Nurmuhammedov shahbozbek



Download 233,38 Kb.
bet40/63
Sana04.08.2021
Hajmi233,38 Kb.
#137718
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Bog'liq
NURMUHAMMEDOV JAHON IQTISODIY IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Ma’ruza 17Osiyo mamlakatlari   

Reja:

17.1. Osiyo mamlakatlari tarkibi:

17.2. Janubiy-g’arbiy Osiyo mintaqasi.

17.3. Janubiy Osiyo mintaqasi.   

17.4. Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi.

                          



Tayanch so’z va iboralar: Umumiy geografik xolat , ma’muriy chegara,  demografik xususiyatlari, xalq xokimyati, tabiati, foydali qazilmalari, iqlim sharoiti tuproqlari, flora va faunasi,  demografik portlash, rubanizatsiya, yirik shaxarlari, sanoat uzellari, sanoat markazlari, proventsiyalari, sanoatning besh tarmogi, ogir sanoat, qazlov tarmogi.

                       

           Osiyo mamlakatlari asosan shimoliy yarim sharda va qisman janubiy-sharqiy qismi janubiy yarimsharda joylashgan. maydoni 15,9 mln kv.km bo’lib, aholisi 1765 mln kishini tashkil qiladi. Makromintaka g’arbdan sharqqa uzoq masofaga cho’zilgan. G`arbiy tomondan qora dengiz, o’rta dengiz va qizil dengizi bilan, janubdan Hind okeani bilan, sharqdan Tinch okeani bilan chegaradosh. Janubiy-sharqiy qismida tekislik (va past tekislik) janubiy-g’arbiy qismida esa cho’l katta maydonini egallaydi. Ekvatorial tropik, subtropik iqlimi  mintaqalarida joylashgan.

   Osiyo mamlakatlari iqtisodiy-geografik  o’rniga ko’ra 3 asosiy xususiyati bilan ajralib turadi.

1. Mamlakatning bir-biriga bevosita qo’shni bo’lib joylashganligi.

2. Ko’pchilik mamlakatning dengiz bo’yida joylashganligi bo’lib, bu hol davlatning eng muhim dunyo savdo yo’llari o’tuvchi Tinch, Hind, Atlantika okeanlariga chiqishlariga imkon beradi?

3. Ayrim mamlakatning quruqlik ichkarisida joylashganligi.

 Keyingi vaqtlarda Osiyo mamlakatlari  siyosiy xaritasida katta o’zgarishlar yuz berdi. Ikkinchi jahon urushi oldidan mustamlaka va yarim mustamlakalarda region aholisining 70%i yashar edi.

Endilikda mintaka deyarli barcha mamlakatlar mustaqil davlatlardir. Eron bilan Iroq, Hindiston bilan Pokiston o’rtasida hududiy bahslar mavjud. Regionda respublikalar va monarxiyalar ham, unitar va federativ davlatlar ham bor. Portugaliya mustamlakasi Makao (Aomin)ning Xitoy xalq Respublikasi tarkibiga kirishi 2000- yilda esa BMT tomonidan indonezi tarkibida bo’lgan sharqiy Timorga alohida maqom berilishi ham mahlum tahsir ko’rsatdi.

Milliy ozodlik kurashi oqibatida Vetnam (1945- y) shuningdek Britaniyaning sobiq mustamlakalari Hindiston, Bangladesh, Shrilanka, Iordaniya, Malg’div oroli, Malayziya, Yaman, Indoneziya, Suriya, Kambadja mustaqillikka erishdi.

Falastinning bir qismida Isroil davlati va Falastin muxtoriyati paydo bo’ldi. 1971 yil Abu Dabi, Dubay, SHarja, Al-Fujayra, Ummon, Kayvayn, Ajman amirliklarining birlashuvidan B.A.A davlati tuzildi.

Regionning jahon  xo’jaligidagi mavqei so’nggi davrlarda tinimsiz o’sib borayotgan bo’lsada, ko’pchilik davlatlarning iqtisodi qoloq holdadir. Biroq, Hindiston oldingi qoloq, mustamlaka davlatdan so’nggi yillarda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatga aylandi. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari hajmiga ko’ra jahonning eng yirik birinchi o’nlik davlatlari qatorida turadi. Ammo aholisi jon boshiga mahsulotlarning to’g’ri kelishi ko’rsatkichlari esa xali ancha pastligicha qolmoqda.

Osiyoning ilg’or davlatlaridan Isroil, Kipr, Turkiya o’z taraqqiyot yo’lini belgilashda G`arb mamlakatlari tajribasini dastur qilib olgan.

Fors qo’ltiqbo’yidagi neftg’ qazib chiqaruvchi mamlakatlar. Bu mamlakatlarning ko’pchiligi hozirgi vaqtda aholi jon boshiga YaMD ishlab chiqarish darajasiga ko’ra salkam jahondagi yetuk rivojlangan davlatlar qatorida turadi. Buning asosiy sababi neftni ko’plab qazib chiqarish va ularni eksport qilish hisobiga tushadigan katta miqdordagi «neft-dollaridir». Saudiya  Arabistoni, quvayt, Birlashgan Arab Amirliklarida mamlakat eksportining 95 % ni neft tashkil qiladi. Natijada Fors qo’ltiqbo’yi mamlakatlarida neft va tabiiy gaz chiqarish, neft kimyosi, qayta erituvchi metallurgiya kabi sanoat tarmoqlari yuzaga keldi.

Pokiston, Bangladesh, Iordaniya, Shri-Lanka kabi mamlakatlar sanoati bir tomonlama, sust rivojlanayotgan mamlakat bo’lib, asosan tog’-kon yoki yengil oziq-ovqat sanoatlarigina ma’lum darajada rivojlanishiga erishgan.

Afg’oniston, Nepal, Yaman, butan kabi mamlakatlar iqtisodiyoti eng qoloq mamlakatlardir. Ularda sanoatning biron  tarmog’i yetarli rivojlanmagan, qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi juda past darajada.

Indoneziya, Malayziya davlatlari ham hozirgi kunda rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, Malayziyaga chet el investitsiyalarining ko’plab kiritilishi, ayniqsa Yapon va Tayvan firmalarining sahy-harakatlari bilan Malayziya iqtisodiyoti yuqori surhat bilan rivojlanmoqda. Biroq mamlakat o’zini-o’zi oziq-ovqat bilan tahminlay olmaydi va qishloq aholisining ko’pchiligi qashshoq hisoblanadi. Eksportining katta qismini neft va neft mahsulotlari tashkil etadi.

Bu region hududiy jihatdan bir nechta iqlim mintaqalarini qamrab oladi. Relefi juda murakkab tuzilishiga ega. Bu esa gidroenergetika resurslari bilan boyishga, tog’ va cho’l yaylovlarini shakllantirishga ichki imkoniyat yaratadi. U mineral tabiiy boyliklar bilan yaxshi tahminlangan. Jahon neft zahiralarining 70 %, gazining 80% ko’mirning 54 % shu regionga to’g’ri keladi. Neft va tabiiy gazga Fors, Bo’ltiq bo’yi mamlakatlari, Hindi-Xitoy yarim orolining dengiz sayozliklari ancha boy[1]. Boshqa turdagi tabiiy resurslar (suv, tuproq, o’rmon, rekreatsiya kabilar) tarqalishida ham katta tafovut bor. Jumladan, bir tomondan oqar suv bilan yaxshi tahminlangan hududning bo’lishi (Jan.-sharqiy Osiyo) bilan birga ikkinchi tomondan keng qurg’oqchil cho’l ham borki, ularda suv haqiqiy hayot muammosidir. Bu holat qadimdan SHarq mamlakatlarida har tomchi suvdan unumli foydalanishga undagan. Haqiqatdan ham tarixiy ma’lumotlar O’rta, Janubiy va janubi-g’arbiy Osiyoda obikor dehqonchilik bilan 4-5 ming yillardan buyon faol shug’ullanib kelinayotganini tasdiqlaydi. O’rmon boyliklari bilan janubi-sharqiy Osiyo mintaqalari yaxshi tahminlangan. Ikkinchi tomondan esa tabiiy sharoiti tufayli ulkan cho’l va chalacho’l maydonlar o’simlik qoplamiga juda kambag’al. Huddi shunga o’xshash katta tafovuti tuproq, tabiiy namlik ishlov beriladigan yerlar, rekreatsiya kabi resurslarning taqsimlanishida ham ko’zga tashlanadi. Foydali qazilmalarni noyob zahiralari to’plangan, shuningdek bu regionda turfa xil tabiat zonalari shakllangan.

Region katta va turli xil tabiiy resurslarga ega. Mineral xom - ashyolari, Mesopatamiya past tekisligida, Fors qo’ltig’ida neftg’, gaz boyliklari provintsiyasi bo’lsa, Hindiston platformasida metall, ruda metallari provintsiyasi sharqiy Osiyo tizmalarida ruda metallari zangori mineral ruda metallari va turli xil rangli metallar vollram, surma zapaslariga boy. Katta suv resurslariga boy regiondir. Suv resurslari notekis  taqsimlangan bo’lib, 2/3 qismi Janubiy va  Jabuni-SHarqiy Osiyoda joylashgan, Janubi-g’arbiy katta hududlari esa dashtlardan iborat. Regionning Sharqi Musson tahsirida bo’lib, ko’pgina hududlarida, sug’oriladigan yerlarida dehqonchilik qilinadi. Gidroenergiya resurslari juda ahamiyatli, asosan Hindiston, Nepal, Pokiston, Malayziya, Turkiya va hokazolarda ekish resurslari region va musson o’rmonlariga boy Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda pishiq daraxtlar ko’p bo’lib, eksport ahamiyatiga ega. O’rmon resurslaridan naratsional foydalanish, kesib yuborish natijasida qisqarib bormoqda. Ko’pgina davlatlarda o’rmon massivlari muhofazaga olindi. Region davlatlarida yer resurslarining 1/5 qismidan foydalaniladi. Ayniqsa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda yarmidan ko’pidan foydalaniladi.

Janubi-Sharqiy Osiyo mintakasi mineral resurslarga boy. Birmadan to Indoneziyagacha dunyoda eng yirik vodorod zahiralari  katta. Filippinda mis, nikel, xrom zahiralari bor bo’lib, davlatlar bo’yicha rangli va nodir elementi juda katta zahiralarga ega. Kalimantan Sumatra, Indoneziya, Birmadan yoqilg’i resurslari gaz konlari uchraydi. Indoneziya va Filippin suv resurslariga boy bo’lib, elektr energiya manbai hisoblanadi.

Hindi-Xitoy yarim orolidagi qishloq xo’jaligidagi yerlardan foydalanish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, daryo bo’ylarida, vodiylar va delg’talarda, subregionning katta qismida yil bo’yi hosil olish imkoni bor. Eng issiqsevar o’simliklardan hosil olinadi. Osiyo mamlakatlarida baliqchilik uchun tabiiy sharoit yetarli. Janubi-G’arbiy Osiyo mintaqasi qurg’oqchilik maydonlarini cho’l va chalacho’llar tashkil etadi. Mintakaning 60% hududi cho’l landshaftlariga ega bo’lib, foydali qazilmalarga boy. Iqlimi subtropik kontitental, yozi uzoq  davom etadi, qishi qisqa bo’ladi. Dashtlarda chala cho’lda nayza bargli, tog’li keng bargli o’rmonlari bilan tabiati geografik jihatidan 3 ta oblastga bo’linadi.

1.                 Arab palaxsa tog’lari

2.                 Mesopatamiya katta tekisligi

3.                 O’rta yerdagi qirg’oq yerlari

Regionning tabiiy boyligiga asosan Arabiston palaxsa tog’lari, Mesopatamiya, Eron tog’lari va bir qancha oblastlarda keng tarqalgan neft boyligi kiradi. Neftni 2/3 qismi shu region maydonlariga to’g’ri keladi. Suv resurslari chegaralangan. Agroiqlimiy resurslari qulay, daryo vodiylari, qulay tog’-dasht va cho’llarda yaylov chorvachiligi uchun sharoiti bor.

Qimmatbaho mineral ruda metal rangli xromli zahiralari bo’yicha Turkiya oldingi o’rinlarda turadi. Eron, Saudiya Arabistonida yirik mis va rangli ruda metallari ko’p. Mintakada ko’mir konlari, Eron Indoneziyada fosfaritlar mavjud. Turli xil mineral va qurilma materiallar ham mavjud.

Makromintaka tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga boy imkoniyatlari aholisi va uning zich tarqalishiga sabab bo’lgan. Biz buni jahon aholisining 60 % aholisi shu regionda yashayotganligidan ham ko’rishimiz mumkin. Hozirgi kunda region aholisi tez suratlar bilan o’sib bormoqda. Ammo aholining o’sish surhatlari davlatlar o’rtasida turlichadir. Isroil, Xitoy kabi ayrim mamlakatlarni hisobga olmaganda aksariyat davlatlarda tug’ilish va tabiiy o’sish ko’rsatkichlari ancha yuqori. Har 1000 kishi hisobiga Afg’oniston, Yaman, Kambodja davlatlarida yiliga o’rtacha 50 tagacha tug’ilish to’g’ri keladi. U dunyo davlatlari orasidagi eng yuqori ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Osiyo regioni aholisi har xil irqlar, asosan mangoloid irqi vakillari hamda xar xil millatlarning aralashmasidan iborat. Dunyoning eng ko’p sonli xalqlari ham shu regionda joylashgan. Osiyo regionining aholisi milliy tarkibiga ko’ra turli xil bo’lib, oddiy tilda so’zlashadilar. To’qqizta til oilasi va 6 ta kichik gruppalarga bo’linib, har bir mamlakat ko’p millatlidir.

Region davlatlarining hammasi uchun aholining tez ko’payishi xosdir. Aholi soni va uning tarkibiga go’daklar o’limi ham juda katta tahsir ko’rsatadi. Bolalar o’limi ko’proq Hindiston va Xitoyda kuzatiladi[2]

Pokiston, Bangladesh, Indoneziya kabi mamlakatlarda hozirgi  vaqtda yiliga 200-500 ming bola yoshga yetmasdan o’lmoqda. Bolalar o’limi koeffitsienti Afg’onistonda 257 promillega teng. Regionda har 1000 ayolga 1049 erkak to’g’ri keladi.

Osiyo mamlakatlarining aksariyati ko’p millatli. 150 dan ortiq xalq Hindiston va Indoneziyada deyarli 100 xalq Filippinda, 30 dan ortiq xalq Eron, Afg’onistonda istiqomat qiladi. Aholining etnik rang-barangligi bahzi bir xalqlar tarqalgan hududlarning davlat chegaralari bilan bo’linishi tufayli yana ham kuchayadi. Masalan, kurdlar-Turkiya, Eron, Iroq, belujlar- Eron, Afg’oniston va Pokiston davlatlari chegaradosh, hududlarda kompakt holda yashaydi. Mahlumki, din jamiyat hayotida turmushimizda juda katta rol aynaydi. Bunda davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Aholining diniy tarkibini bilish va uni to’g’ri baholash dunyoda bo’lib o’tayotgan voqea va hodisalarning ko’pchiligini to’g’ri tushunish va anglashga imkon beradi. Regionda dunyoviy dinlar va yirik milliy dinlar tarqalgan. Ayniqsa, islom dini katta rol o’ynaydi. Islomning sunniylik yo’nalishi Indoneziya, Malayziya, Bangladesh, Pokiston, Afg’oniston, Janubi-G`arbiy Osiyodagi barcha arab mamlakatlarida, Turkiyada, shialik yo’nalishi Eron qisman Iroq va Yamanda asosiy o’rin egallaydi. Islom diniga ehtiqod qiluvchilarning katta katta guruhlari Hindiston, Filippin, Kambodja, Myanma, Kipr, Shri-Lanka davlatlarida ham mavjud. SHarqiy va janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida  buddizm va lamaizm keng tarqalgan. Hindiston va Nepal aholisining ko’pchiligi induizmga ehtiqod qiladi. Filippin va Kiprda xristian dini- asosiy din.

Aholining joylashishida ham katta farqlar mavjud.Urbanizatsiya darajasiga ko’ra region alohida xususiyatga ega. Bu jihatdan uni «dunyo qishlog’i» deyishadi. Unda jahon bo’yicha shahar aholisining salmog’i eng pastdir. Unda yirik shaharlar, ayniqsa «millioner» shaharlar ancha tez o’smoqda. Bu jarayon ayniqsa, aholisi zich rivojlanayotgan mamlakatlarda kuchayib bormoqda. Urbanizatsiya darajasi yuqori 40 dan ortiq millioner shaharlar bo’lib, shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. 2000 yildan boshlab aholini katta qismi shaharlarda yashamoqda. Janubi-SHarqiy regionida aholining etnik tarkibi xarakterli bo’lib, yirik millatlar ko’p.

 Janubiy-g’arbiy Osiyo mamlakatlarining ko’pchligi agrar-industrial iqtisodiyotga ega. Ammo mamlakatlar xo’jaligining rivojlanish darajasida anchagina farqlar ham mavjud. Ayrim mamlakatlarda ko’p tarmoqli industrial ishlab chiqarish tashkil qilingan bo’lsa (Isroil, Turkiya, Kipr) boshqa guruh mamlakatlar asosan bir tarmoq- neft qazib chiqaish va uni qayta ishlash sanoati (Fors qo’ltiqbo’yi davlatlari) asosida jahonning eng serdaromad davlatlari qatorida turadi. Asosan, agror ishlab chiqarishga ega bo’lgan boshqa mamlakatlardan Eron ko’p tarmoqli ilg’or iqtisodiyotni barpo qilish yo’lida dastlabki qadam qo’yayotgan bo’lsa, bir qismida (Afg’oniston, Yaman) ishlab chiqarishning barcha sohalarida qoloqlik hukm surmoqda.

Janubi-SHarqiy Osiyo 70-yillargacha jahonning eng qoloq o’lkalaridan biri bo’lib kelgan edi. Ichki iqtisodiy rivojlanish omillari va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalana olganliklari sababli 70-yillar davomida, mahlumki Osiyoda bir qator yangi industrial mamlakatlar shakllandi. Ana shunday mamlakatlar qatoriga janubi-sharqiy Osiyoning Malayziya davlati qo’shildi. Indoneziya, Filippin va Bruniyning ham ijtimoiy hayotida keskin jonlanishlar ko’zga tashlanmoqda. Shuning bilan bir qatorda, mintaqadagi Vetnam, Kambodja, Laos, Myanma davlatlari xo’jaligining rivojlanish darajasiga ko’ra oddiy rivojlanayotgan mamlakatlari qatorida qolib kelmoqda. Janubi-sharqiy Osiyo mintaqa mamlakatlarida esa mayda ishlab chiqarish ko’p ukladligi saqlanib qolmoqda. Janubiy Osiyo mamlakatlarida esa Hindiston va Pokistonda zamonaviy yirik sanoat tarmoqlari rivojlana boshladi. Ammo xo’jaligi bosh tarmoq hisoblanib qolmoqda.

Boshqa mintaqalar kabi bu mintakada ham qishloq xo’jaligining xarakterli xususiyati ko’p ukladli va kam yerli dehqon bo’lib, kapitalistik formalar chuqurlashgan davlatlar asosan, Hindiston, Bangladesh, Pokiston va Shri-Lankada plantatsiya xo’jalik korxonalarini ahamiyati kattadir. Masalan, choy plantatsiyalari Hindiston, SHri-Lankada, kauchuk, kakos plantatsiyalari Shri-Lankada, don ekinlari ekin  maydonlarini 1/2 qismini, texnik ekinlari esa 1/3 qismini egallagan. Paxta, jun, shakarqamish eksportlari rivojlangandir.

Kishloq xo’jaligi Osiyo mamlakatlarida dunyoning boshqa regionlariga nisbatan o’zining qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishda ancha ilg’orligi bilan ajralib turadi. Dehqonchilikda qator tarmoqlardan oziq-ovqat, ipak sanoati  va boshqa mahsulotlar tabiiy imkoniyatlar asosida yetishtiriladi. Dehqonchilikning juda qadimiy madaniyati Osiyo regionida tarqalganligini geografik adabiyotlarda uchratish mumkin. Regionda cho’l va tog’ yaylov chorvachilikgi juda katta ahamiyatga ega. qishloq xo’jaligida suv tanqisligini ehtiborga olmaganda, barcha o’simliklarni madaniy holda o’stirish va hosil olish imkoniyatlariga ega.

Janubi-g’arbiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi muhim o’rin tutadi. Biroq, bu tarmoq aksariyat mamlakatlar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli tahminlay olmaydi. Mexanizatsiya va kimyoviy vositalardan kam foydalanish, suv tanqisligi ana shunday oqibatlarni keltirib chiqargan. Hozirgi ilg’or gidrotexnika usullaridan Isroil (tomchilatib sug’orish) Suriya, Iroq (Frat daryosi suvlaridan sug’orishda foydalanish) Saydiya Arabistoni, quvayt (dengiz suvini chuchuklashtirish) mamlakatlaridagina mahlum darajada foydalanilmoqda. qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i dehqonchilik Turkiya, Kipr, Livan, Isroil va kavkazorti respublikalarida Arab davlatlarida esa chorvachilik hisoblanadi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari bo’lgan donli ekinlardan bug’doy, arpa, makkajo’xori, sholi, tariq ko’proq Turkiya, Eron, Suriya, Iroq, Afg’onistonda ekiladi. Texnik ekinlardan paxta, moy beruvchi ekinlar Turkiya, Suriya, Iroq, Ozarbayjon, Eronda qandlavlagini Turkiya, Kavkazorti respublikalarida ekish  ahamiyatli. Chorvachiligi kam mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Turkiya  jahonda angor eskilarining ko’pligi va ipakdek mayin tivit yetishtirishi bilan alohida ajralib turadi.

Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining asosini qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq bo’lgan agrosanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Tabiiy sharoiti har yili 2-3 martagacha turli ekinlarni ekib hosil olishga imkon beradi. SHu sababli mavjud yer maydonlari doimo o’sib borayotgan millionlab aholini zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan tahminlab kelmoqda. qishloq xo’jaligida chorvachilik ancha sust rivojlangan. Barcha mamlakatlarda baliq ovlash bilan shug’ullanadi.

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoatlari ancha ahamiyatli. Gurunch mintaqadagi ko’plab mamlakatlar eksportining asosini tashkil qiladi. Bu borada Tailand, Myanma, Vetnam alohida ajralib turadi.


Download 233,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish