Dastlab Rim respublikasi, keyinroq Rim imperiyasi о‘sha zamon uchun muhim iqtisodiy omil bо‘lgan tanga zarb etish san’atini mukammal egallaganligi hozirgi kunda ham kishilarni hayratda qoldirmoqda
Dastlab Rim respublikasi, keyinroq Rim imperiyasi о‘sha zamon uchun muhim iqtisodiy omil bо‘lgan tanga zarb etish san’atini mukammal egallaganligi hozirgi kunda ham kishilarni hayratda qoldirmoqda.
Dastlab Rim respublikasi, keyinroq Rim imperiyasi о‘sha zamon uchun muhim iqtisodiy omil bо‘lgan tanga zarb etish san’atini mukammal egallaganligi hozirgi kunda ham kishilarni hayratda qoldirmoqda.
Apenin yarim orolining о‘rta qismida Tibr daryosi oqib о‘tadi. Bu daryo tog‘lardan boshlanib, tekislik bо‘ylab dengizga oqib о‘tadi. Tekislik orasida tepaliklar bо‘lib, qadim zamonda bu tekislik botqoqlik bо‘lib, tepaliklar esa yaproqli о‘rmon bilan qoplangan. Tekislikda lotinlar qabilasi yashagan. Tibr dengiziga quyiladigan joydan 25 kilometr narida, daryoning sо‘l qirg‘og‘idagi tepaliklarda kichkina Rim shaharchasi bunyodga kelgan. Rivoyatlarga kо‘ra, u eramizdan avvalgi VIII asr о‘rtalarida barpo qilingan. Rim va uning atrofida lotin, sabiyan va etrusk qabilalari yashaganlar. Bular birlashib Rim davlatiga asos solganlar. Bular Rimning eng qadimgi aholisi bо‘lib, ular patritsiylar deb atalgan. Patritsiylar (lotincha, «pater» о‘zbekchada ota degan sо‘zni bildiradi) ota – bobolari shaharga asos solganliklari bilan faxrlanib yurardilar. Patritsiylarning nufuzli oqsoqollardan «keksalar kengashi» tuzilgan bо‘lib, lotincha senat deb atalgan. Dastlab Rimni senat va podsho idora qilardi.
6. Qadimgi Rim tangalari. Mil. av. 510-509 yillarda Rimning mahalliy aholisi qо‘zg‘olon kо‘tarib, о‘z podsholarini jabr – zulmligi tufayli taxtdan ag‘darib, uni quvib yuborganlar. Rimda podsho boshqaradigan xokimiyat yо‘q qilingan. Uning о‘rniga respublika ma’lum muddatga saylab qо‘yiladigan kishilar idora qiladigan davlat barpo bо‘lgan. Rimda davlatning oliy xokimiyati xalq kengash – konsullar hisoblangan.
Rimliklar mil. av. 238 – yilda Karfagenning zaifligidan foydalanib, Sardiniya va Korsika orollarini bosib oladilar. Sulh muzokaralariga kо‘ra, Sardiniya 1mln.tonna kumush beradi. Shuningdek Karfagen va Sardiniya kumush konlarining chuqurligi 1kilometrgacha chuqurlikkacha yetib borgan. Rimning koloniyalarini bosib olishining kо‘p qismi Reyn bilan bog‘liq. 1886 yilgi «Gorniy jurnal» ida shunday yozilgan edi.«Reynning о‘ng qirg‘og‘ida rim tog‘ ishlarini Vogaza yaqinidagi Jiroman va Markirxada uchratish mumkin…». «Yuqori Elzasda 200 sajendan ortiq rim shaxtalari joylashgan…». «Prireyna viloyatida rimliklar Shvarsvaldeda kumush konlariga ega bо‘lgan». Bu hududlarning barchasi Yuliy Sezar bosib olgandan keyin Rimning Galliya provinsiyasiga tegishli edi. Shuning uchun ham Galliyada galliya kumushidan Yuliy Sezar tangasi zarb qilingan.