yo mamduhni bir tariqa sifat birla zikr qilib, yana bir turluk sifatini anga tamsil
qilurlar‖. Bu san‘at go‗yo tamsil (misol keltirish) sana‘tiga o‗xshash. Biroq
tamsilda birinchi misrada yorning biror ta‘rifi yoki sifati haqida aytilib, ikkinchi
28
misrada shu sifatga doir tabiatdan biror misol keltiriladi. Al-muvajjahda esa
ikkinchi misradagi misol ham birinchi misraga tayanadi, ya‘ni yorning yana
boshqa bir sifati tamsil qilinadi, borliqdan misol keltirilmaydi. Demak, al-muvajjah
tamsil emas. Biroq unda tamsilning ba‘zi uchqunlari bor. ―Funun ul-balog‗a‖da
tamsil haqida boshqa alohida ma‘lumot yo‗q. Adabiyotshunos Burobiya Rajabova
―Tamsil san‘ati‖ nomli asarida ham tamsil haqida ma‘lumot beruvchi manbalar
qatoridan ―Funun ul-balog‗a‖ni sanamaydi. Taroziy o‗z ijodidan Al-muvajjahga
misol keltiradi:
―Har lahza xasta jonima g‗amzang balo qilur,
Andog‗ki bu ko‗ngulni qoshing mubtalo qilur‖
48
.
Birinchi misrada oshiq yorning ishvali qarashlarini xasta joniga balo deb atab,
ikkinchi misrada fikrini dalillash uchun yorning qoshini tamsil qilmoqda. Bu
ma‘naviy san‘at ham zamonaviy she‘rshunoslikda uchramaydi.
AL-LUG„Z
san‘ati. Lug‗z so‗zi arabchada ―yopiq narsa, yopiq nimarsa‖ ma‘nosini
anglatadi. ―Lug‗z mavzun kalom bo‗lub, bir nimaning ahvol-u sifatin zikr etmak
bila aning zotig‗a dalolat qilur va shart uldurkim ul ahvol-u sifatning yig‗indisi
aning zotig‗a asos bo‗lg‗ay, garchi alar o‗zga nimalarning zotinda dag‗i topilsa
ham‖
49
.
Lug‗z keyingi davr manbalarida badiiy san‘at emas, balki alohida she‘riy
janr sifatida talqin qilinadi. Hatto Navoiy lug‗zlari ham mustaqil janrdir. Biroq
mumtoz poetikaga doir bir talay risolalarda lug‗z ma‘naviy san‘at sifatida talqin
qilingan. Ba‘zi zamonaviy risolalarda ham shunday mulohazalar mavjud.
Adabitotshunos I. Adizova o‗zining ―Uvaysiy ijodida janrlar takomili‖ nomli ilmiy
risolasida lug‗zni she‘riy san‘at sifatida baholaydi: ―Har bir she‘rni janr sifatida
tasniflashda ma‘lum belgilar inobatga olinadi. Ammo lug‗zni hajm, vazn, qofiya,
48
O‘sha asar, 119-bet.
49
Husayniy Atoulloh. Badoe’u-s-sanoe’. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B.
205
29
radif nuqtayi nazaridan kuzatsak, xos xususiyatlar ko‘zga tashlanmaydi. Demak,
lug‗zni alohida janr deb qarash haqiqatga to‗g‗ri kelmaydi. Uni she‘riy
san‘atlardan biri deb qarash to‗g‗riroqdir‖
50
. Shayx Ahmad Taroziyning ―Funun ul-
balog‗a‖ risolasida ham lug‗z shu ma‘noda sharhlangan. Muallif izohi: ― Bu
aningtek bo‗lurkim, bir narsaning otin va haqiqatin yoshurub, mushabbah
Do'stlaringiz bilan baham: