Navoiy Davlat Рedagogika Instituti
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalarining
“O`zbekning erka shoiri Muhammad Yusufga ehtirom!”
Mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbiri
BAYONNOMASI
25.11.2019. Navoiy shahri
Qatnashchilar: “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi professor-o’qituvchilari
Taklif etilganlar: Xudoyorov Sh.J - Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultet dekani,f.-m.f.n., Qurbonov X.- Institutning Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori.
KUN TARTIBIDAGI MASALA
1. Navoiy davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim” yo`nalishi 2-bosqich talabalari tomonidan “O`zbekning erka shoiri Muhammad Yusufga ehtirom!” mavzusida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy-tarbiyaviy tadbir muhokamasi.
ESHITILDI
Masala yuzasidan yig’ilish raisi O’tamurodova Shohida so’zga chiqib, Navoiy Dav lat Pedagogika Instituti “Maktabgacha ta’lim” yo`nalishi 2-bosqich B guruh talabalari tomonidan “O`zbekning erka shoiri Muhammad Yusufga ehtirom!” mavzusida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy-tarbiyaviy tadbir haqida axborot berdi.
Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakulteti dekani f.-m.f.n.Sh.J.Xudoyorov so`zga chiqdi.
“Maktabgacha ta’lim” yo`nalishi 2-bosqich B guruh talabalari tomonidan “O`zbekning erka shoiri Muhammad Yusufga ehtirom!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy-tarbiyaviy tadbir yuqori saviyada tashkil etilganligini va tadbirni tashkil etgan tashkilotchilar va talaba yoshlarga o`z minnatdorchiligini bildirdi.
Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.H.Davlatova so`zga chiqdi: “O`zbekning erka shoiri Muhammad Yusufga ehtirom!” mavzusidagi tadbir juda mazmunli, shoirning hayoti va ijodi izchil tarzda ochib berildi. Shoir Muhammad Yusufni yodga oldik, ijodini yana qaytadan o`rgandik. Uning she’rlarini san’atkorlarimiz kuyga solib kuylashganining sababi, she’rlari sodda, jo`n, qalblarga tez yetib boradigan tarzda yozilganligida deb bilaman. U qisqa umr ko`rgan bo`lsada mazmunli ijod etgan, she’rlari orqali vatanni madh etgan, sevgi-muhabbatni, xalq yuragidagini, dardini teran anglagan shoirdir. Shu bois, Muhammad Yusufni qancha ardoqlasak, xotirasiga qancha ehtirom keltirsak, eslasak, e’zozlasak shuncha ruhini shod etgan bo`lamiz.-dedi. Va so`zining yakunida bugun ushbu tadbirni chiroyli tashkil etgan tashkilotchilarga hamda ishtirokchi talaba yoshlarga minnatdorchilik bildirdi.
Yig’ilishda Maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o`qituvchilari birma-bir so`zga chiqib, “O`zbekning erka shoiri Muhammad Yusufga ehtirom!” mavzusida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy-tarbiyaviy tadbir to`g`risida iliq, samimiy fikrlarini bildirishdi. Tadbir shoirning hayoti va ijodidan olingan ma’lumotlar, she’r, kuy-qo`shiq, o`yin, raqs, sahna ko`rinishlariga boy bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |