Yumub koʼzni, qadamni mardlar sori adam KOʼydi,
Vafosiz dahr alarni jonigʼa toki alam koʼydi,
Аjal farzandi odamni jahon mulkida kam qoʼydi,
Mingu uch yuz birinchigʼa sana tokim kddam Koʼydi,
Hamani emdi koʼz tutgani bir sohibqiron boʼldi.
Bu parchaning besh inchi m i srasida muhim f ikr if oda etilgan: «Xamani emdi koʼzutgni bir sohibqiron boʼldi». Darhaqiqat, millat bu paytda Sohibqiron Аmir Temurdek yoʼlboshchiga muhtoj edi. Yurtni moʼgʼullar zulmidan ozod qilgan Sohibqiron — milliy ozodlik timsoli. Sh uning uchun ham shoir millatga uningdek bir rahnamoni orzu qiladi.
Koʼrinib turibdiki, F urqat sheʼriyatida ozodlikka, milliy istiqlolga intilish tuygʼusi chuqur dard, betakror badiiyat bilan ifodalangan. Bu tuygʼu baʼzan ochiqcha, ayrim hollarda esa turli sheʼriy timsollar zamirida aks etgani kuzatiladi.
Furqatning chor Rossiyasi mustabid siyosatining insoniylikka zid mohiyatini ayovsiz fosh etuvchi, Vatan va millat dardi bilan y oʼgʼr i l gan , un i n g nurli istiqbol haqidagi orzu-intilish larini aks ettiruvchi bunday asarlaridan mustamlaka maʼmurlari bexabar qolmagan, albatta. Binobarin, nainki oʼz mustamlakasi boʼlgan bir mamlakat yoxud millat, balki uning har bir ziyoli vakili ustidan a y gʼo qchi l i k nazoratini oʼrnatish, ularning xatti-harakatlarini muntazam kuzatish, maʼlumotlar toʼplash .tuhm at uyu sh tirish , qatagʼon etish — istibdod siyosatining eng sinalgan usuli boʼlgani bugun hech kim ga sir emas. Sh unday ekan, chor hukumati maʼmurlarida F ur-qat haqida ham shunday maʼlumotlar boʼlganiga shubha qilmasa boʼladi.
Tabiiyki, chor m ustabid siyosatini qoralovchi, fosh etuvchi shoirdan qutu- lish uchun uni mamlakat hududidan chiqa- rib yu borish ning barcha choralari koʼril- gan, bir soʼz bilan aytganda, Furqatning xorijga ketishi va ona yurtiga qayta olmasligini general-gubernatorlik rejali asosd a m axsus uyu sh tirga n, deb hisoblash uchun asoslar yetarli. Zokirjon F urqatning vatandan judoligiga ikkinchi sabab, taʼkidlanganidek, sh oir m aʼrif atparvarlik dunyo- qarash ining yurt va millat manfaatlariga uygʼunligi bilan izohlanadi. Chunki chor hukumati oʼsha davrda, birinchi galda, millatparvar ziyolilardan xavf sirar edi.
Shoir chor istibd odining fojiali oqibatlarini fosh etish barobarida ona yurt f arzandlarini nisbatan ilgʼor boʼlgan rus madaniyatini oʼrganishga, undan oʼz manfaatlari yoʼlida foydalanishga chaqirgan.Sh o i r bu haqda «Oʼz nafʼimiz uchun Rusiya xalqi umurigʼa mulohaza qilsoq lozimdur», deb yozgan edi.
Furqatning rus madaniyati targʼibiga bagʼishlangan asarlarini baholaganda uning mazkur soʼzlarini har doim nazarda tutish zarur. Binobarin, shoirning ushbu soʼzlari uning rus va Ovrupo madaniyatiga boʼlgan munosabatini bel- gilashda mezon vazifasini oʼtay oladi.Sheʼriyat ramzlar, timsollar bilan ish koʼradi. Uni shunchaki, yuzaki talqin etish sheʼrning mohiyatini anglamaslikka, j oʼnlash tirish ga olib keladi.
Shu bois F urqatning zohiran rus madaniyati targʼibiga bagʼish langan asarlarida botinan millat dardi, uning iztiroblari, orzu-arm onlari ifoda etilgan- ki, bunday daʼvat mustamlaka maʼmuriyatiga maʼqul boʼlmagani aniq. Tabiiy- ki, chor istibdodiga qarshi xalq harakatlari toʼlqinlana boshlagan bir sharoitda bunday millatparvar sh oirning Turkistonda yashashi hukmron doiralar manfaatlariga zid edi. Sh u bois ular puxta oʼylangan reja asosida sh oirning «sayohat»ini uyu sh ti r i sh ga muvaffaq boʼlgan.
Oʼzbekiston xalq shoiri Аbdulla Oripovning «Furqat nidosi» sheʼrida shunday bayt bor:
Men vatandan ketmaganman, ayri tushganman, xolos,
Аjragandek suv kecharda bir nafas tandan libos.
Garchi Аbdulla O ripovning qoʼlida Furqatning ona yurtni oʼz ixtiyoriga zid ravishda tark etish ga majbur boʼlganini tasdiqlovchi dalillar boʼlmasa-da, u buni hassos sh oirlarga xos ichki bir tuygʼu bilan his etgan. Xulosa qilib ayt-ganda, 1891 yil 14 mayida Furqat goʼyo koʼngl iga «sayohat orzusi tush ib», amalda esa badargʼa qilinib, jondan sevgan ona yurtini tark etish ga majbur boʼlgan.
Endi sh oirning yurtiga qayta olmaslik sabablariga toʼxtalsak. Furqatning xorijdan Vatanga qayta olmaslik sabablari ham adabiyotsh unoslar oʼrtasida koʼp m unozaralarga sabab boʼlgan. Ulardan eng muhimlariga toʼxtalib oʼtish zarurati seziladi. «F urqatning xatlaridan maʼlum boʼlishicha, — deb yozadi Mahmudali Yunusov, — u mutlaqo chet ellarda qolib ketaman, deb oʼylamagan. Xatto, Kosh gʼarga — Yorkentga borish oldidan ham u yerdan Tosh kentga qaytajagini taʼkidlaydi».
Prof yessor Аbdurash id Аbdugʼafurov shoirning N.O stroumovga yozgan maktu- bidagi «Аgar borolm asam , bu qilgʼon sayohatlarim ni bir kito b qilib, siz hurmatlugʼa yuborurman» degan soʼzlarini keltirar ekan, shunday xulosani ilgari suradi: «Diqqat etaylik: «bormasam» em as, balki «borolm asam » deb yozadishoir . Maʼnojihatidan har ikki soʼzning bir-biridan keskin farq etishi ravshan.«Bormasam»da subʼekt xohish i, ixtiyori birinchi oʼrind a tu- radi. «Borolmasam»da esa, aksincha, ba- jarilajak f aoliyatining asosan obʼektiv shartsh a roit bilan bogʼliqligi , subʼektdan tash qari kuchlar, holatlar oʼz taʼsirini koʼrsatishi mumkinligi nazarda tutiladi. Demak, F urqatning buoʼrinda «borolmasam» sh aklini ish latishi, albatta, oddiy tasodif em as. Bundan F urqat oʼsha vaqtlardayoq qay darajada intilm asin, Vatanga qaytish qatmsalik masalasi shaxsiy xohish - ixtiyorga bogʼliq boʼlmagan masala ekanini tushungan: qator jiddiy obʼektiv sabablarga koʼra, oʼz yu rtiga yana «borol- mas»ligi m um kinligini his etgan, deb xulosa chiqarish asosli va oʼrinli boʼlsa kerak».
O limning ush bu xulosalaridagi kuchli mantiqni eʼtirof etm aslik mumkin emas. Lekin, oʼsha paytda yetarli dalil- lar boʼlm agani tuf ayli boʼlsa kerak, mazkur obʼektiv sabablar nimalardan iborat ekani oydinlash may qolgan edi.
Professor Sharif Yusupov shoirning ona vatanga qayta olmasligi bilan bogʼliq bir necha eng muhim sababni aniqlash ga muvaffaq boʼlgan. Olim Furqatning J idda-Makka yoʼlidan yozgan maktubim atnini ke ltirar ekan, shunday xulosa chi qarad i: «M aktubni oʼqirkanmiz, avvalo, Fur qa t chet elga pasportsiz yoki biror bosh qa hujjat- siz joʼnatib yu borilganini koʼram iz. Oʼz xatida «... meni(ng) qoʼlumda boshfurt va yo bir yoʼl xati yoʼqtur. Chunki meni(ng) hamma ahvolim oʼzi n gi zgʼa maʼlumdur» deb yozish iga qaraganda, uning orqasidan hujjat tayyorlab yu borish ni general-gubernatorning oʼzi vaʼda qilgan, bundan N .Ostroumov ham xabardor boʼlganga oʼxshaydi. Аmmo general-guber- natorlik doi r a l a r i ki m l a r n i n gd i r «yordami» bilan sh oirni bir amallab mamlakat chegarasidan tash -qariga chi- qarib yu borganlaridan keyin unga hujjat yu borish ni xayolga ham keltirmay- di...»
Shundan keyin sh oir ilgari Istanbuldan yu borgan maktubidagi «Boʼmbay va Hinduston muzofotlarini tamoshqilmoqchidurman , inshoolloh, andin soʼngra Kobul tarafi birlan Tosh kandgʼa borm oqni xohlayman» degan niyatini am alga osh ira olm aydi... Furqatning keyinchalik topilgan dastxat maktublariga qaraganda, uning Turkistondagi rasm iy doiralardan qilgan iltimosi natijasiz tugashi shoirning Toshkentga qaytib kelish imkoniyati barbod boʼlganining alomatidir».
Bizningcha , Furqatning xorijda qolib ketish ining yana ikki sababini koʼrsatish mumkin: birinchi omil shoirning chet ellarda yaratilgan asarlari mohiyat eʼtibori bilan chor hukumatining mustamlaka siyosatiga zid ekanligi boʼlsa , ikkinchi-si — Furqatning shaxs sifatidagi fazilatlaridir.
Yuqorida shoirning chor istibdodini ochikdan -ochiq qoralagan asarlari xususida toʼxtaldik. Taʼkidlash joizki, shoirda bunday imkoniyat har doim ham boʼlavergan emas. Аyniqsa, Furqat xorijda ekanida uning har bir qadami nazoratda boʼlgan. Sh uning uchun shoir endi boshqacha yoʼl tutgan. U «Turkiston viloyatining gazeti» uchun moʼljallangan asarlarida aytmoqchi boʼlgan asosiy fikrlarini bilvosita, yaʼni asarlari zam iridagi yash irin maʼno orqali ifoda etgan.
Bu jihatdan Furqatning xalqaro mavzudagi siyosiy publitsistikasi alohida ahamiyatga ega.
Lekin sh oir oʼzining mustamlaka siyosatini qoralovchi f ikrlarini faqat publitsistik asarlari emas, manzumalari zam iriga ham mahorat bilan singdirib yuborgan
Buni sh oirning «Rus askarlari taʼrif ida», «M asarratnom a», «Qasida» kabi asarlari misolida koʼrish mumkin.
Xususan, F urqatga juda koʼp taʼnalar qilinish iga sabab boʼlgan «Rus askarlari taʼrifida» deb nomlanib kelgan asarning nasriy soʼzbosh isi — kirish qismida shoir shunday yozadi: «Habl ulmatin» va «Pesai axbor» nom Hinduston gazetlarida Rusiya davlatining yopun xal-qi birla qilgʼon muhorabalari xususida Oʼrusiya askari borasida aksar kinoyaomez soʼzlarni yozadur. Chunonchi, ul axborlarning zohir iborati mahz bir voqeiy holotlardur. Va lekin, mazmunini diqqat birla mulohaza qilgʼonda, kinoya va hasadom yez m aʼnilar paydo boʼladur. Аf suskim, ul axborlar muallifi mun sifona soʼzyozmaydurlar » («TVG», 1905 yil, 27 avgust, 34-son).
Аsarning ushbu ibtidoqismining oʼziyoq bir qancha muhim xulosalar chiqarish i m ko n i n i be r ad i . B irinchidan, maqolaning hind tilidagi gazeta materiallari asosida yozilgani Furqatning bu tilni ham bilganini koʼrsatadi. I kkinchidan, m azkur soʼzbosh idagi Rusiya d avlatining yopun xalqi birla qilgʼon muhorabalari j um lasiga urgʼu berilayotgani bej iz emas. Furqat bu oʼrinda chor Rossiyasining bosqinchilik siyosatiga ish ora qilmoqda. Bundan ta- shqari, «Habl ul-matin» va «Pesai ax- bor» ga zetalaridagi mazkur urush haqida yozilgan «axborlarning zohir iborati mahz bir voqeiy holotlar», yaʼni haqiqatda boʼlgan voqealar ekani toʼgʼrisidagi taʼkidi ham diqqatga sozovordir. Bu orqali shoir chor armiyasining Yaponiyadagi sharmandalarcha magʼlubiyatiga ish ora etayotganini anglash qiyin emas. Shoirning eʼtirozi faqat bir narsaga — bu hakda yozilgan soʼzlar kinoya va hasadomuz maʼnida ekaniga qaratilgan.
Taʼkidlash j oizki, joriy imlodagi nashrlarda Furqatning boshqa koʼplab asarlari qatori m azkur sheʼr ham qisqartirib eʼlon qilingan. Nashr nusxasi asl manba bilan qiyoslanganda, shoir «Tanlangan asarlar»idan manzum aning 30 misrasi tush irib qoldirilgani aniqlandi. F urqat «Tanlangan asarlar»ida « Qisqartirib olindi» deya izoh berilgani nash rga tayyorlovchining masalaga halollik bilan yondashganini koʼrsatadi. «Tanlangan asarlar»dan tush i r i b qo l d i r i l gan 7 -8 -baytlar mazmuniga diqqat qilaylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |