Fakultet dekani ____________ Mislibayev I.T.
(imzo)
Ushbu uslubiy qo’llanma Navoiy davlat konchilik instituti o’quv-uslubiy Kengashining “_____” ____________ 2020 yildagi _____ son yig’ilishida muhokama qilindi va tasdiqlandi.
O’quv-uslubiy kengash kotibasi _____________ Normatova M.J.
(imzo)
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i _____________ Karimov I.A.
(imzo)
© Navoiy davlat konchilik instituti, 2020 yil
So’z boshi
Insoniyat rivojlanish davrining ilk qadamlaridanoq o‘ziga kerakli maxsulot va materiallarni tevarak-atrofdan qidirgan va qazib chiqarib kundalik hayotiga kerakli bo‘lgan qurol-yarog‘, uy anjomlarini yasagan, shu tariqa insoniyat faoliyatida konchilik sa’noati shakillanib borgan, bu esa kon ishlarini qadimiyligi va ko‘p asrli tarixga ega ekanligidan dalolat beradi.
Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi bevosita konchilik sanoatining rivojlanishi bilan ham bog‘liqdir. O‘zbekiston Respubikasida mustaqillikka erishilgandan so‘ng yangi foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator qaror va dasturlar qabul qilindi. Mineral xom-ashyolarning 70 % ga yaqini qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan tabiiy boyliklarga to‘g‘ri keladi. Statistik ma’lumotlar bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarda xar bir kishiga bir yilda 20 tonnaga yaqin mineral xom-ashyo qazib olinadi. Shundan 8 – 10 tonnnasi qurulish materiallari, 1,5 tonnasi ko‘mir, 0,5 tonnasi metall va boshqa foydali qazilmalar.
Karyerlarning chuqurligi ortib ketganda va kon ishlarini olib borishda qiyin geologik va gidrogeologik sharoitlarga bog‘liq ravishda foydali qazilmalar yer osti usulida qazib olinadi. Tog‘ jinsi massivi kuchlanganlik holati va kon bosimining o‘zgaruvchanligi pog‘onalarda, karyer bortlarida va yer osti lahimlarida deformatsiya jarayonlarining ko‘proq vujudga kelishiga olib keladi. Shuning uchun yer va yer osti boyliklarini himoya qilish va ulardan muvofiq ilmiy asoslangan tarzda foydalanish, yuqori ishlab chiqarish manfaatlarida ishlarni olib borish xavfsizligi choralarini ko‘rish lozim. Bularni faqatgina konchilik ishida ilmiy-texnik rivojlanishni jadallashtirish asosida amalga oshirish mumkin. Chunki barcha vazifalarga javob berish uchn ilmiy texnologik rivojlanishni jadallashtitrish, bog‘liq ravishda mutaxassislarni tayyorlash va ko‘paytirish lozim.
Kon qazib chiqarish ishlarining kundan-kunga yer qa’riga chuqurlashib borishi, kon ishlari hajmi ortishiga va yer ostida ish olib borish xavfi ortishiga olib kelmoqda.
Kon sharoitining noqulayligi, yer qarida hanuzgacha konchilarga ko‘plab mushkulliklar va kutilmagan xavfli hodisalarga duch kelishiga, shaxta va rudniklarda halokatlar va qurbonlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Foydali qazilmalarni qazib olishda yuz beradigan baxtsiz hodisalar, xavfli vaziyatlarni oldini olishning birgina yo‘li, kon ishlarini olib borish va qazish ishlari jarayonlari haqidagi asosiy qoidalar va usullar, ularni amalga oshirishning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash haqida kuchli bilimga ega bo‘lish va uni amalga tadbiq eta olishdir.
Aynan shu maqsadga ko‘ra “Geomexanika” konchilik sanoatida ish olib borish davomida tog‘ jinslari massividagi mexanik jarayonlarni o‘rganadi.
“Geomexanika” fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
Kurs ishida talabalar fan doirasida egallagan nazariy va amaliy bilim ko’nikmalari, hamda bajarilgan tajriba mashg’ulotlari natijalariga asoslangan holda berilgan topshiriqlar bo’yicha mustaqil tarzda hisoblash ishlarini olib boradilar. Kurs ishini bajarish geomexanika fanini o‘qitilishning yakuniy qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |