(imzo)
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i
Karimov I.A.
(imzo)
© Navoiy davlat konchilik instituti, 2020 yil
2
So’z boshi
Insoniyat rivojlanish davrining ilk qadamlaridanoq o‘ziga kerakli maxsulot va materiallarni tevarak-atrofdan qidirgan va qazib chiqarib kundalik hayotiga kerakli bo‘lgan qurol-yarog‘, uy anjomlarini yasagan, shu tariqa insoniyat faoliyatida konchilik sa’noati shakillanib borgan, bu esa kon ishlarini qadimiyligi va ko‘p asrli tarixga ega ekanligidan dalolat beradi.
Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi bevosita konchilik sanoatining rivojlanishi bilan ham bog‘liqdir. O‘zbekiston Respubikasida mustaqillikka erishilgandan so‘ng yangi foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator qaror va dasturlar qabul qilindi. Mineral xom- ashyolarning 70 % ga yaqini qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan tabiiy boyliklarga to‘g‘ri keladi. Statistik ma’lumotlar bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarda xar bir kishiga bir yilda 20 tonnaga yaqin mineral xom-ashyo qazib olinadi. Shundan 8 - 10 tonnnasi qurulish materiallari, 1,5 tonnasi ko‘mir, 0,5 tonnasi metall va boshqa foydali qazilmalar.
Karyerlarning chuqurligi ortib ketganda va kon ishlarini olib borishda qiyin geologik va gidrogeologik sharoitlarga bog‘liq ravishda foydali qazilmalar yer osti usulida qazib olinadi. Tog‘ jinsi massivi kuchlanganlik holati va kon bosimining o‘zgaruvchanligi pog‘onalarda, karyer bortlarida va yer osti lahimlarida deformatsiya jarayonlarining ko‘proq vujudga kelishiga olib keladi. Shuning uchun yer va yer osti boyliklarini himoya qilish va ulardan muvofiq ilmiy asoslangan tarzda foydalanish, yuqori ishlab chiqarish manfaatlarida ishlarni olib borish xavfsizligi choralarini ko‘rish lozim. Bularni faqatgina konchilik ishida ilmiy-texnik rivojlanishni jadallashtirish asosida amalga oshirish mumkin. Chunki barcha vazifalarga javob berish uchn ilmiy texnologik rivojlanishni jadallashtitrish, bog‘liq ravishda mutaxassislarni tayyorlash va ko‘paytirish lozim.
Kon qazib chiqarish ishlarining kundan-kunga yer qa’riga chuqurlashib borishi, kon ishlari hajmi ortishiga va yer ostida ish olib borish xavfi ortishiga olib kelmoqda.
3
Kon sharoitining noqulayligi, yer qarida hanuzgacha konchilarga ko‘plab mushkulliklar va kutilmagan xavfli hodisalarga duch kelishiga, shaxta va rudniklarda halokatlar va qurbonlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Foydali qazilmalarni qazib olishda yuz beradigan baxtsiz hodisalar, xavfli vaziyatlarni oldini olishning birgina yo‘li, kon ishlarini olib borish va qazish ishlari jarayonlari haqidagi asosiy qoidalar va usullar, ularni amalga oshirishning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash haqida kuchli bilimga ega bo‘lish va uni amalga tadbiq eta olishdir.
Aynan shu maqsadga ko‘ra “Geomexanika” konchilik sanoatida ish olib borish davomida tog‘ jinslari massividagi mexanik jarayonlarni o‘rganadi.
4
Geomexanika” fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
Kurs ishida talabalar fan doirasida egallagan nazariy va amaliy bilim ko’nikmalari, hamda bajarilgan tajriba mashg’ulotlari natijalariga asoslangan holda berilgan topshiriqlar bo’yicha mustaqil tarzda hisoblash ishlarini olib boradilar. Kurs ishini bajarish geomexanika fanini o‘qitilishning yakuniy qismini tashkil etadi.
Kurs ishining maqsadi
talabalarning geomexanika fani bo‘yicha o‘rganilgan nazariy va amaliy bilim ko’nikmalarini mustaxkamlash;
foydali qazilma konlarini qazib olish sharoitlari uchun muhandislik masalalarining yechimini topishida talabalarning egallangan nazariy bilimlarini mustaqil tarzda qo‘llay olishi uchun ko’nikmalar hosil qilish;
kurs ishi bajarish asosida talabalarda tog’ jinsi massivi va ma’dan tanalarining umumiy og’irligini aniqlash, tog’ jinslarining mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash, ularning mustahkamlik pasportini tuzish, qiyaliklar muvozanatini ta’minlash, kon bosimini hisoblash, shu asnoda tog’ jinslari massivining kuchlanish- deformatsiyalanish holatlarini baholash ko’nikmalari hosil qilinadi.
Kurs ishini bajarish tartibi
Talaba kurs ishini bajarish bo‘yicha (1-ilova asosida) mustaqil topshiriq olgandan so‘ng, topshiriqni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqadi va kurs ishini bajarish uchun zarur bo‘ladigan boshlang‘ich ma’lumotlarni to’playdi.
Boshlang‘ich geologik va kon-texnologik shart-sharoitdan kelib chiqib, talaba kurs ishining asosiy bo‘limi masalalarining muhandislik yechimini topish tizimini asoslaydi. Kurs ishining bajarilishi, topshirilgan masala yechimining aniqligi kurs ishi rahbari tomonidan doimiy nazoratga olib boriladi va bajarilgan ishni himoya qilishga xulosa beriladi.
5
Talaba tartib bo‘yicha kurs ishi bo‘limlarini hisoblash ishlarini bajarishga kirishadi. Kurs ishini bajarish davomida talaba kurs ishi rahbaridan maslahat olishini jadvalda ko‘rsatilgan reja asosida olib boradi (2-ilova).
Bajarilgan kurs ishi himoyadan qilishdan oldin muhokama qilish uchun kafedraga topshiriladi. Muhokama qaroriga asosan himoyaga tavsiya etilgan ishlargina himoya qilishga ruxsat etiladi.
Kurs ishini himoya qilish belgilangan “Baholash mezoni” asosida baholanadi va himoya qilingan kurs ishi kafedrada o‘rnatilgan tartibda saqlanadi.
Kurs ishini rasmiylashtirish
Kurs ishining muqovasi belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi (3-ilova). Ishning yozma hisoblash tushintirish qismi matni 20 - 30 sahifa atrofida bo'lib, bajarilgan ishlar talabiga ko‘ra A3 formatda chizma taqdim etiladi. Kurs ishining yozma hisoblash tushintirish matni aniq va tushunarli holda A4 (210x297 mm) formatli qog’ozga (ko’k siyohli ruchkada) qo’l yozma holatida yoziladi yoki kompyuterda elektron ko’rinishda terilib bosmadan chiqariladi (4-ilova). Kurs ishini bajarishda foydalaniladigan varoq chetlarida quyidagi kenglikda bo‘shliq qoldiriladi:
chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, tepadan 20 mm, pastdan 20 mm. Varoqlar past bo‘shliqdan tartiblanadi.
Kurs ishining bo‘limlari katta shrift harflar bilan ajratilib yoziladi. Kafedra yig’ilishida muhokama qilingan va himoytaga tavsiya etilgan kurs ishlari matni muqovalanadi va himoya qilishga ruxsat beriladi.
Kurs ishining yozma hisoblash tushuntirish matni oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tartibi keltiriladi.
6
KIRISH
Tog‘jinslari tabiiy holatda mavjud bo‘lgan ikkita kuch maydoni ta’siri ostida uchraydi: gravitatsion va tektonik kuchlar maydoni. Gravitatsion maydon tog‘ jinsining o‘z og‘irligi ta’siri natijasida yuzaga keladi. Tektonik maydon esa yer qatlamlarining qadimdan yoki hozirgi kundagi harakati (siljishi) ta’sirida yuzaga keladi.
Ochiq kon lahimlari (karyerlar) ni qoplovchi kon massiviga qazib olish va ag‘darmalar hosil qilish ntijasida tog‘ jinslari massasini qayta taqsimlash, jixozlar va muhandislik qurilmalarining massivga qo‘shimcha yuklamalar berishi, texnologik portlatish ishlarida seysmik ta’sirlar va boshqalar jarayonida qo‘shimcha ta’sir kuchlari vujudga keladi. Massiv hududida o‘rganilayotgan bu tashqi kuchlar hajmiy va yuzaki kuchlar bo‘lishi mumkin. Ichki kuchlar esa alohida massivning orasida tashkil topgan ta’sir kuchlaridan iborat. Kattalik va yo‘nalishlarga ega bo‘lgan bu ichki kuchlar kuchlanish deb yuritiladi.
Ko‘ndalang kesim yuzasi S ga blok o‘qi bo‘ylab yo‘naltirilgan ta’sir etuvchi kuch R orqali tog‘ jinsi elementar blokida yuzaga keladigan kuchlanishni ko‘rib chiqamiz (1-rasm).
1-rasm. Bir o‘q bo‘ylab siqish orqali tog‘ jinslari elementar blokidagi kuchlanish.
Blok yuzasidagi va har kanday ko'ndalang kesim yuzadagi kuchlanish CT = P ga
teng. Boshqa har qanday blok o'qiga nisbatan ^ burchak ostida joylashgan S yuzali bloklarda ko‘ndalang kesim yuzasi ortishi bilan kuchlanish kamayadi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |