Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish fanidan


Fanni o‘qitishning maqsadi va vazifalari



Download 75,8 Kb.
bet3/9
Sana06.01.2022
Hajmi75,8 Kb.
#323684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishchi dastur Nutq madaniyati va davlat tilida ish

Fanni o‘qitishning maqsadi va vazifalari

Respublikamizningharbirfuqarosiishfaoliyatida davlattilinipuxta o‘zlashtirganligi, savodxonva nutqmadaniyatiga amalqiluvchimutaxassisekanligininamoyoneta bilish, boshqalar, chunonchi, chetellikhamkasblaribilanshaxsiyva rasmiy aloqalarni zamonaviyyuksaksaviyada bajara olishihayotiy zaruratga aylandi.

Mazkur datsurning vazifasi o‘qishlar davlat tilida va rus tilida olib boriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining o‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda o`zbek tilining o`z qonun-qoidalariga rioya qilish va mutaxassislikka oid rasmiy-idoraviy hujjatlarni, ish qog‘ozlarini yozish, tahrir qilish malakasini hosil qilishdir.

Bu vazifalarni amalga oshirish davlat tilining respublika ijtimoiy hayotidagi o‘rnini, tilning o‘quvchining tafakkur etish qobiliyatini shakllantiruvchi vosita ekanligini anglash, undan nutqiy aloqa quroli sifatida turli vaziyatlarda o‘rinli foydalana bilish darajasi bilan o‘lchanadi. Shu jihatdan datsurdan kuzatilgan maqsad o‘quvchilarning o‘zbek tilidan olgan bilimlari asosini mustahkamlash bilan bir qatorda tanlangan kasb doirasida bu bilimlarni til amaliyoti, nutq madaniyati va mahorati sirlari bilan to‘ldirishdan iborat.

Dastur shu asosda akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining davlat tilida mutsaqil holda va yuksak madaniy saviyada hujjatlashtirish ishlarini to`g`ri amalga oshirish va turli nutqiy vaziyatlarda tilning boy leksik-grammatik va uslubiy vositalaridan unumli va o‘rinli foydalanish uquvini yo`lga qo`yish hamda bu ko‘nikmani mustahkamlash bilan bog‘liq amaliy mashqlarni bajarishni ko‘zda tutadi. Shularni inobatga olgan holda datsur mazmuni o`quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma nutqini rasmiy-idoraviy uslub me`yorlari asosida to`g`ri shakllantirishga, hujjatchilik – MUNSHAOT ishini nazariy va amaliy jihatdan puxta egallashlarini ta`minlashga yo`naltirilgan.

Ko`zlangan maqsad shundan iboratki, o‘quvchining bo‘lg‘usi ish faoliyati doirasidagi xizmatida davlat tilida mustaqil ravishda va nutq madaniyati talablari darajasida ish yurita olish qobiliyatlari shakllantiriladi.

" Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish" kursi boshqa fanlar kabi ham nazariy ma`lumotlarni o‘quvchilar ongiga singdirishni, ham muayyan qoidalarga asoslanuvchi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tavsiya etilgan mavzular rejasida bu holat o‘z aksini topgan. Shundan kelib chiqqan holda ushbu fan o‘qituvchisi, avvalo, o‘tiladigan mavzuga oid barcha nazariy bilimlarni tegishli adabiyotlardan foydalanib (adabiyotlar ro‘yxati ilova qilinadi), aniq chegaralab olishi va o‘z o‘rnida qiziqarli, ixcham tarzda o‘quvchiga yetkazishi zarur. Nazariy bilimlar kerakli izohlar bilan, ko‘rgazmali tarzda tayyorlangan hujjat namunalari bilan mustahkamlab borilishi maqsadga muvofiqdir. Mavzularni o‘tishda bayonchilikka berilib ketishdan qochish, har bir nazariy, me’yoriy qoidani amaliy tadbiqini o‘quvchilar faolligida amalga oshirishga intilish lozim. Chunki ko‘pchilik mavzular u yoki bu jihati bilan farq qiluvchi hujjat matni ustida amaliy mashg‘ulot o‘tkazishni taqozo etadi. Bunda o‘quvchilarning berilgan namuna asosida mutsaqil ravishda turlicha mazmun va yo‘nalishdagi matn tuza olish malakasini shakllantirishga jiddiy e’tibor berish kerak.

Hujjat matnidagi har qaysi til vositasi: so‘z, qo‘shimcha, gap to‘g‘ri tanlanishi, adabiy me`yor va hujjatning zaruriy qismlari talabiga muvofiq ishlatilishini matn tahlili misolida o‘rgatish yaxshi samara beradi.

O‘quvchilar bilimini nazorat qilish uy vazifalarini, chunonchi, hujjat matnini yozib kelishni tekshirish bilan cheklanmasligi kerak. Har bir o‘quvchi mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha qo‘yilgan talablarga (bu talablar dasturga kiritilgan) to‘la javob berishi lozimki, bu nazoratni test usulida, yozma topshiriq asosida yoki og‘zaki savol-javob orqali o’tkazilishi talab etiladi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quv muddatining turlichaligi tufayli dasturda rejalashtirilgan mavzularga ijodiy va individual yondashish, uni yangi ma`lumotlar, ehtiyojtalab mashg‘ulotlar bilan to‘ldirib borish lozim. Shu bilan birga, ta’lim tizimining uzluksizligini, fanga ajratilgan o‘quv soati (40 soat) cheklanganligini nazarda tutib, tavsiya etilgan mavzular hayotiy ehtiyojiga qarab yangilanishi ham mumkin. Ammo bu holat belgilangan mavzular to‘la o‘zlashtirilishi asosidagina amalga oshiriladi.

Fanni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quvchilar bilimiga

qo‘yiladigan talablar

O‘quv datsurida ko‘zda tutilgan mavzular bo‘yicha egallangan ko‘nikma va malakalar sifatini aniqlashda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish darajasiga asoslaniladi. Ushbu fanning mavzulari bo‘yicha zaruriy va yetarli bilim darajasini belgilovchi topshiriq va savollarquyidagilardir:

Nutq

1. -Nutq madaniyati bilan adabiy til me’yorlari o‘rtasidagi bog‘lanishni tushuntiring.

-Nutqning aniqligi nima?

-Nutqning mantiqiyligini tushuntirib bering.

-Nutqning sofligi deganda nimani tushunasiz?

-Nutqning ta’sirchanligini oshirish yo‘llari qanday?



Download 75,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish