II. Karyer yon devorining turg’unlik darajasini kuchlarning algebraik yig‘indisi orqali aniqlash
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnologik ishlarini olib borishda karyer yon devorlari, karyerning ishchi va yordamchi pog‘onalari turg’unligini ta’minlash ishlari, kon qazib chiqarish ishlarining kundan-kunga rivojlanishi va qazib chiqarish maxsulotlariga bo‘lgan extyojning oshishi, yer yuziga yaqin bo‘lgan konlarda ish maydonining qisqarishi, kon ishlarining yer qa’riga nisbatan chuqurlashib borishiga, kon ishlari hajmining ortishiga va ochiq usulda ish olib borish sharoitining qiyinlashishiga va karyer yon devorlari, ishchi va yordamchi pog‘onalarining turg’unligi yo‘qotishining xavfili ko‘rinishlari sodir bo‘lishiga olib keladi. Kon sharoitining noqulayligi, yer qa’rida hanuzgacha foydali qazilma boyliklarini qazib chiqaruvchi kon ishchilari ko‘plab qiyinchiliklarga va kutilmagan geomexanik jarayon va hodisalarga duch kelishiga, sabab bo‘lmoqda. Ochiq kon ishlarida pog‘onalarning turg’unlik darajasini aniqlashning bir necha uslublari mavjud, ular:
– Pog‘onaning silindrik sirt bo‘yicha siljishi uslubi;
– Bir jinsli pog‘ona turg’unligini aniqlashning VNIMI uslubi;
– Kuchlarni agebraik yig‘indisi uslubi;
– Karyer pog‘onalari turg’unligini aniqlash va boshqa uslublar.
Karyer pag‘onalari turg’unligini muhandislik hisoblash ishlari, asosan karyer pag‘onalari sirpanishi egri sirt chizig‘i bo‘yicha, ta’sir etayotgan kuchlarning algebraik yig‘indisi uslubini tadbiq etish orqali bajariladi. Karyer pag‘onalarining turg’unlik darajasi koeffitsiyentini aniqlash uchun karyer chuqurligi – H, karyer yon devori qiyalik burchagi – β, tog‘ jinsining ichki ishqalanish burchagi – , tog‘ jinsining hajmiy og‘irligi – γ, tog‘ jinsining solishtirma og‘irligi – γsol, tog‘ jinsi zarrachalari tortishish kuchi – K qiymatlaridan foydalanib, o’pirilishi mumkin bo‘lgan prizma tuziladi.
Hisoblash uchun boshlang‘ich qiymatlar varianti 2.1-jadval bo‘yicha talabalarga tarqatiladi.
2.1-jadval
1. Gorizontal yuzaga nisbatan siljish yoyi chizig‘ining quyi qismi qiyalik burchagi
(2.1)
bu yerda, β0 – siljish yoyi chizig‘ining quyi qismi qiyalik burchagi, grad.
φ – tog‘ jinsining ichki ishqalanish burchagi, grad.
β – karyer yon devori qiyalik burchagi, grad.
2. Gorizontal yuzaga nisbatan siljish yoyi chizig‘ining yuqori qismi qiyalik burchagi
(2.2)
bu yerda, βD – siljish yoyi chizig‘ining yuqori qismi qiyalik burchagi, grad.
3. Pog‘onaning yuqori qismidagi o’pirilish prizmasining balandligi
(2.3)
bu yerda, K – tog‘ jinsi zarrachalari tortishish kuchi, МPа.
γ – tog‘ jinsining hajmiy og‘irligi, gr/cm3.
4. Tog‘ jinsining hajmiy og‘irligi:
γ = γsol/g, kN/m3; g = 9,81 ≈ 10 m/sеk2
5. Pog‘onada o’pirilish prizmasi yuqori qismining kengligi:
(2.4)
bu yerda a – o’pirilish prizmasi yuqori qismining kengligi, m.
H – karyerning chuqirligi, m.
H90 – o’pirilish prizmasi balandligi, m.
6. Aniqlangan siljish (β0) burchagini, o’pirilish prizmasining siljish (βD) burchagi, o’pirilish prizmasining (Н90) balandligi, o’pirilish prizmasining yuqori qismi kengligi qiymati (a) natijalari va topshiriq bo‘yicha berilgan yon devor balandligi (H), yon devor yotish burchagi (β) qiymatlariga asoslangan holda karyer yon devorining o’pirilishi mumkin bo‘lgan silindrik sirt chizmasi millimetr qog‘ozida 1:2000 masshtabda 8 blokka bo‘lingan holda chiziladi. Unga ko‘ra pag‘ona sirpanish egri chizig‘i sirtida hosil bo‘luvchi kuchlar ikki tizimga bo‘linadi, 5-rasmda keltirilgan tarzda, ya’ni pag‘onani ushlab turuvchi va siljituvchi kuchlarga bo‘linadi. Ushlab turuvchi va siljituvchi kuchlardan olinadigan (yoyga normal va urunma tarzda ta’sir etayotgan) S nuqtaga nisbatan moment qiymatini aniqlash uchun pag‘ona sirpanish sirti, o’pirilish prizmalariga bo‘linadi. Bo‘lingan prizmalar o‘lchamlari va ko‘rsatgichlari ( lar) va S nuqtaga nisbatan ushlab turuvchi (My) va sirpantiruvchi (Ms) kuchlar moment qiymatlari quydagi ifoda orqali aniqlanadi (6-rasm).
C
, (2.5)
bu yerda: R – sirpanish yoyi radiusi;
Qi – i chi blok og‘irligi;
γ – t og‘ jinsi hajm og‘irligi.
φ – tog‘ jinsi ichki ishqalanish burchagi, grad;
βi – gorizontga nisbatan chi blokning urunma burchagi, grad;
K – tog‘ jinsi tortishish kuchi, MPa;
L – sirpanish chizig‘i uzunligi, m.
li – i chi blok sirpanish sirti uzunligi, m.
Si – i chi blok yuzasi. m2.
hi – i chi blokning o‘ng (keyingi) tamoni balandligi, m.
hi-1 – i chi blokning chap (oldigi) tamoni balandligi, m.
di – i chi blok kengligi, m.
Tashqi kuchlarning ushlab turuvchi va siljituvchi momentlari chegaraviy muvozanatida My=Ms o‘zaro teng bo‘ladi va tenglama moment radiusi (R) бўйича qisqartirilganda quydagi ko‘rinishga ega bo‘ladi Fy=Fs, ya’ni bunda Fy va Fs pag‘ona sirpanish yoyi sirtidagi ushlab turuvchi va siljituvchi kuchlar yig‘indisini ifodalaydi va quydagi ifodaga teng bo‘ladi:
(2.6)
Amalda bu tenglamani tenglik ko‘rinishida emas, balki nisbat ko‘rinishida ifodalanadi:
(2.7)
ya’ni bunda n – karyerning turg’unlik darajasi koefitsiyentini bildiradi.
Agar massiv bir hil tog‘ jinslaridan tashkil topgan bo‘lsa, karyerning turg’unlik darajasi koefitsiyentini quydagicha aniqlash mumkin
(2.8)
Bloklarning hisoblash natijalarini jadval tarzida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |