Нутқ тўғрисида умумий тушунча


Bilish doirasi rivojlanishining xususiyatlari



Download 0,72 Mb.
bet24/32
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#291080
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
Muomalani tadqiq etishning o`ziga xos psixologik jihatlari

Bilish doirasi rivojlanishining xususiyatlari

Bolalarda nutq patologiyasining bilish doirasining rivojlanishini o‘rganuvchi tadqiqotchilar orasida L.S.Svetkaova, T.M.Pirsxalayshvili, Ye.M.Mastyukova, N.A.Cheveleva, G.S.Sergevvalar idrokning turli ko‘rinishlarini tadqiq qilganlar; G.S.Gumennaya xotira xususiyatlarini o‘rgangan; O.N.Usanova, Yu.F.Gargusha, T.A.Fotekova diqqat-e’tiborni tadqiq qilishgan; I.T.Vlasenko, G.V.Guroves, L.R.Davidovich, L.A.Zayseva, V.A.Kovshikov, Yu.A.Elkin, O.N.Usanova fikrlash turlarining o‘ziga xosligini o‘rgangan; V.P.Gluxov tasaffurni tadqiq qilgan.

Bola hayotining birinchi uch yilida nutq faoliyatining rivojlanishi ahamiyatli hisoblanadi. Ma’lumki, gugulashning paydo bo‘lishi kelgusida bolaning nutqi va psixikasi me’yorda rivojlanishini kafolatlamaydi. Gugulash me’yorda rivojlanayotgan boladagina emas, balki ko‘pchilik rivojlanishida og‘ishlari bor (karlarda, intellektual rivojlanmagan bolalarda) bolalarda ham kuzatiladi. Alaliyali bolalarda (hayotining ikkinchi yilida) shakllanishning kechroq muddatlarida g‘udurlab gapirishning yo‘qligi yoki juda qashshoq ko‘rinishdaligi xarakterli. Rinolaliyali, dizartriyali bolalarda g‘udurlashning sifati o‘ziga xos tezlikda rivojlanishi belgilanadi. (O.N.Usanova, O.A.Slinko, 1987).

Alaliyali bolalarda, nutqqa nisbatan kompensatorlik ancha faol ayniqsa, rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida muloqotning neverbal vositalari (mimika, imo-ishora) rivojlanadi. Intellektning birlamchi saqlanishida nutqining patologiyasi bor bolalar yoshi katta bo‘lishi bilan ayniqsa, bu vositalardan faol foydalanishni boshlaydilar. Bu hollarda faol iste’moldagilarga qaraganda yig‘ilib qolgan nofaol lug‘atning ilgari o‘tib ketishi belgilanadi, bolalar o‘zlarining talaffuz qilish ko‘nikmalaridan foydalanilgandan ko‘ra, ularga qaratilgan nutqni yaxshi tushunishadi (sensorli alaliyali bolalardan tashqari).

Nutqi og‘ir buzilgan bolalarda birinchi so‘z va nutq iboralarining ko‘rinishi ancha kech belgilanadi.

Ba’zi buzilishlarda (masalan, motor alaliyasida) nutq faolligining pastligi kuzatiladi, bola bilan nutqiy muloqotga kirganda u salbiylikni namoyon qiladi; boshqa buzilishlari bor bolalarda (masalan, sensorli alaliyada) nutqiy muloqotga faol intilishni kuzatish mumkin, lekin atrofdagilarning bola nutqini tushunmasligi evaziga bu tendensiya serzardalik, hayajonlanish va o‘tkir hayajon reaksiyasi bilan qo‘shilishi mumkin. Nutq intensiyasi, bolaning birlamchi intellektual saqlanishiga bog‘liq bo‘lgan nutq muloqotiga kirishishga intiladi (ma’lumki, intellekti past bo‘lgan bolalar sergap bo‘lishadi, rasmiy bo‘lsa ham atrofdagilar bilan osongina muloqotga kirishadi), bolaning shaxsiy xususiyatlari, atrofdagilar bilan munosabati, bolani o‘z nuqsonini bilishi va unga ta’siridir. Adabiyotlarda ta’kidlanishicha, nutqida turli patologiyasi bor bolalar (allaliyali, dizartriyali, rinolaliyali, duduqlanish) nuqsonni berkitish uchun har xil hiyla ishlatib, dam-badam nutq muloqotidan qochadilar.

Nutq buzilishlarida hissiyotli-iroda doirasi va shaxsning rivojlanishi xususiyatlariga bag‘ishlangan tadqiqotlar orasidagi kam sonli ishlardan quyidagi olimlar ishlarini gapirish mumkin: V.M.Shklovskiy, V.I.Seliverstov, L.A.Zayseva, O.S.Orlova, L.E.Goncharuk, G.A.Volkova va boshqalar.

L.M.Shipisina, L.S.Volkovaning (1993) bajargan tadqiqotlari natijasida, xususan M.Lyusherning “Rangli tanlash” metodikasini qo‘llab, nutqi to‘liq rivojlanmagan 1-2-sinf o‘quvchilarida hissiyotli-shaxsiy sifatlarning ba’zi xususiyatlarni aniqlandi.

Nutqi me’yorda rivojlangan bolalardan farqli nutqi buzilgan ko‘p bolalarda sustlik (passivlik), senzitivlik, atrofdagilarga bo‘ysunish, ichki sabab natijasida vujudga kelgan (spontannniy) xulqqa berilish xos bo‘ladi.

Shunday hisiyotli-shaxs xususiyatlarni aniqlashda, konsentrik (umumiy markazga ega) – ekssentrik (umumiy markazga ega bo‘lmagan) kabi belgilanadi, nutqi me’yorda bo‘lgan o‘quvchilarda aniq hukmronlik qilganidek, nutqi buzilgan o‘quvchilarda, ayniqsa ikkinchi sinf o‘quvchilarida, ekssentrik xususiyatlari, qachonki bolalar yordam, ma’lumot olish manbai sifatida atrof-muhitga jonli qiziqadilar. Biroq nutqi me’yorda rivojlangan bolalardagi kabi nutqi buzilgan birinchi sinf o‘quvchilarining ancha qismida (40%) ham konsentrik xususiyatilari, ya’ni o‘z muammolarida fikrlarini jamlash, hamma kuyinishlarini o‘zida saqlashga berilish, odam yoqmaslik holatlari ma’lum bo‘ldi. Mualliflarning taxmin qilishicha, birinchi sinf o‘quvchilarini ikkinchi sinf o‘quvchilari bilan solishtirganda konsentrik xususiyatlarining yuqoriroq ko‘rinishi, ularning maktabdagi o‘quv jarayoniga yetarli darajada moslashmagani bilan bog‘liq.

Nutq maktablarining birinchi sinf o‘quvchilarida ishlash qobiliyati ancha pastligi, bolalarning yarmida salbiy tuyg‘ularni hukmronlik qilishi va stress reaksiyalarining ifodalanganligi kuzatiladi. Ikkinchi o‘quv yilida maxsus maktabda bolalarda ishlash qobiliyati oshadi, hissiyotlaridan ta’sirlanish eng qulay darajada ustunlik qiladi, stress holatlariga berilish pasayadi. Nutqida patologiyasi bor bolalarning hissiy ahvolini bunday yaxshilanishi faqat maktab tartibiga moslashganligi emas, balki tengdoshlari jamoasida o‘zaro munosabatlarini yaxshilanishi bilan ham bog‘liq, hamda to‘g‘ri tashkil qilingan pedagogik-korreksiya ishlarning oqibatida o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatining rivojlanishidir.

«Qutb profili» testi yordamida o‘z-o‘zini baholash tadqiqotlari odatdagi va nutqi buzilgan qiz va o‘g‘il bolalarning o‘z-o‘zini baholashdagi alohida farqlarni ko‘rsatdi.

Shunday qilib, ommaviy maktabning kichik sinf o‘quvchi qizlari uchun bunday xususiyatlar: salomatlik, halollik, dilkashlik, ular arazchi emas va urushqoq emas, ko‘proq ma’noga ega. Ular shu yoshlarida o‘zlarining tashqi ko‘rinishlarini baholashda ikkilanadilar yoki chiroyli ekanligini bilmayman deb javob beradilar, yoki chiroyli emasman deb hisoblaydilar. Nutqi odatdagi qizlardagiga nisbatan, nutqi buzilgan qizlarda o‘z-o‘zini baholash hamma solishtirilayotgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori ekan, biroq oxirgilaridan farqli ular o‘zlarini sog‘lom deb hisoblamaydilar va buning oqibatida kerakli darajada dilkash deb ham.

Ikkita o‘g‘il bolalar guruhida o‘z-o‘zini baholash – odatdagi va nutqi buzilgan qizlarga nisbatan past darajada farq qiladi. Shunday qilib, ommaviy maktabning o‘g‘il bolalari o‘zlarini juda quvnoq, baxtli, halol; kamroq darajada, lekin mehribon, dilkash, soppa-sog‘ deb hisoblaydilar. Maxsus maktab o‘g‘il bolalari o‘zlarini halol, qo‘rqmas, arazchi emas va urushqoq emas, biroq ular uncha dilkash va baxtli emas deb hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, ular xuddi qiz bolalardek kirishib ketmasliklarining sababi nutqining nuqsonida deb tan oladilar, lekin ular o‘zlarini nutqi buzilgan qiz bolalarga o‘xshab ziyon ko‘rgan deb hisoblamaydilar. Umuman, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, nutqida og‘ir buzilishlari bor kichik sinf o‘quvchilari o‘z imkoniyatlarini ko‘pincha ortiqcha baholash bilan yetarlicha tanqidiy baholay olmaydilar. Ko‘p hollarda shaxsning ob’ektiv tavsifnomasi o‘z-o‘zini baholash bilan mos tushmaydi, o‘z fe’llaridagi ko‘p qirralarini belgilmaydilar va baholamaydilar. Ko‘pincha, fe’lidagi negativ qirralarga e’tibor qaratilmaydi, balki ijobiy sifatlar birmuncha yuqori baholanadi. Bunda o‘z-o‘zini tavsiflashda risoladagidek obrazga yaqinlashgani ko‘rinadi. Agar 1-2 sinflarda o‘z imkoniyatlarini yuqori baholashni yosh qonuniyatlari bilan tushuntirish mumkin bo‘lsa, ( u me’yorda kuzatiladi), shunga o‘xshash holatda, 3-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, nutqi og‘ir buzilgan bolalarning shaxs xususiyatlarini ko‘rish mumkin (O.N.Usanova, O.A.Slinko, 1987).

Nutqi buzilgan kichik sinf o‘quvchilarining da’vo qilish darajasini tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, ko‘pchilik hollarda, me’yorda kuzatilayotganlardan, esa bu bolalarning muvaffaqiyatsizlikdan ta’sirlanishi farq qiladi. Bu shunda ko‘rinadiki, bir qism bolalar vazifani muvaffaqiyat bilan bajargandan keyin qiyiniga emas, osonroq vazifani bajarishga o‘tishadi. Bu faktni shunday ifodalash mumkin, nutq rivojlanishi buzilgan bolalarda himoya qilish ta’sirining shakllanganligini, xatto pasaygan darajada ham muvaffaqiyatga intilishni qo‘llaydilar. Ayniqsa, da’vo qilishning yorqin pasaygan darajasi, tadqiqotlar natijasida (O.N.Usanova, O.P.Slinko, 1987) 1-sinf o‘quvchilarida ko‘rinadi, 2-sinf o‘quvchilarida kamroq, 3-sinf o‘quvchilarida esa bunaqa holatlar amalda kuzatilmaydi. Bu shu to‘g‘rida gapiradiki, nutqi buzilgan bolalar maktablari o‘quvchilarida yoshi katta bo‘lishi bilan haqqoniy da’vo qilish darajasi shakllanadi.

Nutq nuqsonini anglash, uni belgilash darajasi asosan duduqlanuvchi bolalarga (S.S.Lyapidekvsik, S.I.Pavlova, V.I.Seliverstov, O.P.Zayseva) va ovozi buzilgan kishilarga (O.S.Orlova, L.E.Goncharuk) nisbatan o‘rganilgan.

Tadqiqotchilar duduqlanuvchilarni o‘z nuqsonlariga nisbatan hissiyotli munosabatlarini uchta variantga bo‘ladilar:

befarqlik,

o‘rtamiyona-vazmin,

umidsiz-dovyurak –

va u bilan irodali zo‘r berib kurashishning uchta varianti:

ularning yo‘qligi,

mavjudligi,

ularni shilqimlik harakati va holatining o‘sib borishi.

V.I.Seliverstov (1989) bolalar o‘z nuqsonlarini belgilash darajasini quyidagicha ajratadi:



  1. o‘z nuqsonini nolinchi belgilash darajasi. Bolalar o‘z nutqlarini to‘laqonli emasligidan kamsitilishni anglashmaydi yoki o‘z nuqsonlarini hech ham e’tiborga olishmaydi. Ular tengdoshlari, kattalar, tanishlari va notanish kishilar bilan muloqotga mamnunlik bilan kirishadilar.

  2. o‘rtamiyona daraja. Bolalar nuqsoni tufayli yoqimsiz xavotirga tushadilar, nutq muloqotini ustalik bilan berkitadilar. Shunga qaramasdan, bu bolalar tomonidan o‘z nuqsonini anglashi doimiy to‘qilmaydi, o‘zining to‘laqonli emasligidan og‘ir hissiyotlari, qachonki har qadami, har harakati nuqsoni orqali baholansa ham.

  3. ifodalangan daraja. Bolalar doim o‘z nutq nuqsonlarida belgilanganlar, nutqlaridagi omadsizlikka butun faoliyatlarini bog‘liqligidan chuqur xavotirlanishadi. Ular uchun betob bo‘lish, o‘zini xo‘rlash, g‘ayri tabiiy har narsaga shubha bilan qarash, xira o‘ylar va nutq oldida ifodalangan qo‘rquv xosdir.

Nutqi buzilgan bolalarning hissiyotli-irodali, shaxs doirasida tartibsizliklar faqatgina ularning ish qobiliyatlarini pasayishi yoki yomonlashishiga emas, balki ijtimoiy moslashmagan hodisa va ahloqning buzilishiga olib keladi, bu bolalardagi hissiy-shaxs rivojlanishining xususiyatlarida ajratilgan psixokorreksiya va psixoprofilaktika alohida mazmunga ega bo‘ladi.

Kuzatilayotgan nutqi og‘ir buzilgan bolalarda shaxsiy nutq axloqini tashkil qilishda atrofdagi odamlar bilan muloqotida salbiy jiddiy qiyinchiliklar ko‘rinadi. Bu turkumdagi bolalarda nutqiy va aloqa yo‘llarini uddalash o‘zaro shartlashish shunga olib keladiki, nutq rivojlanishining bu xususiyatlari hisoblangan lug‘at zahirasining kambag‘alligi va farqlanishi, fe’l lug‘atining yetishmasligi, fikr bildirishning o‘ziga xosligi yaxlit muloqotni amalga oshirishga halaqit beradi, bu qiyinchiliklar oqibatida muloqotga talab pasayib ketadi, aloqa yo‘llarining shakllanmaganligi (dialogli va monlogli nutq), xulqning xususiyatlari: munosabatda manfaatlar bo‘lmasligi, muloqot vaziyatida mo‘ljalga olishni uddalamasligi, negativizm. (L.G.Solovyev).

O.S.Pavlovaning tadqiqotlari natijasida (1997) nutqi umumiy rivojlanmagan maktab yoshiga yetmagan katta bolalarni nutqiy aloqa yo‘llarini quyidagi xususiyatlari aniqlandi: me’yorda gaplashadigan bolalar jamoasida kabi shu turkum bolalar guruhi tuzilishida o‘sha qonuniyatlar ishlaydi, o‘zaro munosabatlarning qulayligi ancha yuqori hisoblanadi, «qabul qilinmaganlar» va «alohidalar» dan «afzallar» va «qabul qilingan» larning soni ancha yuqori. Shu bilan bir vaqtda bolalar o‘zlariga o‘rtoq tanlash sababini aytishga qiynaladilar («Bilmayman», «U o‘zini yaxshi tutadi», «Men u bilan do‘stman, o‘ynayman», «Uni tarbiyachi maqtaydi» va b.), ular o‘yindagi sheriklariga shaxsiy munosabatlarga qarab emas, balki uni pedagogning bahosiga qarab mo‘ljallaydilar.

«Qabul qilinmaganlar» va «alohidalar» orasida ko‘pincha aloqa o‘rnatish vositalarini yomon qo‘llaydiganlar bo‘lib qoladilar, bolalar faoliyatining hamma ko‘rinishlarida muvaffaqiyatsiz ahvolda bo‘ladilar. Ularning o‘yin o‘ynash qobiliyatlari bo‘sh rivojlangan, o‘yin ayyorlik ko‘rinishida bo‘ladi, bu bolalarning tengdoshlari bilan muloqotga kirishishga harakat qilishlari muvaffaqiyatga olib kelmaydi, gohida «qabul qilinmaganlar» tomonidan tajovuz uchqunlari bilan tugaydi.

Yo‘lboshchilik sifatlarini ta’minlovchi: muvaffaqiyatli faoliyatning hamma ko‘rinishlarida (o‘yinda, samaradorlikda, mehnatda, o‘qishda), yetarli darajada aloqa yo‘llarini uddalashning shakllanganligi (murojaat qilingan nutqni eshitish va tushunish, davomida o‘z fikrini bildirish), xulqida ijobiy chiziqlarning borligi, bolalar va pedagoglarga nisbatan faolligi hisoblanadi. Bunday maktab yoshiga yetmagan bolalar, odatda, o‘yinda boshqalarga nisbatan tezroq syujet taklif qilishadi rollarni tarqatish bilan shug‘ullanishadi, ba’zida boshqa bolalar tashabbusini bostirib, o‘zlariga «bosh rolni» olishadi.

Bundan tashqari, bolaning tengdoshlari jamoasidagi o‘rni nutq nuqsonining og‘irligiga uzviy bog‘liq. Shunday qilib, o‘zaro shaxsiy munosabatlar tizimida yuqori o‘rinni olgan bolalar, nisbatan nutqi yaxshi rivojlangan, xuddi shu paytda bolalar orasida yaxshi xulqi, shaxsining ijobiy sifatlari borligiga qaramay, noqulay ahvolni egallaganlari borki, ularda nutq nuqsoni og‘irrok ekan, bu esa o‘zaro shaxslar munosabati ierarxiyasini aniqlovchi hisoblanadi.

Umuman, nutqida patologiya ifodalangan bolalarda aloqa yo‘llarining imkoniyatlari ancha chegaralanish bilan va hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha me’yordan anchagina pastligi bilan farqlanadi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan maktab yoshiga yetmagan bolalarning o‘yin faoliyatlari rivojlanishining baland bo‘lmagan darajasi o‘ziga e’tiborni qaratadi: syujetning kambag‘alligi, o‘yinning protsessual xarakterdaligi, nutq faolligining pastligi. Ko‘pchilik bunday bolalar uchun nihoyatda xarakterli bo‘lgan o‘ta hayajonlanganlikning turli xil nevrologik simptomatiklar bilan bog‘liqligi, shunga ko‘ra o‘yinni tarbiyachi tomonidan nazorat qilinmasligi, juda tashkillatirilmagan ko‘rinishni oladi. Bu turkumdagi bolalar o‘zlarini qandaydir ish bilan band qilishni umuman bilmaydilar, bu ularda qo‘shma faoliyat yuritish ko‘nikmalari yetarlicha shakllanganmaganligini ko‘rsatadi. Agar bolalar kattalarning topshirig‘i bilan qandaydir umumiy ishni bajarsalar, unda sheriklarini mo‘ljallamasdan, u bilan hamkorlik qilmasdan, har bitta bola ishni o‘zicha qilishga intiladi. Bu kabi faktlar nutqi umumiy rivojlanmagan maktab yoshiga yetmagan bolalarning mo‘ljal olishlarining bo‘shligini, tengdoshlari bilan qo‘shma faoliyat yuritishda, aloqa yo‘llarini uddalashining shakllanganligi, hamkorlik ko‘nikmalarining past darajadaligi to‘g‘risida gapiriladi (8-matn).

Nutqida og‘ir patologiyasi bor bolalarning aloqasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, maktab yoshiga yetmagan katta bolalarning ko‘pchiligida 2-4 yoshdagi me’yorda rivojlanayotgan bolalar uchun xos bo‘lgan, vaziyat-ish ko‘rinishi ustunlik qiladi.

Nutqi rivojlanmagan maktab yoshiga yetmagan bolalar muloqotining xususiyatlari

Shunday qilib, 4-5 yoshli nutqi rivojlanmagan maktab yoshiga yetmagan bolalarda kattalar bilan muloqot qilish jarayoni hamma asosiy parametrlar bo‘yicha me’yordan farq qiladiki, ular yoshining aloqa ko‘rinishiga mos keluvchi ko‘pgina sustlashishlarni keltirib chiqaradi: vaziyatdan tashqari-bildiradigan va vaziyatdan tashqari-shaxsiylangan.

Maktab yoshiga yetmagan bolalarda pedagoglarning o‘zlariga munosabatini o‘rganishda kattalarning o‘ziga va tengdoshlariga aynan baholamaslikni bolalarning 38% i ko‘rindi, bunda o‘zining ijobiy va salbiy sifatlarini aniq anglashning yo‘qligi sinalayotganlarning 42% ida kuzatildi.

Mana shu metodika qo‘llanishidan olingan eksperiment-tadqiqot ma’lumotlarini kuzatilayotgan guruhda haqiqiy vaziyatda solishtirish natijasida bolalarni tarbiyachiga bo‘lgan munosabatiga qarab uchta asosiy guruhga ajratildi (V.K.Kotirlo).

I guruh – hayajonli ta’sirchan bolalar ( 58% to‘rt yoshli va 51% besh yoshli bolalar). Bu bolalarda kattalarga qaratilgan yorqin ifodalangan ijobiy yo‘naltirilgan, ota-onalari va tarbiyachilarining muhabbatiga bo‘lgan ishonch ko‘rsatilgan. Ular kattalarning o‘zlariga munosabatini aynan baholaydilar, lekin hayajonli tashvishlarga olib keladigan kattalar axloqidagi o‘zgarishlarga juda ta’sirlanadilar.

II guruh – hayajonli ta’sirlanmaydigan bolalar (bolalarning 27% i va 32% i mos ravishda). Bu bolalar uchun kattalarning ta’sir o‘tkazishi salbiy ko‘rinadi, xususan pedagogik ta’sir o‘tkazish. Bu maktab yoshiga yetmagan bolalar tez-tez tartibni, intizomni buzib turadilar, o‘rnatilgan me’yorlarga rioya qilmaydilar. Ota-onalar bolalarining quloqsizligidan nolib turishadi. Bolalar o‘zlariga nisbatan koyish munosabatini bilib olib, befarqlik va hatto negativlik bilan javob qaytaradilar.

III guruh – kattalarga va ularning talablariga betaraflik bilan munosabatda bo‘ladiganlari ( 4 yoshli 15% bola va 5 yoshli 17% bola). Bu bolalar kattalar bilan aloqada faollik va tashabbus ko‘rsatmaydilar (onasidan tashqari), bolalar bog‘chasida guruh hayotida sust rol o‘ynaydilar. Tashqaridan qaraganda ular hech qanday shaxsiy tashvishlarini ko‘rsatmaydilar, bu ularda hayajonlarini tashqariga chiqarish tajribasini yo‘qligini bildiradi.

Bolaning anglash darajasi va xarakterini tajribada o‘rganish natijalari unga kattalarning munosabatini ko‘rsatishi, hamda bolalarni o‘z-o‘zini baholashi ancha yuqori. Ikkala eksperimental guruhlarning uchdan bir qism sinalayotganlarida ota-onalar tomonidan past baholanishi ustunlik qiladi, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bizningcha, bunday faktlar kattalarning munosabati to‘g‘risidagi bolalarning tasavvurlari o‘zgaruvchan va aynan emasligi haqida guvohlik beradi. 23% bolalarda o‘z-o‘zini baholash tasavvurlari ota-onalarning baholashi bilan ob’ektiv bo‘lmasa ham mos keladi. Bolalarning yarmi oilaviy tarbiyadagi sharoitga ko‘ra yaqinlarining o‘zlariga munosabatini aynan baholashdi. Tarbiyachi tomonidan bolalarni baholashni o‘rganishda, ko‘pchilik hollarda bolalarni o‘z-o‘zini baholashi tarbiyachining baholashi bilan mos keladi. Bolalar chizgan rasmlarini tahlil qilish yo‘li bilan kattalarga bo‘lgan munosabatni o‘tkazilgan ikki qismli eksperiment-tajribalarda ko‘rish mumkin. (“Mening oilam”, “Mening tarbiyachim”). Bolaning ota-onasi va tarbiyachisi bilan o‘zaro munosabati doirasi muhim va ijobiy bo‘yalgan, amalda hamma bolalar o‘zlarining rasmlari uchun yaxshi ko‘rgan qog‘ozlarining rangini tanlaganlar. Olingan natijalarni tahlil qilib, NTR li bolalarda quyidagi tajriba vazifalarini bajarish xususiyatlarini ajratish zarurligini hisoblaymiz:

nutqi rivojlanmagan ko‘pchilik bolalarda rasm chizish texnikasining pastligi ustunlik qiladi;

rasm chizish jarayonida og‘zaki ta’riflash bo‘lmaydi;

hamma bolalarda faoliyat davomida rasm yaratishga qiziqishning juda pastligi kuzatiladi, ularda tasvirlash qobiliyatlari va ko‘nikmalarining shakllanmaganligidan dalolat beradi.

Ko‘rsatilgan sabablarning oqibatida rasm yordamida odamlar orasida munosabatlarni bildirish tajriba guruhining ko‘pchilik bolalarida chegaralangan.

Bolalarni tabiiy sharoitda tartibli vaqtlarida va har xil faoliyat ko‘rinishlarida kattalar bilan muloqoti jarayonini kuzatishlarning ko‘rsatishicha, kattalar bilan aloqa qilish madaniyati ikkala yoshdagi guruhdagi bolalarning yarmida shakllangan: bolalar kattalarga tinchgina iltimos bilan murojaat qila oladilar, kattalarning suhbatiga qo‘shilmaydilar, ularning gapini bo‘lmaslikka harakat qiladilar, tarbiyachiga ismi va otasining ismi bilan murojaat qiladilar. Qolgan bolalarda muomila madaniyati shakllanmagan (kattalarga ko‘pincha betakalluf murojaat qilingan, hurmat qilish oralig‘iga rioya qilish bo‘lmagan, muoloqotda keskinlik bilan farq qiladi). Bundan tashqari, o‘rnatilgan har ikkala yosh turkumidagi bolalar tarbiyachilari bilan muloqotda ma’nosi va tuzilishi jihatidan kam ochilgan nutq mahsulotlaridan foydalanadilar, biroq tengdoshlari bilan muloqotda esa muloqot vositalarining odatdagi ontogeneziga mos keladiganini ishlatadilar.

Biz tomondan o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan ma’lumotlarning guvohlik berishicha, nutqi rivojlanmagan bolalar guruhida muloqot shakllanishi jarayonida ijtimoiy-psixologik qonuniyatlar ishlaydi va me’yorda rivojlanayotgan maktab yoshiga yetmagan bolalarda ham, nutq nuqsonining og‘irligi va uning bilish faoliyatini rivojlanish darajasi bolaning egallagan mavqeiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Noqulay egallangan vaziyat turkumiga tushib qolgan nutqida va psixik rivojlanishida imkoniyati cheklangan bolalar aloqa yo‘llarini bilishlari va ko‘nikmalarni shakllanganlik darajasining yetishmasligiga olib keldi. Sherik tanlash jarayonida muloqot qilish uchun ulardan ko‘pchiligi uning ahlokiy sifatlarini yetarlicha anglamaydilar, ammo muloqotning yetakchi asosi sifatida birgalikdagi o‘yin faoliyatiga qiziqishi va bolaning guruhdagi xulqi, hamda kattalarning talablarini bajarish istagi ajratib ko‘rsatiladi (tanlash asosi ko‘pincha bolani tarbiyachi tomonidan baholanishi hisoblanadi).

Nutqi rivojlanmagan bolalar erkin muloqot paytida mustahkam guruhlarga birlashadi, lekin harakatning tormozlanishi, ko‘tarilgan hayajonlanish, kognitiv qiyinchiliklar va boshqa sababalari ularning o‘yin birlashmalari mustahkam va davomiy emasligidandir.

Nutqida patologiyasi bor bolalarning kattalar bilan muloqot jarayoni me’yordagi rivojlanish bosqichida ham va asosiy sifatlari ko‘rsatkichi bo‘yicha ham tubdan farq qiladi. Bu guruh bolalari uchun o‘ziga nisbatan tanqid qilishning yetishmasligi xos va shaxsiy harakatlarini yuqori baholashda namoyon bo‘ladi. Bolalarni kattalar bilan muloqotini o‘rganishda ish-vaziyat ko‘rinishining ustunligida ma’lum bo‘lishicha, odatdagi rivojlanayotgan 2-4 yoshdagi bolalar uchun xosdir. Muloqotning tanlab olingan ko‘rinishi, eksperimental-tadqiqot tekshiruvining natijalariga ko‘ra, qo‘shma o‘yin faoliyatida amalga oshadi.

Maktab yoshiga yetmagan nutqi rivojlanmagan bolalarning pedagoglar bilan muloqotini o‘rganish jarayonining ko‘rsatishicha, ularning ko‘pchiligida pedagogik ta’sirlarga salbiy yoki befarqlik qoidalari shakllangan. Ko‘pchilik bolalarda madaniyatli muloqot ko‘nikmalari shakllanmagan, muloqot jarayonida bola va kattalar o‘rtasidagi hurmat oralig‘i to‘g‘risidagi tasavvurlar yo‘q.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarni qilish mumkin.



  1. Maktab yoshiga yetmagan nuqti rivojlanmagan bolalarda leksiko-grammatik va fonetiko-fonematik buzilishlar bilan bir qatorda eng oldin sabab-ehtiyoj doirasida uning voyaga yetmagan muloqot buzilishlari ko‘rinadi.

  2. Shu guruh bolalarida kattalar va tengdoshlari bilan nutq muloqotini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar nutq va kognitiv buzilishlari bilan bevosita bog‘liq.

  3. 4-5 yoshli nutqi rivojlanmagan bolalarda kattalar bilan muloqot yosh qoidalariga mos kelmaydigan vaziyatli-ishchanlik ko‘rinishida ustunlik qiladi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini xulosa qilib, nutqning og‘ir tartibsizliklarining mavjudligi nutqning umumiy rivojlanmaganligida ko‘rinadigan muloqot faoliyatining qattiq buzilishlariga olib keladi. Bunda bolalarning shaxslararo ta’sir qilish jarayoni qiyinlashadi va ularni o‘qitish va taraqqiyoti yo‘lida jiddiy muammolar yaratiladi.

Olingan ma’lumotlar bizni maktab yoshiga yetmagan nutqi rivojlanmagan bolalarning aloqa yo‘llari ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘qitishni reja asosida olib borish kerakligiga ishontiradi. Ularning nutqi va kognitiv rivojlanishi darajasiga mos keladigan korreksion-pedagogik ta’sir qiladigan metodikalar ishlab chiqish muhim, har birining aloqa yo‘llarini yo‘naltirilishini kuchaytirish maqsadida o‘yin va o‘quv faoliyatining optimal-qulaylashtirishning aniq imkoniyatlarini aniqlash”. (Rebenok: Ranee viyavlenie otkloneniy v razvitii rechi i ix preodolenie / Pod red., Yu.F.Gargushi. – M.; Voronej, 2001. – S.95-99).

Ularning ko‘pchiligi uchun aloqa yo‘llarining afzalroq ko‘rinishi o‘yin faoliyati ustida kattalar bilan muloqot hisoblanadi, bu yoshdagi bolalarda faqat mazmunning kambag‘alligi, balki foydalanilayotgan nutq mahsuloti tuzilmasining yetishmasligi bilan farq qiladi.

Nutqida patologiyasi bor bolalarning kichkina qismida muloqotning holatdan tashqari-bilish turi ustunlik qiladi. Ular pedagogning, kattalarning kitob o‘qib berishiga qiziqish bilan javob beradilar, qiyin bo‘lmagan matnlarni yetarli e’tibor bilan eshitadilar, kitob o‘qilishi tugashi bilan esa ular bilan suhbat qurishni tashkil qilish qiyinroq kechadi: bolalar o‘qilgan matn mazmuni bo‘yicha umuman savol bermaydilar, monologik nutqning shakllanmaganligi tufayli o‘zlari eshitganlarini qayta gapirib bera olmaydilar. Hatto, bolaning kattalar bilan muloqot qilishga qiziqishi mavjudligida ham suhbat jarayonida tez bir mavzudan boshqasiga sakrab o‘tadi, uning bildiradigan qizqishi qisqa vaqtli va suhbat 5-7 daqiqadan oshmaydi.

Bolalarni kattalar bilan muloqoti jarayonini tartibli vaqtlarda kuzatish, hamda faoliyatning har xil ko‘rinishlari jarayoni ko‘rsatadi, nutqi rivojlanmagan bolalarning yarmida muloqot madaniyati shakllanmagan: ular kattalarga betakalluflik qiladilar, ularda hurmat qilish oralig‘i yo‘q, ohanglari baqiriqli, keskin, talablari bilan bezor qiladigan darajada.

Bu turkumdagi bolalarning anchagina qismi kattalardan o‘zini chetga tortishga harakat qiladi. Bu bolalar o‘zlarida tutilib qoladilar, kattalarga kamdan-kam murojaat qiladidar, ular bilan to‘qnashuvdan uyaladilar va qochadilar.



Shunday qilib, nutqida og‘ir nuqsonli patologiyasi bor bolalarda nutq va kognitiv rivojlanishning majmu’iy buzilishi ularda atrofdagilar bilan to‘la kommunikativ aloqalar o‘rnatishga to‘sqinlik qiladi, kattalar bilan aloqasi qiyinlashadi va bu bolalarni tengdoshlari jamoasida chetlashib qolishiga olib keladi. Shunga ko‘ra, nutq komponentlarining, bilish va kommunikativ faoliyatini rivojlanishi va korreksiyasi bo‘yicha maxsus ish olib borish, nutqida ifodalangan buzilishlari bor bolalarni sotsium sharoitiga va talablariga qulay va samarali moslashtirish maqsadida talab qilinadi.

Faoliyat xususiyatlari


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish