Davlat tuzumi. Fransiya Respublikasining davlat tuzumi - Prezident Respublikasi. Mamlakat tarkibiga 96 ta departamentga bo’lingan 22 ta viloyat kiradi. Bundan tashqari, dengizorti departamentlar va dengizorti hududlar ham Fransiya tarkibiga kiradi. Departamentlarning nomlari hozir ham tarixiy viloyatlar nomi bilan yuritiladi. Lotaringiya, Elzas, Bretan, Normandiya va hokazo.
Mamlakat Konstitutsiyasi 1988- yil 28- sentabrda qabul qilingan. Ovoz berish huquqi 18 yoshdan beriladi. Mamlakatni prezident boshqaradi va u 7 yilga saylanadi. Vazirlar Mahkamasi prezident tomonidan bosh vazir maslahati bilan saylanadi. Bosh vazir milliy majlis tomonidan nomzodga qo’yiladi va prezident tomonidan saylanadi.
Tashqi va harbiy siyosatni belgilashda esa Prezident ustunlik qiladi.
Qonunlarni ijro etuvchi organlar:
1. Fransiya oliy apellyatsiyalar sudi, sudyalar Prezident tomonidan tayinlanadi.
2. Fransiya Konstitutsion konsuli - 3 nafar a’zosi, 3 nafar milliy majlis, 3 nafar senat Prezident tomonidan saylanadi.
3. Milliy konsuldan iborat.
Harbiy kuchlar – 18 yoshdan chaqiriladi. Harbiy bo’linmalar: piyoda qo’shinlar, dengiz floti, havo kuchlari, milliy gardemarinlar mavjud. Mudofaa uchun yillik xarajat 39,831 mlrd. doll., mudofaa xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 2/5 qismini tashkil etadi.
Fransuz tashqi siyosati katta ahamiyatga ega bo’lib, xalqaro munosabatlarda alohida o’rin tutadi. Texnik hamkorlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, o’zaro boshqa aloqa turlarida namoyon bo’ladi.
Asosiy siyosiy partiyalari: Respublikani qo’llash birlashmasi, Fransuz demokratik ittifoqi, Respublikachilar partiyasi, Fransuz sotsialistik partiyasi, So’l-radikal harakat, Fransiya kommunistik partiyasi, Milliy front.
Siyosiy tuzum guruhlari va liderlari: Fransiya davlat profsoyuzi, 24 mln. a’zosi bor; Frantsiya mustaqil profsoyuzi, 1 mln. a’zosi bor; Sotsialistlar profsoyuzi, 800000 a’zosi bo’lib, bular mamlakat siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega. bilan tugadi. 1830 yilgi inqilob burjua monarxiyasining o’rnatilishiga olib keldi.
Navbatdagi 1848 yilgi inqilob natijasida Fransiyada II Respublika e’lon qilindi. Imperator Napoleon III 1852 yili monarxiyani qayta tikladi, 1853-1853 yillarda Fransiya Rossiyaga qarshi qrim urushida ishtirok etdi. 1870-1871 yillardagi Fransiya-Prussiya urushi Elzas va Lotaringiyaning boy berilishi bilan tugadi[1].
1871- yili Parij Kommunasining tuzilishi va halokati. 1875- yilda III Respublika Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1914-1918 yillarda Fransiya I-jahon urushida ishtirok etdi va g’alaba qozondi.
Uning natijalariga ko’ra, Versal shartnomasi bo’yicha Elzas va Lotaringiyani o’ziga qaytarib oldi. SHuningdek, Saar viloyati, Togo va Kamerun ham Fransiyaga o’tdi. II-jahon urushi davrida Fransiya nemis qo’shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi: mamlakat 2 qismga bo’lindi (bosib olingan hududlar va Muxtor Frantsiya davlati). 1944- yili Normandiyaga ittifoqchi qo’shinlar tushirildi va Fransiya ozod qilindi.
Fransiya 1949- yili NATO ga a’zo bo’lib kirdi. 1945-1954 yillarda Vetnamdagi mustamlaka urushlari natijasida Fransiya Hindixitoyni boy berdi. 1957 -yilda mamlakat YeH a’zosi bo’ldi. 1958 -yilda ijroiya hukumat huquqlarini kengaytirgan yangi Konstitutsiya qabul qilindi. 1960- yili Frantsiya mustamlaka tizimining parchalanish jarayoni boshlandi. 1962 -yili Jazoir mustaqillikka erishdi. 1966 - yili Frantsiya NATO harbiy tashkilotidan chiqdi.
Fransiya hozirgi kunda yuksak rivojlangan industrial davlat bo’lib, uning tarixiy rivojlanish xususiyatlari o’ziga xos tarixga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |