Kalit so‘zlar:
iqtisod va soliq alifbosi, iqtisodiy o‘yin.
o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son “umumiy o‘rta
ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori bilan tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining davlat
ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari asosida ta’lim-tarbiya berishda o‘quvchilarni tejamkorlikka
o‘rgatish, tabiiy boyliklarni puxta o‘rganish va ularni muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor
qaratish lozim.
- shunga ko‘ra umumta’lim maktablari o‘quvchilarining aynan o‘zi yashab turgan muhitni
muhofaza qilish va tabiiy boyliklarni asrab-avaylashga o‘rgatish maqsadida suv, gaz va elektr
energiyani tejab ishlatishga o‘rgatish mashg‘ulotlari dasturi ishlandi.
- dasturni tayyorlashda tabiiy boyliklarning kundalik hayotdagi o‘rni va ko‘lamini izchillikda,
soddadan murakkabga tomon o‘rganish maqsadida suv mavzusini boshlang‘ich sinflarda kengroq,
umumta’lim o‘quv predmetlaridan olingan bilimlar bilan uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash
maqsadida gaz va elektr energiya mavzularini o‘rganishga e’tibor berildi.
Bunda suv, gaz, elektr energiyani ishlatishda tejamkorlikka o‘rgatish bilan birga, uzluksizlikni
ta’minlash asosida umumta’lim fanlaridan olingan bilimlar mustahkamlanib, modda, moddaning
tuzilishi va xossalari, moddalarning olinishi, eng muhim tushunchalar va qonunlar, nazariyalar,
ishlab chiqarishning texnologiyalari, respublikamizda sanoatning erishgan yutuqlari, tabiat va
jamiyatga ishlab chiqarishning ta’siri haqidagi bilimlarni berishga va amaliy malakalar hosil
qilishga qaratiladi.
“iqtisod va soliq alifbosi” o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlar dasturida har bir mavzuning
fanlar bo‘yicha (ona tili, o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, matematika va h.k.) aynan
qaysi mavzularini o‘tishda yoki tarbiyaviy soatlarda singdirib o‘rganilishi ko‘rsatildi.
Bu mashg‘ulotlari o‘tishda iqtisodiy o‘yinlardan foydalanish yanada dars samaradorligini
oshirish imkonini beradi. quyida o‘yin namunalrini keltirib o‘tamiz.
“Xalqaro savdo imitatsiyasi “ o‘yini.
ishtirokchilar berilgan materiallar (cheklangan tarzda qog‘oz, qalam, plastilin, mato, shar,
qaychi, skoch..) va topshiriq asosida guruhlar o‘zlarini bir mamlakat deb his qilib, har bir
mamlakat a’zolari sifatida mahsulotlar yaratadilar.
ular yaratgan mahsulotlar tahlil etiladi. yaratilgan mahsulotlar rangi, hajmi, “mamlakat”
iqtisodiyotida zarurligi darajasi tahlil etiladi.Taqdimotdan so‘ng kamchilik va xatolar ko‘rsatilib
o‘zaro tovar ayriboshlash zarurligi uqtiriladi.
Xalqaro savdo
Xalqaro savdo
imitatsiyasi
imitatsiyasi
“
“
o`yini.
o`yini.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |