Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/48
Sana02.01.2022
Hajmi0,69 Mb.
#311552
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Bog'liq
fununu-l-baloga asarida badiiy sanatlar (1)

al-mulamma‟

    san‘ati  haqida  ham  biroz  e‘tiborli  nuqta 

bor.  Al-mulamma‘  she‘riy  san‘atining  har  ikkala  risolada  nomlanishi  ham, 

izohlanishi ham deyarli bir xil: ―Funun ul-balog‗a‖dagi al-mulamma‘ – ―Bu san‘at 

aningtek  bo‗lurkim,  she‘re  ayturlarkim,  bir  misrai  bir  til  birla  bo‗lur,  bir  misrai 

yana bir til birla.  

Misol: 

Ba xudoki, xastalarg‗a yuzungiz g‗amidin o‗lmak, 

Du hazor bora xushtar zi hayoti jovidoni‖

87



                                                           

86

 Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat lug‘ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008. – B. 121 



87

 Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balog‘a. – Toshkent: Xazina, 1996. – B. 123 




 

 

 



53 

 

 ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖dagi  mulamma‘:  ―Andin  iboratturkim,  she‘rning  bir  qismi  bir 



tilde va boshqa bir qismi o‗zga tilda bo‗lur. Bu san‘atning mashhuri uldurkim, bir 

misrai  forscha  yoki  bir  bayt  arabcha  va  bir  bayt  forscha  bo‗lur.  Rashid-i  Vatvot 

depturkim, mundin ortiq o‗n bayt arabcha va o‗n bayt forscha bo‗lmog‗I ravodur, 

mundin  orsa,  bo‗lmas.  Talmi‘  lug‗atta  rang-barang  qilmoqtur.  Atash  vajhi 

zohirdur. 

Misol: 


Sohibu-r-roh mina-r-rahmati qad nodoniy 

Ki, biyo jonibi mayxona, chi sargardoni? 

Baytning tarjimasi:  

May sohibi marhamat qilib meni chaqirdi: 

Mayxona tomonga kel, nega sargardonsan?‖

88

  



Xullas, mulamma‘ san‘ati har ikkalasida ham shaklan, ham mazmunan deyarli bir 

xil. Biroq 



shir-u shakar

 istilohi hech birida uchramaydi. Balki, bu nomlanish XV 

asrdan keyingi davrlarda yuzaga kelgandir. 

 

Risolalardagi 



al-murabba‟

  san‘ati  haqida.  Murabba‘  so‗zining  asl 

ma‘nosi  geometrik  shakl  kvadratga  to‗g‗ri  keladi.  Zamonaviy  she‘rshunoslikda 

murabba‘  deganda  4  misrada  iborat  she‘r  tushuniladi.  Xususan,  A. 

Hojiahmedovning  ―Mumtoz  badiiyat  lug‗ati‖  kitobida  ham  she‘r  shakli  sifatida 

qaralgan:  ―Murabba‘  (arabcha  ―to‗rtlik‖  degani)  har  bandi  to‗rt  misradan  tashkil 

topgan  sheriy  shaklning  nomi  sanaladi.  Aksariyat  murabba‘larning  birinchi 

bandidagi  barcha  misralar  qofiyalanib,  keyingi  bandlarda  oldingi  uch  misra 

mustaqil  qofiyaga  ega  bo‗ladi,  to‗rtinchi  misralar  esa  birinchi  band  bilan 

qofiyadosh bo‗lib keladi. Bandlarning bu xil qofiyalanishi xususiyatini a a a a, b b 

                                                           

88

 Husayniy Atoulloh. Badoe’u-s-sanoe’. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B. 



92 


 

 

 



54 

 

b a, v v v a va h.k. tarzida ifodalash mumkin‖



89

.  Bu badiiy san‘at emas, balki she‘r 

turlaridan  biridir.  Ammo  mumtoz  poetikada  murabba‘  mustaqil  badiiy  tasvir 

vositasi hisoblangan. Xususan, biz o‗rganayotgan ikki risolada. Atoulloh Husayniy 

risolasida murabba‘ga shunday ta‘rif beriladi: ―Murabba‘ andin iboratturkim, to‗rt 

misra  yoki  to‗rt  bayt  aytilur,  yozilganda  ham  bo‗yiga,  ham  eniga  o‗qisa  bo‗lur‖. 

Ta‘rifdan  anglashiladiki,  murabba‘  muvashshahga  biroz  o‗xshash  yoki  uning  bir 

turidek. Adabiyotshunos A. Rustamov Shamsiddin Qays Roziyning ―Al-mo‗‘jam‖ 

asaridan  shunga  yaqin  dalil  keltiradi:  ―Shams-i  Qays  murabba‘  va  aning 

o‗xshashlarin muvashshahqa kiritiptur va deptur: (uldurkim) katak shaklig‗a andoq 

solurlarkim,  ani  ham  bo‗yig‗a,  ham  enig‗a  o‗qusa  bo‗lur.  Ani  muzalla‘  derlar‖. 

Murabba‘  ―Funun  ul-balog‗a‖  da  ham  alohida  lafziy  san‘at  sifatida  berilgan. 

Muallif  izohi:  ―Al-murabba‘  aningtek  bo‗lurkim,  ham  uzuni  birla  o‗qurlar,  ham 

pinhoniy birla o‗qurlar. Misoli Unsuriy aytur: 

Tekorur / ko‗ngulga / agarchi / jafongiz, 

Ko‗ngulga / jafongiz / ko‗runmas  / vafodur. 

Agarchi / ko‗runmas, / valekin / raqibing,  

Jafongiz / vafodur, / raqibing / balodur. 

Misoli digar. Rashididdin Vatvot aytur: 

Az furqati / on dilbar / man doim / bemoram,  

On dilbar / k-az ishqash / bo dardam / pindoram. 

Man doim / bo darda. m / bas munis / be yoram, 

Bemoram / bedoram / be yoram / g‗am doram. 

Xarakterlisi shundaki, Vatvotning bu go‗zal to‗rtligi mashhur bo‗lib, ―Badoe‘u-s-

sanoe‘‖  risolasida ham murabba‘ san‘atiga xuddi shu she‘r misol qilib keltirilgan. 

                                                           

89

 Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat lug‘ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008. – B. 59-60 




 

 

 



55 

 

Maskur  san‘at  XIX  asrda  Ogahiy  qo‗llagan 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish