Kurs ishining ob’ekti: Mavzuga oid ma’lumotlar va ularning amaliy tahlili.
Kurs ishining maqsadi: Azotning o'simliklar hayotidagi o'rni. O'simliklarning azot bilan oziqlanishining o'ziga xosligi ishlab chiqish va takomillashtirish, ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini hisobga olgan holda o’rganish, Azotning o'simliklar hayotidagi o'rni.O'simliklarning azot bilan oziqlanishining o'ziga xosligi oid ma'lumotlardan va xulosalardan o’rinli foydalanish.
Kurs ishining predmeti: Azotning o'simliklar hayotidagi o'rni. O'simliklarning azot bilan oziqlanishining o'ziga xosligining maqsadi, metodi, vositasi, mazmuni va shakli.
Kurs ishining vazifalari:
1.Azot va uning tasnifi. Azotli o’g’itlar va ularning turlarini o’rganish;
2.Azotning o’simlikllar hayotidagi amaliy ahamiyati va tuproq muhitiga azotning tasirini o’rganish;
3.O’simliklarning ildiz orqali oziqlanishi haqidagi ta’limotning rivojlanishi va mineral elementlarning o’simliklar tanasidagi miqdorini o’rganish;
4.Tabiatda azot manbalari. O’zlashtiriladigan azot va o’simliklar tanasida azotning fiziologik ahamiyatini o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob (4 ta paragraph), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
I BOB.O’SIMLIKLAR HAYOTIDAGI AZOTNING AHAMIYATI.AZOTLI O’G’ITLAR
1.1.Azot va uning tasnifi.Azotli o’g’itlar va ularning turlari
Azot (lot. Nitrogenium), N – Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi 14,0067. Yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda boʻladi (havoning ogʻirlik jihatidan 75,6 %; hajm jihatidan 78,9 % azotdan iborat).
Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli selitra (NaNO3) va kaliyli selitra (KNO3) tarkibida boʻladi, toshkoʻmirda 1 – 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam tanasida 3 % gacha boʻlishi mumkin.
Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud boʻladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 daqiqa).
Azot – rangsiz, hidsiz gaz; qaynash temperaturasi – 195,8°, suyuqlanish temperaturasi – 209,86°, 1 l azot 1,2506 g; 1 l suvda (0° da) 23,3 ml eriydi. Odatdagi sharoitda azot nihoyatda passiv, faqat litiy bilan birikishi mumkin; boshqa elementlar bilan qizdirilganda, bosim taʼsirida va katalizatorlar ishtirokidagina birika oladi.
Vodorod bilan birikib, ammiak, gidrazin va boshqa birikmalar, kislorod bilan oksidlar, metallar bilan nitridlar hosil qiladi.Azot oʻsimliklar uchun asosiy „oziq“lardan biridir. Mineral va organik birikmalari tuproqqa yogʻin-sochin bilan yoki oʻgʻit sifatida tushadi. Erkin azot ammiak sintezida, baʼzi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi boʻshliqni toʻldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq azotdan past temperatura bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda (kriostatlar, vakuum qurilmalar va boshqalarda foydalaniladi.
Azotning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar (selitralar)dan iborat. Oʻrta Osiyoning quruq choʻl iqlimida koʻp miqdorda selitra toʻplanadi. Azot oqsillar, nuklein kislotalar,xlorofill va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi boʻlganligidan oʻsimliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Oʻsimliklar tuproqdagi azotli moddalarni oʻzlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin azotni azot birik-malariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda azot toʻplanadi.
U tuproqda asosan toʻrt xil birikma holida:
chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO3), oqsil organik azoti (toʻliq parchalanmagan oʻsimlik qoldiqlari) va ularning oʻzgarish mahsulotlari – aminokislotalar, peptidlar, amidlar va aminlar holida mavjud boʻladi. Azotni tuproqdagi organik birikmalarini eruvchanligi boʻyicha uch guruhga: suvda eriydigan, suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda eritmaga oʻtuvchi va suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda erimaydigan guruhga boʻlish mumkin. Erimaydigan guruhga mansub boʻlgan azot kam harakatchan va oʻsimliklarga yaxshi singmaydi.
Oʻrta Osiyoning ayrim tuproqlari tarkibidagi umumiy azotning taxminiy miqdori: och tusli boʻz tuproqlar (haydalma qatlam) da – 0,04–0,07 %, koʻpdan beri sugʻorilib kelinayotgan tipik boʻz tuproqlarda – 0,10–0,15 % va toʻqtusli oʻtloq tuproqlarda – 0,20–0,50 %. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida yuqori hosil olish uchun tuproqda azot zahirasi yetarli emas, shuning uchun bu yerlarda azotli oʻgʻitlar qoʻllaniladi. Oʻsimliklardagi azotning koʻp qismi oqsil moddalari holida boʻladi. Turli urugʻlar oqsili tarkibidagi azot miqdori 16,5–17,5 % ni tashkil qiladi.
Gʻoʻza-beda almashlab ekishda beda ekilgan har gektar yerda biologik azotga boy 20 tonnagacha organik modda hosil boʻladi; undagi biologik azot miqdori 400– 600 kg/g. Azotdan oʻgʻitlar ishlab chiqarishda, koʻpchilik sanoat sohalari, jumladan, metallurgiyadagi turli kimyoviy jarayonlarda inert muhit sifatida foydalaniladi.
Azot quyosh energiyasidan singishi uchun zarur xlorofilning bir qismidir. Shuningdek azot lipidlar, alkaloidlar va o'simliklar yashayotgan uchun bir qancha muhim moddalarga boy. Ushbu elementning havodagi ulushi 1/5 miqdorda ekanini aytgan edik. Havodagi o‘sha qolgan 4/5 qism ulushni, ya'ni, deyarli 78% qismini azot gazi tashkil qiladi. Xususan, ingliz tili hukmron bo‘lgan davlatlarda «nitrogen» deb nomlanadi. Ushbu nomning ma'nosi «selitra tug‘diruvchi» degani bo‘lib, haqiqatan ham selitra moddasi tarkibida ko‘p miqdorda azot atomlari mavjud bo‘ladi.Azot zaharli emas. Biz har nafas olganimizda va chiqarganimizda havodan katta miqdorda azotni yutamiz va qayta chiqaramiz
Azot molekulasi ikki atomdan iborat bo‘ladi. Odam ham, boshqa jonivorlar ham havodagi azotni o‘z-o‘zidan qabul qila olmaydi.Odam iste'mol qiladigan ozuqaning katta qismi go‘shtdan iborat bo‘ladi. Aynan go‘sht tarkibida azot ko‘p. Unda, go‘sht yemaydigan o‘txo‘r hayvonlar azotni qayerdan oladi? Ular esa, o‘z ozuqasi tarkibidan - o‘simliklardan azot qabul qiladi. Agar biz shu tariqa zanjirni qarab chiqsak, bizga ham, boshqa jonivorlar organizmiga ham azot o‘simliklar orqali kirib kelishi ma'lum bo‘ladi. o‘simliklar azotga tuproqdagi muayyan azotli birikmalarni o‘zlashtirish orqali ega bo‘ladi.
Bunday azotli birikmalarni nitratlar deyiladi. Yuqorida esga olingan selitra moddasi ham nitratlar turkumiga mansubdir.o‘simliklar va hayvonlar hayotini yakunlab, tanasi chirishga o‘tganida, ularning tanasida mavjud bo‘lgan azotning katta qismi tuproqqa singib, o‘simliklar uchun qayta iste'mol uchun yaroqli bo‘lib qoladi. Tabiiyki, o‘simliklar ushbu azotni ham o‘zlashtiradi. Bunday tarzda azot bilan to‘yingan tuproq unumdir va serhosil bo‘lib qoladi. Hayvonlarning ovqat hazm qilishidan ortgan chiqindi moddalari, ya'ni, tezagi ham ko‘p miqdorda azotga ega bo‘ladi. Shu sababli, hayvon tezagi bilan yerni azotlash uchun muhim sanaladi. Biz buni oddiygina qilib o‘g‘it deymiz. Ayniqsa, yil davomida ko‘p miqdorda to‘plash mumkin bo‘lgan uy chorva hayvonlari, yoki, ot va mol fermalardagi go‘ng dehqonchilik uchun muhim o‘g‘itlash manbai hisoblanadi.
Azotli birikmalarning bu tarzda tuproqdan o‘simliklarga, o‘simliklardan hayvonlarga va hayvonlardan yana tuproqqa qaytish sikl zanjirini fanda azot va azotli birikmalarning tirik organizmlardagi aylanishi deyiladi.Lekin, tirik organizmlar va tuproq bo‘ylab azotning aylanishini susaytiradigan va oxir oqibatda bu siklning harakatdan to‘xtab qolishiga sabab bo‘la oladigan ikkita aks omil mavjud.
Birinchisi - yerga solingan go‘ng, yoki, o‘lgan hayvon tanasi chirish jarayonida undagi azotning katta qismi tuproqqa singishga ulgurmay, shunchaki, ikki atomli molekula ko‘rinishida havoga tarqab ketadi; havodagi azotni esa o‘simlik ham, jonivorlar ham o‘z-o‘zidan yana qayta qabul qila olmaydi. Ikkinchi omil esa - tuproqning yomg‘ir suvlari bilan yuvilib turishi natijasida nitratlarning ham yuvilib ketishi hamda, oxir-oqibatda, daryo, dengiz va okeanlarga ketib qolishi jarayonidir. Agar tuproqdagi azotning bu tarzda yo‘qotilish o‘rni muttasil qoplanmas ekan, Yerda hayot allaqachon to‘xtagan bo‘lar edi. Lekin, azotli birikmalar o‘rinma-o‘rin tuproqqa qorishishda davom etmoqda va hayotni ta'minlab turuvchi eng muhim sikllardan biri - azot aylanish sikli o‘z maromida xatosiz ishlayapti.
Tuproqdan yo‘qotilayotgan azotli birikmalarning o‘rnini to‘ldirishning yagona yo‘li - havodagi azotni o‘zlashtirishdir. Har safar havoda chaqmoq chaqqanida u hosil qilgan chaqnash chizig‘i bo‘ylab favqulodda yuqori harorat yuzaga keladi va bu harorat ta'sirida o‘sha yaqin atrofdagi azot molekulalari kislorod bilan birikishga majbur bo‘ladi.
Chaqmoq chaqish energiyasi azotni shunga majbur qiladi. Hosil bo‘lgan azot-kislorod birikmasi yomg‘irlar tarkibida eriydi va yomg‘ir bilan birgalikda azot kislotasi ko‘rinishida yerga tushadi. Azot kislotasi molekulasi bir atom azot, bir atom vodorod va uch atom kisloroddan iborat bo‘ladi (HNO3). Aynan shu azot kislotasi tuproqqa tushgach, nitratga aylanadi.Azot kislotasi o‘ta xavfli kislotalar sirasiga kiradi va u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muomala qilinsa, u teri va ko‘z uchun o‘ta yomon ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
U o‘tkir kimyoviy kuyishga sabab bo‘ladi. Lekin, yog‘ayotgan yomg‘ir tarkibidagi azot kislotasi miqdori shu darajada oz bo‘ladiki, u deyarli ta'sir qilmaydigan bo‘ladi. Har kuni Yerning turli nuqtalarida u yoki bu darajada yomg‘irlar yog‘ib o‘tadi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, chaqmoqdan keyingi yomg‘irlar bilan har kuni yerga 250 000 tonna atrofida azot kislotasi kelib tushadi. Bu savolning javobi tuproqda yashaydigan muayyan turdagi bakteriyalar bilan bog‘liq. Tuproqning eng yuqorigi, sirt qatlamlarida, havodagi azotni biriktira olish qobiliyatiga ega bakteriyalar mavjud. Aynan ushbu bakteriyalargina tabiatda havodagi erkin azotni o‘ziga bog‘lash xossasiga egadir. Ular azot atomlarning boshqa element atomlari bilan bog‘lanishiga xizmat qiladi va shu orqali tuproqni azotli birikmalar bilan to‘yintiradi. Ular hosil qilgan azotli birikmalarni esa o‘simliklar o‘zlashtiradi.
Bunday bakteriyalar asosan, beda, no‘xat, loviya, yeryong‘oq singari muayyan turdagi o‘simliklar, ya'ni, dukkaklilar ildiziga yopishgan holda, uncha katta bo‘lmagan to‘p-to‘da ko‘rinishida yashaydi. Aniqlanishicha, 4000 m2maydonga ega yerda yiliga 18 kg azot bog‘lanar Mabodo, azot biror element bilan birikma hosil qilsa ham, ushbu birikma juda beqaror tuzilishga ega bo‘ladi va u imkon qadar tez parchalanishga intiladi. Ammiakli selitra shunday birikmalarga bir yorqin misoldir. Uning molekulasida ikkita azot atomi, to‘rtta vodorod va uchta kislorod atomlari mavjud.
Oddiy sharoitlarda, ammiakli selitra - oddiy tuzga o‘xshash, juda beozor modda bo‘lib ko‘rinadi.Biroq, arzimagan issiqlik berib, ammiakli selitrani qizdirilsa, u tezkor parchalanishga uchrab, kattagina energiya ajralib chiqishiga sabab bo‘ladiPortlovchi moddalarning yana boshqa turlaridan misoltariqasida nitrosellyuloza, nitroglitserin, hamda, trinitrotoluol moddalarini keltirish mumkin. Diqqat qilgan bo‘lsangiz, ushbu moddalarning hammasining nomida «nitro-» qismi mavjud. Bu shundan dalolat beradiki, ushbu moddalarning molekulasi tarkibida albatta azot atomi mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |