Kurs ishining maqsadi
- talabalarning geomexanika fani bo‘yicha o‘rganilgan nazariy va amaliy bilim ko’nikmalarini mustaxkamlash;
- foydali qazilma konlarini qazib olish sharoitlari uchun muhandislik masalalarining yechimini topishida talabalarning egallangan nazariy bilimlarini mustaqil tarzda qo‘llay olishi uchun ko’nikmalar hosil qilish;
- kurs ishi bajarish asosida talabalarda tog’ jinsi massivi va ma’dan tanalarining umumiy og’irligini aniqlash, tog’ jinslarining mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash, ularning mustahkamlik pasportini tuzish, qiyaliklar muvozanatini ta’minlash, kon bosimini hisoblash, shu asnoda tog’ jinslari massivining kuchlanish-deformatsiyalanish holatlarini baholash ko’nikmalari hosil qilinadi.
Kurs ishini bajarish tartibi
Talaba kurs ishini bajarish bo‘yicha (1-ilova asosida) mustaqil topshiriq olgandan so‘ng, topshiriqni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqadi va kurs ishini bajarish uchun zarur bo‘ladigan boshlang‘ich ma’lumotlarni to’playdi.
Boshlang‘ich geologik va kon-texnologik shart-sharoitdan kelib chiqib, talaba kurs ishining asosiy bo‘limi masalalarining muhandislik yechimini topish tizimini asoslaydi. Kurs ishining bajarilishi, topshirilgan masala yechimining aniqligi kurs ishi rahbari tomonidan doimiy nazoratga olib boriladi va bajarilgan ishni himoya qilishga xulosa beriladi.
Talaba tartib bo‘yicha kurs ishi bo‘limlarini hisoblash ishlarini bajarishga kirishadi. Kurs ishini bajarish davomida talaba kurs ishi rahbaridan maslahat olishini jadvalda ko‘rsatilgan reja asosida olib boradi (2-ilova).
Bajarilgan kurs ishi himoyadan qilishdan oldin muhokama qilish uchun kafedraga topshiriladi. Muhokama qaroriga asosan himoyaga tavsiya etilgan ishlargina himoya qilishga ruxsat etiladi.
Kurs ishini himoya qilish belgilangan “Baholash mezoni” asosida baholanadi va himoya qilingan kurs ishi kafedrada o‘rnatilgan tartibda saqlanadi.
Kurs ishini rasmiylashtirish
Kurs ishining muqovasi belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi (3-ilova). Ishning yozma hisoblash tushintirish qismi matni 20 – 30 sahifa atrofida bo’lib, bajarilgan ishlar talabiga ko‘ra A3 formatda chizma taqdim etiladi. Kurs ishining yozma hisoblash tushintirish matni aniq va tushunarli holda А4 (210х297 мм) formatli qog’ozga (ko’k siyohli ruchkada) qo’l yozma holatida yoziladi yoki kompyuterda elektron ko’rinishda terilib bosmadan chiqariladi (4-ilova). Kurs ishini bajarishda foydalaniladigan varoq chetlarida quyidagi kenglikda bo‘shliq qoldiriladi:
- chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, tepadan 20 mm, pastdan 20 mm. Varoqlar past bo‘shliqdan tartiblanadi.
Kurs ishining bo‘limlari katta shrift harflar bilan ajratilib yoziladi. Kafedra yig’ilishida muhokama qilingan va himoytaga tavsiya etilgan kurs ishlari matni muqovalanadi va himoya qilishga ruxsat beriladi.
Kurs ishining yozma hisoblash tushuntirish matni oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tartibi keltiriladi.
KIRISH
Tog‘jinslari tabiiy holatda mavjud bo‘lgan ikkita kuch maydoni ta’siri ostida uchraydi: gravitatsion va tektonik kuchlar maydoni. Gravitatsion maydon tog‘ jinsining o‘z og‘irligi ta’siri natijasida yuzaga keladi. Tektonik maydon esa yer qatlamlarining qadimdan yoki hozirgi kundagi harakati (siljishi) ta’sirida yuzaga keladi.
Ochiq kon lahimlari (karyerlar) ni qoplovchi kon massiviga qazib olish va ag‘darmalar hosil qilish ntijasida tog‘ jinslari massasini qayta taqsimlash, jixozlar va muhandislik qurilmalarining massivga qo‘shimcha yuklamalar berishi, texnologik portlatish ishlarida seysmik ta’sirlar va boshqalar jarayonida qo‘shimcha ta’sir kuchlari vujudga keladi. Massiv hududida o‘rganilayotgan bu tashqi kuchlar hajmiy va yuzaki kuchlar bo‘lishi mumkin. Ichki kuchlar esa alohida massivning orasida tashkil topgan ta’sir kuchlaridan iborat. Kattalik va yo‘nalishlarga ega bo‘lgan bu ichki kuchlar kuchlanish deb yuritiladi.
Ko‘ndalang kesim yuzasi S ga blok o‘qi bo‘ylab yo‘naltirilgan ta’sir etuvchi kuch R orqali tog‘ jinsi elementar blokida yuzaga keladigan kuchlanishni ko‘rib chiqamiz (1-rasm).
R
S
R
1-rasm. Bir o‘q bo‘ylab siqish orqali tog‘ jinslari elementar blokidagi kuchlanish.
Blok yuzasidagi va har kanday ko‘ndalang kesim yuzadagi kuchlanish ga teng. Boshqa har qanday blok o‘qiga nisbatan burchak ostida joylashgan S yuzali bloklarda ko‘ndalang kesim yuzasi ortishi bilan kuchlanish kamayadi.
kuchlanish ikkiga ya’ni tabiiy (normal) va urunma kuchlanishlarga bo‘linadi.
Unda
Tog‘ jinsi massivi kuchlanganlik holati quyidagi uch turga bo‘linadi (2-rasm): chiziqli, tekis va ko‘lamli (hajmli).
2-rasm. Kuchlanganlik holati turlari: a – chiziqli; b – tekis; v – ko‘lamli.
Chiziqli kuchlanganlik holatida massivning elementar blokiga bitta vertikal o‘q bo‘ylab kuch ta’sir etadi. Berilgan sharoitda bu kuchlar ta’siri ostida maydonga perpendikulyar yo‘naltirilgan ta’sir kuchi eng katta tabiiy kuchlanishlarni sodir etadi. Har qanday nuqtada faqat bitta shunday maydon aniqlanishi mumkin. Bu maydonda urinma kuchlanishlar bo‘ladi.
Elementar bloklarda tekis kuchlanish holati agar kuchlar ikkita o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlar bo‘yicha ta’sir etsa vujudga keladi. Bu holatda blokdan o‘tkazilgan har bir nuqtada ikkita maydon hosil bo‘lishi mumkin. Bunda σ1 va σ2 eng katta τ1 va τ2 esa mos ravishda 0 ga teng bo‘ladi. Ko‘lamli kuchlanishlar holatida bunday yuzalar uchta bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan maydonlarning kuchlanishlar nazariyasi bo‘yicha tabiiy kuchlanishlar eng katta, urinma kuchlanishlar esa 0 ga teng bo‘ladi. Tabiiy kuchlanishlar σ1 va asosiy kuchlanishlar σ2 va σ3 tutashgan maydon asosiy maydon deyiladi. Chiziqli kuchlanish holatlarida , ; tekis kuchlanish holatlarida , ; ko‘lamli kuchlanish holatlarida esa tengsizlik bo‘ladi.
Tog‘ jinslari elementar bloklarida kon ishlarining o’pirilishi oqibatida massiv asosiy kuchlanishlar (σ1, σ2, va σ3) ta’siri ostida ko‘lamli kuchlanish holatida bo‘ladi. Agar elementar blok er qa’rining bir qancha metr chuqurligida joylashgan bo‘lsa, unda uning gorizontal yuzasida tog‘ jinsi zichligi ρ (kg/m), og‘irlik kuchining tezlashishi g (m/sm) va chuqurlik h (m) ga bog‘liq ravishda vertikal kuchlanish σ1 sodir bo‘ladi.
bu yerda tog‘ jinsining tabiiy solishtirma og‘irligi, N/m.
Eng katta kuchlanish ta’siri ostida elementar kubik shakldagi blokga o‘zaro ikkita perpendikulyar yuza bo‘ylab yonlama σ1 va σ2 qarshilik kuchlanishlari ta’sir ko‘rsatadi.
1000 m chuqurlikgacha bo‘lgan bir turdagi mustahkam tog‘ jinslarida gorizontal σ2 va σ3 kuchlanishlar kattaligi o‘zaro teng bo‘ladi. Bu kuchlanishlar YUnga moduli, Puasson koeffitsienti va eng katta kuchlanish σ1 larga bog‘liq bo‘ladi.
bo‘lganda keltirilgan ko‘rsatkichlar Guk qonuniga asosan quyidagicha bog‘langan.
Bu yerda e1, e2, e3 – asosiy kuchlanishlarning ta’sir yo‘nalishlari bo‘yicha nisbiy deformatsiyalarning ko‘rsatkichlari.
Shuningdek va bo‘lsa, unda
Do'stlaringiz bilan baham: |