bozor munosabatlariga o‘tishning bosqich
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida iqtisodiyot va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga, isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloh etishni yanada chuqurlashtirish, investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yildi. Shu maqsaddan kelib chiqib, mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar quyidagi tartibda belgilandi:
davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
milliy valyuta – so‘mni yanada mustahkamlash;
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettirildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z asarlarida ta’kidlab o‘tganidek, mazkur bosqichda “erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir”1. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutdi:
iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish;
mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin egallashiga erishish;
mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini ta’minlash;
iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish.
Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko‘zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi.
Iqtisodiy islohotlar esa o‘z o‘rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog‘liqlikda amalga oshirib kelinmoqda.
Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o'quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko'nikma, malakalarni shakllantirish o'ziga hos ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy -tarbiya o'quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakliantirish, oila ho'jaligini yuritish,- mavjud moddiy boyliklarn; asrash, ko'paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to'g'ri tashkil etish va hokazolarni tashkil etish Ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo'lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiy tarbiya ta'lim muassasalarida'yo'lga qo'yilayotgan iqtisodiy bi'lim bilan chambarchas holda olib boriladi iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta'lim muassasasi va jamoatchilik o'rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: o'quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila ho'jaligini yuritish va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati, kichik va o'rta biznes, ijara, shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank operatsiyalari; byujdetni shakllantirish, daromad, bankrot, biznes reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish va ularni takomillashtirish; o'quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy boyliklarga nisbatan oqilbna munosabatni tarbiyalash;
ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko'nikma va malakalarini shakliantirish; ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;
o'quvchilarda tadbirkorlik fa'oliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish;
ular tomonidan tor doirada bo'lsada tadbirkorlik faoliyatining yo'lga qo'yilishiga erishish.
Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda treninglar, ishlab chiqarish ilg'orlari bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish korhonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish ko'nikmalarini shakllantiruvchi ishchanlik o'yinlari, o'quvchilarning ishlab chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beruvchi ko'rik-tanlovlar, ularning iqtisodiy tafakkurini o'stiruvchi iqtisodiy yo'nalishdagi konferentsiya, seminar va munozaralarni tashkil
dish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta'minlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Halqimizning yo'li - mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yo'lidir» nomli asarida quyidagilarni bayon etadi: «Bozor munosabatlariga o'tish davrida o'quvchilarga iqtisodiy bilimlarni, marketing, menejment, biznes sohasida bizning iqtisodiy rivoiianishimizda. bu tushunchalarnig mohiyati va roli borasida ko'proq bilim berishimiz maqsadga muvofiqdir», deya ta'kidlagan edi.
Iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan isiohotlarni samarali tashkil etish uning ilmiy asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasida Prezidenti I.A.Karimov asarlarida respublika iqtisodiy taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari, omillari hamda tamoyillari batafsil ko'rsatib o'tilgan.
XULOSA.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiya berishga katta e’tibor qaratilmoqda. Zero, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bo‘lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallsh zarur.
Bozor munosaba'tlarini shakllantirishning quyidagi tamoyillariga alohida tayanadi
Iqtisodiyotning har qanday siyofiy mafkuralardan ozod qilish asosida ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash.
Iqtisodjyotni, moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish -iqtisodiy islor ollarni amalga oshinshning muhim sharti.
3. Bozor iqtisodiyotiga o'tishda halqning tub manfaatlarini ko'zlnsh, davlatning iqtisodiy isiohotlarni amalga oshirish tashkilotchisi va etakchisi bo'lishi.
4. Pul siyosatini olib borishda mustaqil bo'lish, valyuta zahiralarini boyitish.
5. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda qonun ustuvorligiga erishish, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mchnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi.
6. Bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash.
7. Iqtisodiy islohotlarning bosqichma -bosqich, evolyutsion tarzda amalga oshirilishi.
Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta'lim muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, shuningdek, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, to'garaklar ko'rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu hunar yo'nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o'quvchilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |