Nutq jarayonidagi fonetik hodisalar



Download 49,5 Kb.
bet1/4
Sana22.11.2022
Hajmi49,5 Kb.
#870069
  1   2   3   4
Bog'liq
Nutq jarayonidagi fonetik hodisalar


Nutq jarayonidagi fonetik hodisalar
Reja:


1. Kombinator tovush o`zgarishlari.
2. Pozitsion tovush o`zgarishlari.
3. Fonetik o`zgarishlarning imlo bilan bo`g`liq tomonlari.

Kombinator va pozitsion o`zgarishlar, singarmonizm, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, proteza, epenteza, eliziya, diereza, reduksiya, apakopa, sinkopa, sinerezis, epiteza, prokopa.


Fonema nutqda voqealanar ekan, uning variantlari nutqiy sharoit (yonma-yon kelgan tovushlar yoki qo`shimchalar ta’siriga uchrashi) tufayli turlicha namoyon bo`ladi. Ayrim tovushlar yondosh tovushlarga moslashadi, ayrimlarida o`zgarishlar kuchayib, boshqa tovushlarga almashadi. Nutq jarayonida sodir bo`ladigan o`zgarishlar tovushlarning kombinator-pozitsion o`zgarishlari deyiladi. Masalan, rus tilidagi лодка va город so`zlarida [d] tovushi [t] tarzida talaffuz qilinadi, ya’ni jarangsizlashadi. O`zbek tilida yutdi va obod so`zlarida ham shu holat yuz beradi. Лодка va yutdi so`zlarida jarangsizlanish qo`shni tovush ta’sirida yuz bersa, город va obod so`zlari talaffuzida o`zgarish tovushning so`z tarkibidagi mavqeyi bilan bog`liqdir. Birinchi holat kombinator o`zgarish bo`lsa, ikkinchi holat pozitsion o`zgarishdir. Biz quyida shu o`zgarishlar haqida fikr yuritamiz.


1. Singarmonizm. Bu hodisada unli va undoshlarning o`zgarishi farqlanadi. Unlilarning nutq jarayonida o`zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlilarning moslashishi, uyg`unligi demakdir. Singarmonizm faqat turkiy tillarga xosdir. Uning ikki asosiy ko`rinishi mavjud:
a) til garmoniyasi;
b) lab garmoniyasi.
Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Masalan, qalam so`zidagi [q] undoshi chuqur til orqa undoshi bo`lganligi bois, birinchi bo`g`indagi [a] unlisi ham til orqalik xususiyatiga ega bo`ladi. Buning natijasida esa keyingi bo`g`inda [a] tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo`ladi. Demak, birinchi [a] unlisi [q] undoshiga, keyingi bo`g`indagi [a] esa oldingi bo`g`indagi [a] unlisiga moslashadi.
Lab garmoniyasida unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo`ladi. Bunda unlilar ham til oldi - til orqalik jihatidan, ham lablanganlik- lablanmaganlik jihatidan o`zaro, shuningdek, undoshlarga ham moslashadi. Bunga ko`ra, so`z boshidagi unli lablangan til oldi unlisi bo`lsa, so`z oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. So`z boshidagi unli lablangan til orqa unlisi bo`lsa, so`z oxiridagi unli ham lablangan til orqa unlisi bo`ladi. Masalan, boshqird, sog`in, bo`g`in so`zlaridagi kabi.
2. Assimilyatsiya. Nutq tovushlari qator kelganda ba’zan bir-biriga ta’sir qilib, biri ikkinchisini o`ziga moslashtiradi. Nutqdagi bunday hodisa assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo`ladi: progressiv assimilyatsiya va regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa, progressiv assimilyatsiya yuz beradi: ket+di=ketti, ayt+di=aytti, ot+dan=ottan, yurak+ga=yurakka.
Keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa, regressiv assimilyatsiya yuz beradi: yigit+cha=yigichcha, yoz+sin=yossin, uch+so`m=usso`m, tuz+sin=tussin.
Rus tilida отдать so`zi oддать tarzida talaffuz etiladi. Bu ham regressiv assimilyatsiyaga misol bo`ladi. Regressiv assimilyatsiya odatda progressiv assimilyatsiyaga nisban nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilyatsiyaning bu turida keyingi tovush oldingi tovushni o`ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan burun so`zining talaffuz texnologiyasi haqidagi tasavvur ham hosil bo`lmog`i lozim.
Assimilyatsiya to`liq va qisman bo`lishi mumkin.
To`liq assimilyatsiyada bir tovush ikkinchi tovushga aynan moslashadi va to`lig`icha uning tusiga kiradi. Yuqorida keltirilgan so`zlarning hammasi to`liq assimilyatsiyaga misol bo`ladi. Qisman assimilyatsiyada nutq tovushlaridan biri ikkinchisini biror tomondan qisman o`xshatadi (moslashtiradi): osh+ga-oshka, ish+ga-ishka so`zlarida jo`nalish kelishigidagi [g] tovushi oldingi [sh] tovushining ta’sirida [k] tovushiga aylanmoqda. Bu so`zda qisman assimilyatsiya yuzaga kelmoqda, ya’ni [g] jarangli tovushi o`zidan oldingi [sh] tovushiga faqat bir tomonlama – jarangsizlanish tomonidan o`xshamoqda, xolos, lekin to`liq uning tusiga kirgan emas. [Uchta] leksemasining ushta, [pochta] leksemasining poshta deb talaffuz qilinishi ham shu hodisaga misol bo`la oladi. Rus tilidagi кaробкa, вoдкa: inglizcha: goods, cats so`zlarida ham shu turdagi assimilyatsiya mavjud.

Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish