Elektronografik nusxa ko’chirish (elektr uchkunli nusxa ko’chirish) hujjatlarni optik o’qish va axborotni maxsus nusxa tashuvchiga elektron uchkunli qayd kilishga asoslangan. Fotodioddar ularga proekсiyalanayotgan hujjatlar tasvirini satrma-satr elektr signallariga aylantiradi, signallar kuchaytiriladi va yozuvchi ninalar chizgichiga uzatiladi, ninalar va apparat (baraban) asosi orasidan elektr razryadlar (uchkunlar) o’tib ketadi, bu uchkunlar nusxa tashuvchida ingichka teshiklar perforaсiyalaydi (teshik ochadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |