Nuqtajon qo'shig'i
Nuqtajonu-nuqtajon ,
Fazilating bir jahon .
Kimki bilib olsa gar,
Sanab berar tez oson.
Chizganimda chizmaning
Xislatini yechasan.
Qiyin shakl yasashda,
Topginimcha qochasan .
Markaz bo'lib gohida,
Har yonga nur sochasan .
Naqarot :
Ko'paytirish , bo'lishni,
Senla qildim ifoda.
Barcha siring bilishga
Kerak ekan iroda.
Bahtimizga bo'l omon,
Yerda. suvda , havoda.
Matematika fanlarning podshosidir
Asrlar ortidan kelar asrlar,
Unut bo'lar o'tmish zamon ko'p sirlar.
Ammo, yaratilgan fan asoslarin,
Asrdan asrga eltar nasllar.
Eslatay Gausning dur dona so'zin,
Hisob-kitob ochmish aqlning ko'zin.
Matematika fanlarning podshosidir,
Har ish sohada ko'rsatar o'zin.
Qunt bilan o'rganib bu buyuk fanni,
Shon - shuxratga o'rang ona-vatanni.
Donolar-donosi bo'lgay agar kim,
Fanga bag'ishlasa jon birla tanni.
Endi navbat "Topishmoqli qo’shiq" va " Chiziq" qo'shig'iga
Topishmoqli qo 'shiq
Biz qanaqa chiziqmiz?
Qarang juda qiziqmiz?
Ikkalamiz inoqmiz,
Mehnat sevar quvnoqmiz.
Tekislikda turamiz.
Yursak birga yuramiz .
Ammo bilgin ikkiovlon.
Kesishmaymiz hech qachon.
Biz kesishgan on go'yo.
O'zgaradi keng dunyо.
Toping qanday chiziqmiz.
Qarang juda qiziqmiz.
(o'quvchilar : parallel to`g'ri chiziq)
Chiziq
Qilsa meni kim havas,
Ikkita nuqta olsa bas.
Bir qarasa egriman,
Bir qarasa to'g'riman,
Bir boqsa qiziq-chiziq.
Birlashtirib nuqtani,
Chizsangiz agar meni.
Bir qarasa yopiqman,
Bir qarasa ochiqman.
Bir boqsa qiziq-chiziq.
O'rganish asli odat,
Bilishda kuch adolat.
Bir qarasa go'zalman.
Bir qarasa chigalman.
Bir boqsa qiziq-chiziq.
MATEMATIKAGA DOIR XALQ MAQOLLARI
1.Sanamay sakkiz dema, o’ylamay to’qqiz.
2.Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi.
3.Bir mayizni qirq kishi bolib yer.
4.Yetti o’lchab bir kes.
5.Bilagi zo’r birni yiqitar, bilimi zo’r mingni.
6.Oltovlon ola bo’lsa, og’zidan oldirar to’rtovlon tugal bo’lsa, tepadagin undirar.
7.Bir tub tok eksang, bir tub tol ek.
8.Ko’p og’iz bir bo’lsa, bir og’iz yengilar.
9.Bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom qil.
10.Birniki mingga mingniki tumanga.
11.Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
12.Bir ko’rgan tanish, ikki ko’rgan qarindosh.
13.Bir tomchi suv chumoliga ko’p ko’rinar.
14.Bir tariqdan bo’tqa bo’lmas.
15.Bir ko’z bilan yosh to’kib,bir ko’z bilan imo qil.
16.Bir kun burun eksang,bir hafta burun o’rasan.
17.Birni kessang, o’nni ek.
18.Bir yigitga,yetmish hunar oz.
19.Birdan ikki yaxshi,ikkidan uch.
20.Besh barmoq bir-biriga esh barmoq.
21.Bir dehqon omoch bilan,yettovlon cho’mich bilan.
22.Yettining biri hizr.
23.Yetimning haqqi yetti daryoni quritar.
24.Qizlik uyga qirq ot bog’lanar.
25.Bola yettiga kirguncha, yerdan yetti tayoq yeydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |