san‘atlari to‗g‗risida. Taroziy izohi: ―Bu san‘at ul bo‗lurkim, she‘rning avvalgi
Husayniy Atoulloh. Badoe’u-s-sanoe’. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B.
49
harflarini terib olsalar yo o‗rtarog‗i harflarini jam‘ qilsalar, Mirak bo‗lur. Muning
bir misraning harflarini olsalar, ―Muhammad‖ bo‗lur.
Ma‘shuqa dilam ba tiri anduh naxust,
Miskin dili man ba poyi mehnat shuda.
Hayron shudamu kasam namegirad dast,
Dasti g‗ami do‗st pushti man xirad shikast‖
80
.
Lekin bunda harflar aro tartibsizlikka yo‗l qo‗yilgan. Balki, bu kotibning yoki
noshirlarning xatosidir.
Atoulloh Husayniy izohi: ―Tavshih ajam shuarosi nazdida andin iboratturkim,
shoir misra yoki baytlarning boshida yo alarming o‗rtasida bir necha harf yoki bir
necha so‗z keltirurkim, ul harf yoki so‗zlarni jam‘ qilinsa, bir ism yo bir laqab, yo
bir misra yo bir bayt bo‗lur yoki anga o‗xshash bir nima hosil bo‗lur va bu san‘atni
o‗z ichiga olgan she‘rni muvashshah derlar‖
81
. Ko‗rinadiki, izohlar deyarli bir xil.
Biroq san‘at nomini Shayx Taroziy al-muvashshah deb atasa, Atoulloh Husayniy
tavshih deydi va muvashshah istilohini tavshihda yozilgan she‘rga nisbatan
qo‗llaydi.
―Funun ul-balog‗a‖dagi
al-muvajjah
va ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖dagi
mujovaza
san‘atlari. Bu san‘atlarning garchand nomlanishlarida farqlilik bo‗lsa
ham, ularning mohiyati va berilgan izohlar deyarli o‗xshashdir. Birinchi asardagi
ta‘rif va misol: Muallif izohi: ―Al-muvajjah-bu san‘at aningtek bo‗lurkim,
mahbubni yo mamduhni bir tariqa sifat birla zikr qilib, yana bir turluk sifatini anga
tamsil qilurlar‖. Bu san‘at go‗yo tamsil (misol keltirish) san‘atiga o‗xshash. Biroq
tamsilda birinchi misrada yorning biror ta‘rifi yoki sifati haqida aytilib, ikkinchi
misrada shu sifatga doir tabiatdan biror misol keltiriladi. Al-muvajjahda esa
ikkinchi misradagi misol ham birinchi misraga tayanadi, ya‘ni yorning yana
80
Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balog‘a. – Toshkent: Xazina, 1996. – B. 125
81
Husayniy Atoulloh. Badoe’u-s-sanoe’. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B.
84
50
boshqa bir sifati tamsil qilinadi, borliqdan misol keltirilmaydi. Taroziy o‗z ijodidan
Al-muvajjahga misol keltiradi:
―Har lahza xasta jonima g‗amzang balo qilur,
Andog‗ki bu ko‗ngulni qoshiq mubtalo qilur‖
82
.
Birinchi misrada oshiq yorning ishvali qarashlarini xasta joniga balo deb atab,
ikkinchi misrada fikrini dalillash uchun yorning qoshini tamsil qilmoqda. Bu
ma‘naviy san‘at ham zamonaviy she‘rshunoslikda uchramaydi. Endi ikkinchi
asardagi ta‘rif va misol: ―Mujovaza uldurkim, kalomda shart va jazoda (shart -
ergash gap, jazo – bosh gap) voqi‘ bo‗lgan ikki ma‘noni biriga tirkalgan bir nimani
ikkinchisiga ham tirkab, bir-ririga o‗xshash qilurlar. Mujovaza lug‗atda
juftlashmoqtur. Atash vajhi uldurkim, shart bila jazo bir nimaning alarga
tirkalmagida bir-biriga o‗xshag‗anda go‗yo juftlashgandek bo‗lur.
Misol:
Chun ravam nazlik-i on mah, to shaved zohir vafo,
Ro‗y-i xud az man bitobad, to shaved zohir jafo‖
83
.
Baytning tarjimasi: Ul oy yaqiniga borganimda vafo zohir bo‗lsin deb, yuzini
mendan o‗giradi, jafo zohir bo‗lsin deb. E‘tiborlisi shundaki, ―Funun ul-
balog‗a‖dagi al-muvajjah va ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖dagi mujovaza san‘atlarining har
ikkalasi ham bugungi nazariy manbalarda qayd etilmaydi.
―Funun ul-balog‗a‖dagi
Do'stlaringiz bilan baham: