Nozanin izzatovaning



Download 133,24 Kb.
bet1/11
Sana04.06.2022
Hajmi133,24 Kb.
#635532
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tavakkalni baholash va uni pasaytirish yo‘llari


O’zbekiston Respublikasi
oliy va O’rta maxsus ta`lim vazirligi

buxoro Davlat universiteti



SIRTQI 3-3 iqtim 21 GURUH
Talabasi
NOZANIN IZZATOVANING

Mikroiqtisodiyot



FANIDAN



Tavakkalni baholash va uni pasaytirish yo‘llari


Reja:
KIRISH


Tavakkalchilik va uning iqtisoddagi ahamiyati.
1.1. Iqtisodda noaniqlik, noaniqlik sharoitida iqtisodchi tanlovi.
1.2.Tavakkalchilikni baholash va o’lchash
1.3. Tavakkalchilikka bo’lgan munosabat
O’zbekistonda tavakkalchilik
2.1. O’zbekistonda tavakkalchilikni pasaytirish chora tadbirlari.
2.2. Iqtisodiy qaror qabul qilishda tavakkalchilikni kamaytirish omillari.
2.3. Tavakkalchiliklarni qo’shish va taqsimlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlat ro’yxati


KIRISH
Iqtisodda qaror qabul qilishda noaniqlik va tavakkalchilikni ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, avvalo noaniqlik va tavakkalchilikni kundalik hayotdagi ahamiyatiga qarashimiz kerak. Avvalambor shuni aytish lozimki hayotdagi har bir hodisa bir o’zgacha jumboq, noaniqlikni o’zida mujassamlantiradi. Hamma narsa ham aniq bo’lavermaydi. Bunday paytlarda bir qarorga kelish, bizga eng yaxshi yo’lni tanlash masalasi oldimizda turadi. Bu holatda nazariya va amaliyotga tayangan holda tavakkal qilinadi. Biz mazkur ishda iqtisoddagi tavakkalning o’rni haqida gapirib o’tamiz.
Bilamizki iqtisoddagi barcha ko’rsatkichlar (narx, iste’molchi daromadi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniq berilgan bo’lmaydi. Bunday paytda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog’liq. Ma’lumki, to’g’ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to’liq axborot bo’lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni iqtisodchi malum bir miqdorda o’z daromadini yo’qotadi. Ushbu yo’qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Hayotda shunday vaziyatlar bo’ladiki noaniqlik (tavakkal) darajasini tanlashimizga to’g’ri keladi. Masalan, biz malum miqdorda pul yig’dik. Bu jamg’arilgan pulni nimaga sarflasak bo’ladi? Nima qilsak bu pul bizga yuqori daromad keltiradi? Shu pulni bank hisob varag’i kabi biron-bir xavfsizroq joyga qo’ygan ma’qulmi yoki xavfi kattaroq bo’lsada, fond birjasi kabi daromadi yuqoriroq joyga qo’yish ma’qulmi? Yana boshqa bir misol ish yoki lavozimni tanlash masalasi bo’lishi mumkin. Yirik, barqaror, ish bilan ta’minlanish ishonchli bo’lgan, lekin xizmat vazifasi bo’yicha ko’tarilish cheklangan kompaniyada ishlash yaxshimi yoki o’sish uchun imkoniyatlari katta, ammo bandlik kafolatlari past bo’lgan yangi korxonaga ishlash ma’qulmi?
Bulardan ko’rinib turibtiki daromadi kata bo’lgan yani naflilik darajasi yuqori bo’lgan yo’llarda tavakkalchilik ham kata bo’ladi. Qanchalik katta tavakkalchilikka qo’l ursak shuncha katta daromad keltiradi yoki aksincha. Lekin doim ham katta risk yuqori darajada daromad keltiradi degani emas. Iqtisodchi bunday paytda hamma mablag’ini yo’qotib qo’yishi ham mumkin. Shu sababli ham ba’zi tadbirkorlar kam daromad bo’lsa ham tavakalchilikdan qochib kafolatlangan natijali ishga mablag’larini sarflashadi.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo’qotish) darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko’rishga imkon beradi.
Iqtisodda tavakkal taxlil qilish jarayonida o`zbek olimlaridan G`ulomov va Egamberdiyev muallifligidagi kitoblar katta yordam berdi. Bu mavzuning dolzarbligi shundaki har bir tadbirkor faoliyatidagi noaniqlik (tavakkal) ning miqdorini bilish bilan oldini olish yoki bu yo’qotishlarni kamaytirish va bu holat jamiyat uchun zarar keltirmasligi kerakligidir. Kurs ishini yozishdan maqsadlar:

  • Tadbirkorlarning noaniqlik sharoitidagi faoliyatini tahlil qilish

  • Tavakkalchilikni kamaytiruvchi omillarni o’rganish.

  • Tadbirkorlarning tavakkalchilikka bo’lgan munosabatlarini o’rganish.

Bu xususida O’zbekistonda olib borilayotgan chora tadbirlar va bularni insonlar hayotidagi muhim rolini tahlil qilishdan iborat.

Download 133,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish