Ma’ruza 10: Xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayonlari
Reja:
10.1.Jon xo’jaligiga integratsiyalashuv shartlari
10.2. Ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik integratsion aloqalar.
10.3. Globallashuv jarayoni jahon taraqqiyotining muhim jihati va omili.
10.4. Globallashuv jarayoni baynalminallashuv jarayoni
Tayanch so’z va iboralar:Integratsiya, integratsion munosabatlar, tovar, xalqaro savdo ilmiy-texnika hamkorligi, Yevropa Ittifoqi, Shimoliy Amerika, erkin savdo hududi. (NAFTA), Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) globallashuv, xalqaro iqtisodiy tizim, jahon iqtisodiyoti.
Jahon tajribasi ko’rsatadiki, integratsion jarayonlarning shakllanishi va rivojlanishi nisbatan uzoq davrni qamrab oladi. Bu jarayonlarning amal qilish mexanizmi esa, mantiqiy ketma-ketlikda bosqichma-bochqich shakllanadi.
Integratsion munosabatlarning amal qilishi asosan quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
ü Tovar va xizmatlar xalqaro savdosi;
ü Ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik;
ü Xalqaro ilmiy-texnika hamkorligi;
ü Mintaqaviy integratsion birlashmalarning shakllanishi va rivojlanishi.
Mamlakatlar o’zaro integratsion aloqalarining asosini tovar va xizmatlar savdosi tashkil etadi. Shu sababli ular mazkur savdo aloqalarini erkinlashtirish, o’zaro qulay savdo shart-sharoitlarini yaratish, protektsionistik vositalarga barham berish, tarifli savdo tartibini takomillashtirib borish, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish kabilar orqali integratsion munosabatlarini tartibga solish va rag’batlantirishga harakat qiladilar.
Integratsiyaning muhim mexanizmlaridan yana biri ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va takomillashtirishdagi halqaro hamkorlik hisoblanadi. Buning asosida alohida tovarlar guruhi, tovar yoki tovarning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda tarmoq va tarmoq ichi ixtisoslashuvi yotadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik integratsion aloqalarda o’zining barqarorligi va doimiyligi bilan, loyihalarni keng qamrab olishi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli shartnomalar asosida bunday hamkorlikni nafaqat rivojlangan davlatlar o’rtasida, balki taraqqiyot darajasida tafovut katta bo’lgan sanoatlashgan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ham rivojlantirib borish imkoniyati keng hisoblanadi.
Xalqaro integratsiyada ilmiy-texnika hamkorligining ahamiyati so’nggi o’n yillikda ortib bormoqda.
Integratsiya yo’nalishiga ko’ra ikkiga bo’linadi. Ulardan birinchisi, mintaqaviy, ikkinchisi, xalqaro miqyosdagi integratsiyadir. Integratsiyaning ana shu ko’rinishlari o’zaro to’ldiruvchanlik xususiyatiga ega. Mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi integratsiyadan maqsad iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan mamlakatlar manfaatlarini yanada kengroq ro’yobga chiqarishdan iboratdir.
Mamlakatlarning geografik joylashgan o’rni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va shu kabi boshqa omillar integratsiyaning samaradorligiga tahsir ko’rsatadi. SHu jihatdan integratsiyalashayotgan mamlakatlar, avvalo, mintaqaviy integratsiyani ustun takomillashtirib boradilar. Bunga Yevropa Ittifoqi, SHimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA), Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Mamlakatlarning mintaqa miqyosida integratsiyalashuvi orqali xalqaro integratsiya rivojlanib borishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratib boriladi. Chunki, mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro savdo mintaqaviy integratsiyaning rivoji uchun asos bo’lgani singari, mintaqaviy integratsiya ham xalqaro integratsiya rivojlanishi uchun xizmat qiladi.
Mintaqaviy doirada integratsiyalashayotgan mamlakatlar, avvalo, o’zaro tashqi savdoni cheklashga qaratilgan kvota kabi to’siqlarni bartaraf qiladilar. Shundan so’ng, yagona bojxona tizimi shakllanadi, mintaqaviy integratsiyaga ahzo mamlakatlar uchun bir xil boj stavkalari joriy etilib, uning to’la amal qilinishiga erishiladi.
Iqtisodiy integratsiyaga ikki asosiy omil: ilmiy texnika taraqqiyoti va transmilliy korporatsiyalar katta tahsir ko’rsatadi.
Mamlakatlarning xalqaro integratsiya jarayonlarida ishtirok etishi uchun kuyidagi asosiy shartlarning mavjud bo’lishi talab etiladi:
birinchidan, yirik sanoatlashgan ishlab chiqarishning chuqur ixtisoslashuvi oqibatida tashqi aloqalarning rivojlantirish zarurati paydo bo’ladi, yahni mashinalashgan ishlab chiqarish tashqi aloqalarsiz rivojlanaolmay qoladi;
ikkinchidan, turli mamlakatlar iqtisodiy qudratida g’oyat katta tafovutlar bo’lmasdan, ularning iqtisodiy rivojlanish darajasi bir–birini taqozo etadi;
uchinchidan, turli mamlakatlar hududiy umumiylikka ega bo’lib, ularning tarixan rivojlangan hamkorlik aloqalari mavjud bo’ladi.
Globallashuv jarayoni jahon tarraqiyotining muhim jihati, omili bo’lib qoldi. Globallashuv hayotning barcha jabhalariga, jumladan, jahon iqtisodiyoti va siyosatiga, ijtimoiy sohaga, madaniyat va mahnaviyatga, ekologiyaga, xavfsizlikka o’z tahsirini ko’rsatmoqda. Mazkur jarayonning tashqi iqtisodiy munosabatlarga, tashqi savdoga ko’rsatayotgan tahsiri ham beqiyos va betakrordir. Butun jahon savdo tashkilotining mahlumotlariga binoan, XX asrning 90-yillaridan boshlab dunyo miqyosida ishlab chiqarishning rivojlanishi jahon savdosi bilan uzviy aloqador bo’lmoqda.
Globallashuv jarayoni baynalminallashuv jarayoni bilan uzviy aloqador. Ushbu jarayon ichki va tashqi yo’nalishlarda rivojlanib, kengayib bormoqda.
Globallashuv manbalari qatorida jahon bozori va tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyatiga tahsir ko’rsatuvchi texnologik taraqqiyot juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Globallashuvning ikkinchi manbai iqtisodiyotning erkinlashuvi, shu jumladan, savdoning erkinlashuvi bilan bog’langan.
Globallashuv jarayoni keyingi 15-20 yilda kapital, texnologiyalar va tovarlar, mehnat bozorlarini keng qatlamli, bir biri bilan o’zaro aloqador TMKlarga integratsiyalashuvi natijasida yana ham tezlashdi va chuqurlashdi.
Globallashuvning asosiy sohasi bo’lib, xalqaro iqtisodiy tizim yohud jahon iqtisodiyoti, unda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish, almashish va istemol munosabatlari hisoblanadi. XXI asr boshida jahon iqtisodiyoti o’zida 230 siyosiy-mahmuriy bo’lakni, shu jumladan, 190ga yaqin davlatni jamlagan murakkab tarkibga ega bo’lgan tizimga aylangan.[1]
Globallashuv milliy iqtisodiyotlarga, ularning holati va tarkibiga, eksport–import munosabatlariga, investitsiyalash hajmi va tarkibiga juda katta tahsir ko’rsatmoqda.[2]
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi natijasida xizmatlar, shu jumladan, moliyaviy, huquqiy, boshqaruv, axborot sohalaridagi xizmatlar bilan savdo qilish hajmi keskin o’smoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |