Termografik nusxa ko’chirish tamoyili kuyidagichadir: Hujjat-asl nusxaga yarim shaffof termoreaktiv qog’ozning sezgir qatlami qaratib ko’yiladi. Keyin shu qog’oz orqali Hujjat issiklik nurlarining jadal okimi bilan nurlantiriladi - asl nusxaning qora joylari bu nurlarni yutadi va qiziydi, yorug’ joylari issiklik nurlarini kaytaradi va ancha kamroq qiziydi. Asl nusxaning ma’lum joylari kizishi unga yopishgan termoreaktiv qog’ozga uzatiladi, bu qog’ozning qizigan joylari esa qorayadi (qorayish yorug’likni sezuvchi qatlamdagi pigmentning erishi oqibatida yoki pigment hosil kiluvchi kimyoviy reakсiyaning issiklik ta’sirida bo’lib o’tadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |