Ob`ektlarni burish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
Ekrandagi biror ob`ekt quyidagi algoritm asosida berilgan burchakka buriladi:
1. Ob`ekt ajratiladi va buyruq tugmasi yuklanadi. Shunda, tayanch nuqasini-burish markazini kiritish yoki belgilash so’raladi va bunday nuqta ko’rsatiladi.
2. Muloqotlar oynasida burchak qiymatini kiritish so’raladi va u qiymat masalan, 45 kiritiladi va «Enter» tugmasi yuklanadi. Natijada, ob`ekt 45 gradusga soat strelkasi yo’nalishiga teskari burilib qaladi, 7-rasm. CHunki, kompyuter burchak kiymatini shu yo’nalish bo’yicha o’qiydi. Agar, manfiy qiymat, masalan, -45 kiritilsa, ob`ekt soat strelkasi yo’nalishida 45 gradusga burilib qoladi.
7- rasm
4-ilova
2-savol. Ob`ektlarni masshtabini o’zgartirish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
Kompyuterda bajariladigan tasvirlarning masshtablarini, chizib bo’lgandan keyin ham osongina o’zgartirish mumkin:
1. Ob`ekt ajratiladi va buyruq tugmasi yuklanadi. Shunda, muloqotlar oynasida tayanch nuqasini kiritish yoki belgilash so’raladi va bunday nuqta ko’rsatiladi.
2. Navbatdagi so’rovda masshtab koeffitsientini kiritish so’raladi. U butun yoki kasr ko’rinishida, ya`ni 1 dan katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Agar, 2 raqami kiritilsa, ob`ekt ikki marta kattalashib tasvirlanadi, 8-rasm.
VAZIFA: Barcha o’tilgan materiallar asosida AutoCAD dasturida mustaqil ravishda turli geometrik figuralar chizib, ularni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib, aylantirib, hamda masshtabini o’zgartirishni mashq qilinsin
8-rasm
5-ilova
3-savol. Uzaytirish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
Bu buyruqdan yuqori aniqlikda grafik yasashlar bajarishda foydalaniladi. Masalan, berilgan aylanani AV va SD vatarlarining kesishgan E nuqtasini topish masalasi qo’yilgan bo’lsin. Bu nuqtani uzaytirish buyrug`idan foydalanib quyidagicha topiladi:
1. Izlanayotgan nuqtadan uzoqroqda bu vatarlar bilan kesishadigan ihtiyoriy to’g`ri chiziq o’tkaziladi.
2. Buyruq tugmasi «Sichqon» bilan yuklanadi va «Enter» bilan qayd etiladi. Shunda, ekrandagi barcha to’g`ri chiziqlarni uzaytirish holati qayd etiladi.
3. Shunda, ekranda kvadrat nishoncha paydo bo’ladi va uni AV vatarni V uchiga keltirib qo’yib, «Sichqon»ning chap tugmasi bilan yuklansa, V uchidan boshlab AV kesma o’tkazilgan ihtiyoriy to’g`ri chiziqqacha uzayib qoladi. Bu amalni qayta-qayta SD to’g`ri chiziq uchun bajarib, AV va SD to’g`ri chiziqlarning kesishuv E nuqtasi aniqlanadi, 9-rasm.
9-rasm
Nazorat savollari:
1. Ob`ektlarni ko’paytirish buyrug`i va undan foydalanish algoritmini tushintirib bering.
2. Ob`ektlarni burish buyrug`i va undan foydalanish algoritmini yozib bering.
3. Ob`ektlarni masshtabini o’zgartirish buyrug`i va undan foydalanish algoritmiga misollar aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |