qitishning tashkiliy shakllari

KonspektlashtirishTarqatma material tayyorlash







13

Intonatsiya, temp, ritorika to’g’risida ma`lumot

Referat, Tarqatma material tayyorlash







14

Lug`at mohiyati, mazmuni va vazifalari

Individual topshiriqlar, slayd tayyorlash







15

Grammatik kо‘nikmalarni shakllantirish usullari va yо‘llari

Referat, slayd tayyorlash







16

Tovushlarning to’g’ri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlarning mazmuni

Individual topshiriqlar, Tarqatma material tayyorlash







17

Hikoya turlari va ularni o’rgatishning izchilligi

Referat, slayd tayyorlash







18

Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi

Individual topshiriqlar, Tarqatma material tayyorlash







19

Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik qurilishni shakllantirishning ahamiyati

Referat, slayd tayyorlash







20

Bolalarda monologik nutqni shakllantirish

Individual topshiriqlar, Tarqatma material tayyorlash







21.

Lug`at ishi mazmuni va vazifalari

Referat yozish va slayd tayyorlash







22.

Lug`at bilan ishlash tamoyillari

Og`zaki savol javob va amaliy topshiriqlar bajarish,taqdimot tayyorlash







23.

Bolalar nutqini rivojlantirishda grammatikaning o`rni va ahamiyati

Referat yozish va slayd tayyorlash







24.

Bolalarni to`g`ri talaffuzga o`rgatish

Individual topshiriqlar, slayd tayyorlash







25.

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash

Referat yozish va og`zaki savol javob







26.

Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish yo`l yo`riqlari

Referat yozish, slayd tayyorlash







27.

Ilk yoshdagi bolalar nutqini o`stirish

Individual topshiriqlar , Tarqatma material tayyorlash







28.

Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari

Konspektlashtirish,taqdimot tayyorlash







29.

Til, nutq, nutqiy faoliyat

Referat yozish va og`zaki savol javob







30.

Katta yoshdagi bolalar bilan muloqot

Konspektlashtirish,taqdimot tayyorlash







31.

Tarbiyachining nutq madaniyati va kommunikativ mahorati

Tarqatma material tayyorlash,taqdimot tayyorlash







32.

Ravon nutq mohiyati

Tarqatma material tayyorlash,referat qilish







33.

Bolalarga dialogik nutqni о‘rgatish

Slayd tayyorlash, Individual topshiriqlar qilish







34.

Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tо‘g‘riligini о‘stirish mashg‘ulotlari

Individual topshiriqlar, Tarqatma material tayyorlash







35.

Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni о‘stirish ishining mazmuni va uning vazifalari

Slayd tayyorlash







36.

Ilk yoshdagi bolalar nutqini o`stirish

Slayd tayyorlash







37.

Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari

Konspektlashtirish,taqdimot tayyorlash






BOLALARNING NUTQINI O’STIRISH” FANIDAN MUSTAQIL ISHLARNI BAJARISHGA DOIR KO‘RSATMALAR


« Bolalarning nutqini o’stirish »fanidan ilmiy referat yozish tartibi
«Bolalarning nutqini o’stirish » fanidan mustaqil ishlar topshirig‘i turli shakllarda berilishi mumkin. Jumladan, biror ilmiy mavzu bo‘yicha ilmiy referat yoki konspekt yozish, mavzuga doir grammatik topshiriqlar tuzish, test ishlanmalarini ishlab chiqish, ilmiy mavzuni jadvallarda aks ettirish kabilar.
«Bolalarning nutqini o’stirish » fanidan ilmiy referat yozish ishning rejasini tuzishdan boshlanadi. Buning uchun, avvalo, ilmiy referat yozish shaklidagi mustaqil ish topshirig‘i nimadan iborat ekanligi, uni bajarish uchun qanday vazifalarni amalga oshirish lozimligini anglab yetish lozim.
Ilmiy referat rejasini tuzishda mavzuning mohiyatini atroflicha qamrab olishga harakat qilish lozim bo‘ladi. Ilmiy referat mavzusi uchun xomaki reja masalaga doir ilmiy manbalar kartotekasi yaratilgach va bu manbalar o‘rganilib, muayyan tasavvurga ega bo‘lingach tuziladi. Referatni yozish jarayonida yangi ma'lumotlarga ega bo‘linganda reja o‘zgartirilishi yoki qo‘shimcha ma'lumotlar bilan to‘ldirilishi ham mumkin.
Ilmiy referat rejasida quyidagi masalalar qamrab olingan bo‘lishi lozim:
1. Ilmiy mavzuning tadqiqi masalasi.
2. Mavzuga xos eng muhim jihatlarining ilmiy bayoni.
3. Ilmiy mavzu bo‘yicha umumlashma xulosalar bayoni.
4. Ilmiy mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
“Ilmiy mavzuning tadqiqi masalasi” ilmiy referatning Kirish qismida bayon etiladi. Bunda talaba masalaga doir ilmiy adabiyotlar sharhini keltiradi. Ularga nisbatan o‘z tanqidiy qarashlarini ifoda etadi.
“Mavzuga xos eng muhim jihatlarining ilmiy bayoni”da talaba ilmiy referatda ko‘tarilgan muammo bo‘yicha o‘z kuzatishlarini bayon etadi. U o‘z nazariy qarashlarini taqqoslaydi, xulosalarini asoslashga harakat qiladi. Eng asosiysi, talaba referatda ilgari surgan nazariy g‘oyalarini ilmiy asoslashi lozim bo‘ladi.
Talaba nazariy xulosalarini dalillash uchun badiiy asarlardan saralab olingan misollar tahliliga murojaat qiladi. Bunday misollar ko‘tarilgan nazariy muammoni ochib berishga xizmat qilishi lozim.
Talaba chiqargan nazariy xulosalar referatda izchil tarzda bayon etilishi maqsadga muvofiq. Bo‘lim (bob)larning o‘zaro bog‘liqligiga, ular o‘rtasidagi mantiqiy izchillikka e'tibor qaratilishi lozim.
Talaba ilmiy referatda ko‘tarilgan nazariy xulosalarini asoslashda sistem tilshunoslikning til hodisalarini tavsiflash, qiyoslash, o‘zaro zidlash, shuningdek, bevosita ishtirokchilarga ajratish kabi tahlil usullaridan foydalangan holda ish ko‘rishi lozim bo‘ladi. Bu tahlil usullari to‘g‘ri tanlanishi va mavzuni ochib berishga xizmat qilishi lozim. Negaki ilmiy referatda ko‘tarilgan nazariy muammoning to‘laqonli yechimi tanlagan tahlil usuliga ham bog‘liq bo‘ladi.
“Ilmiy mavzu bo‘yicha umumlashma xulosalar bayoni”da mavzu bo‘yicha egallangan nazariy xulosalar umumlashtiriladi. Bu jarayonda talaba mavzuga oid nazariy xulosalarini qisqa umumlashmalarda aks ettiradi. Xulosalar alohida bandlarda aniq, lo‘nda va izchil bayon etilishi lozim.
“Ilmiy mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati”da esa mavzuga aloqador foydalanilgan barcha adabiyotlar ro‘yxati qayd etiladi.
Ilmiy referatni yozishda masalaga aloqador nashr etilganiga kamida besh-o‘n yil bo‘lgan so‘nggi ilmiy-nazariy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar: darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy maqola va tezislardan, shu bilan birga, elektron darsliklardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Ilmiy referatni yozishda Maktabgacha ta’limning dolzarb masalalari yechimiga bag‘ishlangan Respublikamizda nashr etiluvchi “Maktabgacha ta’lim” va shunga o`xshagan jurnallariga ham murojaat qilish mumkin.
Ilmiy referatni yozishda mavzuga aloqador nazariy manbalarning yetarli bo‘lishi, ularda masalaning chuqur tahlil etilganligi muhim ahamiyatga ega. Bular talabaga mavzu rejasini hamda yoritiladigan asosiy masalalarni to‘g‘ri belgilab olishga imkon yaratadi. Mavjud adabiyotlarni sinchiklab o‘rganish orqali talaba mavzuni mustaqil o‘rganadi va umumlashma xulosalar chiqaradi.
Ilmiy referat mavzusiga oid adabiyotlarni o‘rganish orqali talaba mustaqil ishning maqsad va vazifalarini belgilab oladi, ishda nimaga e'tibor qaratishi lozimligini fahmlaydi, asosiy va ikkilamchi masalalarni ajratadi. Ilmiy manbalarni o‘rganish asosida talaba ilmiy referat mavzusining o‘rganilganlik darajasini belgilaydi, mavzuning qaysi jihatlari hali o‘rganilmaganligini anglab yetadi.
Ilmiy referat mavzusiga oid adabiyotlarni tahlil qilishni, avvalo, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalardan boshlash lozim. Ma'lumki, darslik va o‘quv qo‘llanmalarida mavzuga oid eng muhim masalalar yoritiladi. Ularni tahlil qilish asosida ilmiy referat mavzusi yuzasidan dastlabki bilimga ega bo‘lish mumkin.
Talaba ilmiy referat mavzusiga oid ilmiy manbalarni qancha ko‘p o‘qib o‘rgansa, mavzu yuzasidan shunchalik ko‘p nazariy ma'lumotga ega bo‘ladi.
Ilmiy referatni yozishda masalaga doir ilmiy manbalardan muhim nazariy qarashlarni havola qilib keltirish mumkin. Bunday havolalar talabaning nazariy xulosasini ilmiy asoslashga yordam beradi.
Havolalar aynan yoki o‘zlashtirma gap shaklida beriladi. Aynan beriladigan havolalar ilmiy manbadan hech o‘zgartirishsiz ko‘chiriladi. Havolalar o‘zlashtirma gap shaklida berilganda ularning mazmuni to‘liq saqlanib qolinishiga e'tibor qaratiladi.
Xullas, yuqorida birma-bir sharhlangan masalalar ilmiy referatda aniq va izchil tartibda bayon etilishi maqsadga muvofiq, matn o‘zbek adabiy tili me'yorlariga rioya qilingan holda chiroyli dastxat bilan yozilishi lozim.
Ilmiy referat quyidagicha rasmiylashtiriladi:

  1. Ilmiy referat qo‘lyozma shaklida ko‘k rangli ruchkada yoziladi. Boshqa rangdagi ruchkalar ishlatilmaydi. Misollarni ajratib ko‘rsatishda yashil rangli ruchkadan foydalanish mumkin.

  2. Ilmiy referatning har bir beti (titul varaq bundan mustasno) birma-bir sahifalanadi. Raqam sahifaning yuqori yoki quyi qismi o‘rtasiga qo‘yiladi. Ilmiy referatning titul varag‘i birinchi varaq hisoblanadi. Ikkinchi varaqqa mavzu rejasi bayon etiladi.

  3. Referat matni varaqning o‘ng tomonidan 1.5 sm, chap tomonidan 3 sm, yuqoridan 2.5 sm, quyi qismidan 2.5 sm hoshiya qoldirilgan holda yoziladi. Satrlar oralig‘i 1.5 interval bo‘lishi shart.

  4. Referat rejasida ko‘rsatilgan har bir masala bayoni yangi sahifadan boshlab yoziladi. Bunda bob (bo‘lim)larning nomlari bosh harflar bilan, uning bandlari kichik harflar bilan yoziladi.

  5. Bo‘lim (bob) nomlarini yozishda bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bob nomlaridan so‘ng nuqta qo‘yilmaydi.

  6. «Bolalarning nutqini o’stirish» fanidan yoziladigan ilmiy referatning umumiy hajmi 20-25 sahifadan iborat bo‘lishi lozim.

Ilmiy referat fan o‘qituvchisi nazoratidan o‘tkazilgach, belgilangan tartibda himoya qilinadi.
Ilmiy referatda ko‘tarilgan muammo chuqur ilmiy asosga ega bo‘lsa, ishga yuqori ball qo‘yiladi. Bunday ishni talaba kelgusida bitiruv malakaviy ishi darajasiga olib chiqishi ham mumkin.
Xullas, «Bolalarning nutqini o’stirish» fanidan mustaqil ishlar topshirig‘ini mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda turli shakllarda tuzish mumkin. Albatta, bu kabi nazorat topshiriqlari talabaning «Ona tili o`qitish metodikasi»fanidan egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga, ularni ijodiy mustaqillikka, erkin fikr yuritishga, nutqiy malakasini oshirishga yordam beradi.
UMUMIY XULOSALAR
Oliy o‘quv yurtlarida «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizom» asosida tashkil etiladigan mustaqil ishlar talabada muayyan o‘quv fani bo‘yicha topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Jumladan, oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha ta’lim yo`nalishi talabalarida «Bolalarning nutqini o’stirish » fani bo‘yicha tashkil etiladigan mustaqil ishlar talabalarni ijodiy mustaqillikka undaydi, ularni erkin mushohada yuritishga o‘rgatadi, fan bo‘yicha egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlaydi.
«Bolalarning nutqini o’stirish» fani bo‘yicha tashkil etiladigan mustaqil ishlar talabaning auditoriyadan tashqarida olib boradigan faoliyat turi hisoblanadi. O‘quv foliyatining bu turi talabalarni ijodiylikka, mustaqil o‘qib o‘rganishga, izlanishga, mustaqil mushohada yuritishga chorlaydi.
«Bolalarning nutqini o’stirish» fanidan talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bilan bog‘liq barcha tashkiliy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish mustaqil ishlarni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.
«Bolalarning nutqini o’stirish» fani bo‘yicha belgilangan mustaqil ishlarni bajarish jarayonida talaba:
1. «Bolalarning nutqini o’stirish» faniga doir nazariy bilimlarni mustaqil tarzda o‘zlashtiradi.
2. «Bolalarning nutqini o’stirish» faniga doir mavzularning o‘rganilganlik darajasini belgilaydi.
3. «Bolalarning nutqini o’stirish» faniga doir mavzularning ilmiy-nazariy jihatini aniqlaydi.
4. «Bolalarning nutqini o’stirish» faniga doir mavzularning yuzasidan mavjud nazariy qarashlarni tahlil qiladi va ularga tanqidiy munosabat bildiradi.
5. Talaba « Bolalarning nutqini o’stirish » fani yuzasidan mustaqil ishlarni bajarish mobaynida og‘zaki va yozma nutqini rivojlantiradi.
«Bolalarning nutqini o’stirish» fanidan mustaqil ishlarni talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllarda tashkil etish mumkin:

  1. «Bolalarning nutqini o’stirish» fani bo‘yicha ayrim nazariy mavzularni mustaqil o‘zlashtirish, ilmiy referat, konspekt yozish, davra suhbatlarini tashkil etish.

  2. «Bolalarning nutqini o’stirish» faniga doir qo‘shimcha o‘quv manbalari kartotekasini yaratish.

  3. «Bolalarning nutqini o’stirish» fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini ishlab chiqish.

  4. «Bolalarning nutqini o’stirish» fani bo‘yicha egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish.

Xullas, «Bolalarning nutqini o’stirish» fani bo‘yicha tashkil etiladigan mustaqil ishlar talabaning egallagan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, nazariy masalalarni daliliy misollar yordamida ilmiy asoslashga o‘rgatish va shu orqali talabalarni ilmiy izlanishlar olib borish muhitiga olib kirish, ularda ilmiy nutqni shakllantirishga xizmat qilishi jihatidan ahamiyatli faoliyat turidir.
Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish