Tabib-1_Avazxon:: O’g’lingizning atrofida ushbu Ko’hinurni uch marta aylantirsangiz, bu olmos uning dardini olishi mumkin.
Bobur: O’g’lim uchun bir emas, ming ko’hinur fido bo’lsin. Ammo jonsiz narsadan uning uchun men o’zimni fido qilaman.
Arabboy: Zahiriddin Muhammad Boburning o’g’li Humoyun mirzoning atrofida uch marta aylanib shunday deydi.
Bobur: Ey yaratgan egam! Humoyunning bu dardini menga ber. Farzandimga shifo ber.
Arabboy: Oradan bir kun o’tar-o’tmas Humoyun kasallikdan butkul halos bo’ldi. Ammo Boburning o’zi kasal bo’lib qoladi.
Humoyun: Assalomu alaykum otajon.
Bobur: Va alaykum assalom o’g’lim.
Humoyun: Otajon meni kasalimni Ko’hinurga emas, o’zingizga olibsiz. Shu rostmi?
Bobur: O’g’lim, Ko’hinur olmosi hozir ham keyin ham dunyodagi eng qimmatbaho olmoslardan biri bo’lib qoladi. Ammo ota uchun dunyoda farzandidan azizroq narsa yo’qdir. Sening salomatliging mening boyligimdir.
Humoyun: Rahmat otajon.
Do'stlaringiz bilan baham: |