Nutq madaniyati va texnikasi


Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi



Download 45,53 Kb.
bet7/8
Sana06.07.2022
Hajmi45,53 Kb.
#745441
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 Nutq madaniyati va texnikasi

Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi
O’qituvchilik kasbi bevosita o’qituvchining ovoz xususiyatlari bilan bog’liq. YOqimli va jarangdor ovozga ega bo’lgan o’qituvchi o’z o’quvchilarini ovozining shiradorligi bilan asir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o’qituvchi o’z ovozini kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zarur. Lozim bo’lganda undan foydalana bilish malakasiga ega bo’lishi kerak. O’z ovozida kamchilik sezgan o’qituvchi uni yo’qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt uzluksiz mashq qilib borishi lozim bo’ladi. CHunki bir-ikki mashq bilan ovozni yaxshilab bo’lmaydi.
O’qituvchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo’lmog’i lozim:

  • jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);

  • keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo’lgan darajasi);

  • havodorlik (erkin so’zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo’lishi);

  • ixchamlik, harakatchanlik;

  • chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo’lishi);

  • moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikaning eshtilish sharoitiga moslasha olishi);

  • qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (halaqit beruvchi shovqinga tembr va tessituraning o’zgarib turishi);

  • suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash va bu orqali, qanday so’z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati).

Nutq texnikasi deyilganda, nutqning tinglovchi yoki o’quvchiga yetkazishda qo’llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko’rinishda bo’lganligi sababli, uning texnikasini ham ikki xilda ko’rsatish mumkin: 1. og’zaki nutq texnikasi; 2. yozma nutq texnikasi.
Og’zaki nutq texnikasi tovush, bo’g’in, so’zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlarni anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, fiktsiyaga e’tibor berish, tovushlarning past-baland tovlanib turishi, unli va undoshlarni talaffuz etish, ohang kabilar kiradi.
O’quv vaqtining ko’p qismi (1/4, 1/2) o’qituvchining nutqi bilan bog’liq bo’ladi. SHuning uchun o’quv materialini o’quvchilar tushunish darajasi o’qituvchi nutqi mukammalligiga ham bog’liqdir.
Ba’zilar tovush va uning tembri tug’ma deb bilishadi. Lekin hozirgi eksperimental fiziologiya tovushni to’liq qayta qurish mumkinligini aniqlamoqda.
Tarixdan ham ma’ulumki, ba’zi kishilar o’zlarining nutq, tovushlarini takomillashtirib borganlar. Masalan, Demosfen o’zining bu sohadagi kamchiliklarini tugatib borib Qadimgi YUnonistonning siyosiy oratorlaridan biriga aylangan. YOki Vladimir Mayakovsiky ham 20 yoshdan o’zini rasmiy chiqishlari uchun tayyorlagan, og’ziga toshchalar olib, Rion daryosi bo’yicha nutqlar tayyorlagan.
O’zbek adabiy tili og’zaki nutq texnikasining rivojiga o’zbek madaniyatining atoqli namoyondalari, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar, aktyorlar katta hissa qo’shdilar. Bu borada H.Olimjon, G’.G’ulom, aktyorlardan: A.Hidoyatov, SH.Burhonov, O.Xo’jayev, S.Eshonto’rayeva, R.Hamroyev, H.Umarov, suhandonlardan: Q.Maxsumov, N.Qambarova, O’.Jobirovlarning xizmatlarini ko’rsatib o’tish joizdir. Ular o’zlarining shirali ovozlari bilan tinglovchilarni maftun qilib kelganlar.
Hozirgi she’r o’qish texnikasida ikki xil yo’nalish mavjud. Bu she’rxonlikda yaqqol sezilib turadi. Biri an’anaviy she’r o’qish bo’lib, unda asosan she’r turoqlarga, she’r birikmalariga bo’lib o’qiladi. Bu usul keska shoirlarning she’r o’qiganida eshitamiz.
Ikkinchi xil she’r o’qishni esa, shoir A.Oripov va H.Xudayberdiyevalar boshlab berdi. Bu usulda, asosan misradagi har bir so’zga alohida urg’u beriladi, so’zlar bir-biridan kichik pauza bilan ajratib o’qiladi.
YOshlar orasida keyingi yo’nalishga, usulga ergashish kuchlidir. Bunday yangicha she’r o’qish usullariga mutaxassislar tomonidan hali baho va nom berilgan emas.
YOzma nutq texnikasi o’z mohiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: har qanday yozma nutq uchun zarur bo’lgan texnik xususiyat va ish qog’ozlariga xos bo’lgan texnik xususiyat.
YOzma nutq ham xuddi og’zaki nutq kabi tinglovchi (o’quvchi) uchun yaratiladi. Uning qulayligidan, o’quvchiga tez va butun mohiyati bilan yetib borishidan yozuvchi ham, o’quvchi ham manfaatdor. SHuni nazarda tutganda yozma nutq texnikasi quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
a) har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak, har bir gap mazmunan nisbatan tugallangan bo’lishi, yorqin fikr anglatilishi kerak. Gap tugagandan keyin mazmunga ko’ra tegishli tinish belgilari qo’yilgan bo’lishi kerak;
b) ma’lum bir fikr bayon etilgandan so’ng, nutqning tarkibiy qismi bo’lgan boshqa fikr ham boshidan boshlanishi zarur. Xat boshilar (abzatslar) bir-biri bilan mantiqiy bog’langan bo’lishi lozim;
v) dialoglardan tashkil topgan yozma nutqda har bir shaxsning gapi tire orqali yoziladi;
g) ko’chirma gaplar, ko’chirmalar, o’z ma’nosida ishlatilmagan so’zlar, birikmalar qo’shtirnoq ichiga olinadi;
d) nutq uchun ikkinchi darajali hisoblangan, undagi gaplarning tarkibiy qismi hisoblanmaydigan narsalar tire yoki qavs bilan ajratiladi;
e) ot, kesim (bog’lamasiz bo’lganda), izohlovchi, undalma, ajratilgan bo’laklar tegishli tinish belgilar bilan ajratiladi;
j) nutqning xat boshidan yirik qismlari boblarga bo’lib ko’rsatiladi.
Ish qog’ozlari ham yozma nutq hisoblanadi. Ularning yozilishi ham nutqqa xos umumiy talablardan chetga chiqmaydi. Ish qog’ozlari ham o’quvchiga mo’ljallab yoziladi. Ish qog’ozlari mazmun va shakl jihatidan turli-tumandir. Masalan, ariza, ma’lumotnoma, tilxat, qaror, buyruq (farmon), annotatsiya, taqriz, ishonch qog’ozi, tavsifnoma, tavsiyanoma, hisobot, rahmatnoma, munosabatnoma, telegramma, akt, salomxat va h.k.
Ish qog’ozlarining katta qismi o’zining qat’iy texnik shakliga ega. Bunday qat’iy shakl ularni tayyorlashni yengillashtirishdan tashqari o’quvchi uchun o’zida bayon etilgan fikrni tezroq va yorqinroq anglashga ham yordam beradi. Hamma texnik qoidalarga amal qilib yozilgan ish qog’ozlarga o’z tashqi ko’rinishi bilan chiroyli, mazmunan ravshan bo’ladi va o’quvchida qandaydir darajada zavq uyg’otadi.
Har bir ish qog’ozi lug’aviy tarkibi bilan boshqasidan va o’zga nutq ko’rinishlaridan ajralib turadi. Masalan, ma’lumotnoma uchun xos bo’lgan so’zlar, tavsifnomaga yoki qarorga muvofiq bo’lmaydi. Ish qog’ozlarida gaplar kam so’zli, har bir so’z esa, aniq maqsadni ko’zlagan bo’ladi. Ish qog’ozlarida badiiy adabiyotga xos qochirimlar, o’xshatishlar, so’z o’yinlari deyarli ishlatilmaydi.
Har bir ish qog’ozining boshqasidan ajratib turadigan o’z shakli (tashqi ko’rinishi) bo’ladi. Masalan, ma’lumotnomaga chap tomondan shtampga joy qoldiriladi, sarlavha sifatida birinchi bo’lib, ma’lumotnoma so’zi yoziladi. Arizada esa, avval ariza beriladigan tashkilot, rahbarning nomi, so’ngra satrning yarmidan arizachining manzilgohi, tashkiloti, familiyasi yozilib, «Ariza» so’zi o’rtadan bosh xarf bilan boshlanadi va h.k.
Kommunikativ nutqning muvaffaqiyatli bo’lishi o’qituvchida qator maxsus qobiliyatlar rivojlanishini talab qiladi: sotsial - perseptiv qobiliyati, ijtimoiy tasavvur qobiliyati, o’zini boshqara olish qobiliyati, muloqotda o’zining ruhiy holatini boshqara olish qobiliyati, irodaviy ta’sir ko’rsatish, ishontira olish qobiliyati.
Nutq malakalari va ko’nikmalarini muvaffaqiyatli egallash uchun sharoit yaratuvchi kishining umumiy ruhiy, jismoniy xususiyatlarini rivojlantirish, bunda tasavvurni, obrazli xotira va fantaziyani rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Tovush. Ba’zilarga tovush tug’ma berilgan, lekin bu ham mashq qilib turilmasa buziladi. Kishi tovushini kuchli, egiluvchan, jarayonli qila olishi mumkin.
O’qituvchi tovushining o’ziga xosligi nimada?
Avvalo bu tovushning kuchliligi. Uning kuchi nutq apparati organlarining faolligiga bog’liq.
Tovush eshitilishining uchuvchanligi, bu ovozni masofaga moslay olish, tovushni boshqara olishdir. Egiluvchanlik va harakatchanligi tovushni yengil o’zlashtira olish, tinglovchilarga moslashdir.
Diapazon - tovushning hajmi. Uning chegarasi juda yuqori va past ton bilan aniqlanadi.
Tembr - tovush bezagi, yorqinligi, shu bilan birga uning yumshoqligi, iliqligi, o’ziga xosligi.
O’qituvchida kasbiy kassallik kelib chiqmasligi uchun tovush gigiyenasiga amal qilish kerak. O’qituvchi ish vaqtining 50% davomida gapirib turadi. Pedagog ish vaqti tugagach 2-3 soat davomida uzoq vaqt so’zlashishdan qochishi kerak. Zarur bo’lib qolsa qisqa va sekin gapirishi lozim.
Dars jadvali qo’yilishida shunga e’tibor berish kerak. 3 - 4 soat darsdan so’ng nutq apparati charchaydi, shundan so’ng 1 soat tovush dam olishi kerak. Ko’p stajli o’qituvchi 2 - 3 soatda charchaydi va 2 soat dam olishi kerak. YUqori nafas yo’llari, nerv sistemalari, ovqatlanish rejimiga e’tibor berish kerak.
Bugunda nutq texnikasi bo’yicha ishlashning teatrli pedagogika tajribasi asosida nutqiy nafas, tovush, diksiya, ritmika kabi komplekslarini ishlash ko’zda tutiladi.
a) Nafas olish. Nafas olish organizmga hayot bag’ishlovchi fiziologik funksiyani bajaradi. SHu bilan birga nutqning energiya bazasi bo’lib ham hisoblanadi.
Nutq so’zlayotganda nafas olish fonatsion nafas olish deb ataladi (fono-tovush). Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo’ladi. SHuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi. Dars davomida o’qituvchi juda ko’p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o’qiydi. Agar o’qituvchi nafas olish texnikasini yaxshi egallamagan bo’lsa, uning qon tomirlarini urishi tezlashib, yuzini qizarib ketishi, nafas qisishi sodir bo’lishi mumkin.
Qaysi mushaklarning ishtirok etishiga qarab nafas olish 4 turga bo’linadi:
1. YUqori nafas olish- yelkalarni ko’tarilib tushishi va ko’krak qafasining yuqori qismi ishtirokida hosil qilinadi. Bu bo’sh, yuzaki nafas olish bo’lib, unda faqat o’pkaning yuqori qismi ishtirok etadi;
2. Ko’krak qafas, qovurg’alar o’rtasidagi mushaklar yordamida hosil qilinadi. Bunda ko’proq nafasning ko’ndalang hajmi o’zgaradi. Diafragma kam harakat qiladi. SHuning uchun ham nafas chiqarish kuchsiz bo’ladi.
3. Diafragma ishtirokidagi nafas-ko’krak qafasning bo’ylama hajmini ortishi hisobiga vujudga keladi. Bunda diafragma qisqaradi.
4. Diafragma-qovurg’ali nafas-diafragmaning qisqarishi, qovurg’achalar oralig’idagi nafas mushaklar hamda qorin mushaklari ishtirokida vujudga keladi.
b) Tovush-chiqarilgan havoni hiqildoqdan o’tish paytida ovoz pardalarning tebranishi natijasida vujudga keladi. Tovush o’zining quyidagi xususiyatlari bilan harakterlanadi:
- tovush kuchi-tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog’liq. CHiqarilayotgan havo oqimining tovush tirqishiga bo’lgan bosimi qancha katta bo’lsa, tovush ham shuncha kuchli bo’ladi;
- tovush pardozi-tovushni uzoq masofaga uzatilishi va qattiqligini sozlay olishini bildiradi;
- tovushning ixchamligi va harakatchanligi- uning mazmuniga, tinglovchilarga moslab o’zgartira olish qobiliyatini bildiradi;
- diapazon-tovush hajmi bo’lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir ohangli (zerkarli) bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi.
- tembr- tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yumshoqligi va alohidaligidir.
v) Diksiya - so’z, bo’g’in, tovushning aytilishidagi to’g’ri va aniqlik, diksiya- aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o’qituvchi uchun professional zarurat bo’lib, o’qituvchi nutqini o’quvchilar tomonidan to’g’ri tushunilishini ta’minlaydi. Talaffuzning aniqligi aytilayotgan so’z, bo’g’in va tovushlarning qat’iy aniqligidir. U nutq apparati barcha a’zolarini (lablar, jag’, tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kyokirdak, tomoq orqa devori, tovush naychalari) birgalikda ishlashiga bog’liqdir. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, va pastki jag’ nutqda faol ishtirok etadi. SHuning uchun ham ularni mashq qildirish muhim ahamiyatga egadir.
Aniq talaffuz qilishni takomillashtirish- artikulyatsiya-nutq organlarini harakatlantirish orqali vujudga keltiriladi. Artikulyatsiya gimnastikasi ikki turga bo’linadi. Birinchisi nutq apparatini dastlabki mashqlari va ikkinchisi har bir unli va undosh tovushlarni to’g’ri aytishga o’rgatuvchi mashqlar (ifodali o’qish, tez aytishlar).
g) Ritmika- bu ayrim so’z va bo’g’inlarning aytilish muddati va to’xtalishi, nutq va ifodalarning navbat bilan o’z o’rnida ishlatilishini bildiradi. Bu nutqning muhim elementi bo’lib, ba’zan intonatsiya va pauza so’zdan ko’ra kuchli emotsional ta’sir qiladi.
Ritm nutqning eng asosiy qismidir, chunki «nutq ohangi» va to’xtamlar ham tinglovchilarga beixtiyor o’zgacha hissiy tasir ko’rsatadi. K.S.Stanislavskiy fikricha “«quruq so’z» novdan tushayotgan no’xatdek yopirilib chiqadi, ma’noli so’z esa xuddi simob to’ldirilgan sharcha kabi asta-sekin shakllanadi”. Berilayotgan bilimlarning qiyin qismini o’qituvchi asta-sekin tushuntiradi va so’ngra yanada tezroq gapirishga o’tishi mumkin.
Nutq tezligi o’qituvchining individual sifatiga, nutq mazmuni va muloqot holatiga bog’liq bo’ladi. Turli millatlarda nutq tempi turlicha bo’ladi, masalan, ruslarda minutiga 120 so’z atrofida, inglizlarda 120 -150 so’z ishlatiladi. Tadqiqotlarga ko’ra 5 - 6 sinflarda o’qituvchi minutiga 60 so’z, 7 – 9- sinflarda 75 so’z gapirishi to’g’ri bo’ladi.
Materialning murakkab qismini o’qituvchi past tempda, keyin esa tezroq gapirishi kerak. Qonun, qoida, teoremalarni aytayotganda, xulosa chtqarayotganda nutq sekinlashadi.

Download 45,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish