Ayni paytda axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga,
yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga,
aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
SH.M.MIRZIYOYEV
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda o‘zbekiston respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi asosida barcha
soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu
qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning
ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona vatani va
xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos
ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. shu
jumladan, bugungi kunda “umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-
bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi vazirlar
mahkamasining qarorini tasdiqlanishi xalq ta’lim tizimida olib borilayotgan isloxotlarning
o‘zgarishiga sabab bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. o‘zbekiston respublikasi prezidentining
2017 yil 12 yanvardagi “kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish
to‘g‘risida” gi farmoyishi bu ezgu ishlarni amalga oshirishga dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi.
o‘zbek xalqi azaldan kitobxon sanalgan. o‘zbek oilalarida kitobga e’tibor, kitobni avaylab
asrash va kitobxonlik qadimiy an’analardan biri hisoblanadi. kitobxonlik madaniyati haqida biroz
to‘xtalib o‘tsak. kitobxonlik madaniyati juda keng va murakkab tushuncha bo‘lib, uning juda
ko‘p qirralarini aytib o‘tishimiz mumkin. Bular – inson o‘zining kasbini, mutaxassisligini chuqur
o‘rganishi va egallashi, badiiy-ma’naviy dunyosini, qolaversa bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi
uchun kitobni to‘g‘ri tanlay olishi; kitobni mustaqil o‘qib, o‘zi uchun kitobning mazmunini
talqin qila olishi, mutolaa ko‘nikmasini o‘ziga muntazam ravishda odat qilib olishi; kitobni
shoshilmasdan, tushunib, o‘zlashtirib o‘qishi; kitobni o‘qigan paytda undan to‘g‘ri foydalanish
kerakligini tushuntirishlozim. o‘zi o‘qigan kitob mazmunini boshqalarga hikoya qilib berish,
qiziqtirish va o‘qishni tavsiya qilish esa alohida e’tiborga molik jihatdir. aytish mumkinki, bu
xislatlar kitobxonlikning bosh sharti bo‘lib sanaladi. o‘qigan kitobni ma’lum vaqt o‘tgandan
keyin qayta o‘qish esa kishiga o‘zgacha zavq beradi.
o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda “Tarbiya” va “o‘qish” darslari
alohida ahamiyat kasb etadi. ayniqsa, “Tarbiya” fanida “kitob – buyuk donishmand”, “maktab
– eng ulug‘ dargoh” kabi mavzular o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan muhabbatni, maktab eng
muqaddas dargoh, ta’lim tarbiya o‘chog‘i ekanligini hamda har qanday bilimni kitob o‘qish bilan
yanada boyitish mumkinligini o‘rgatadi. shu jumladan, kitob o‘qish uchun berilgan tavsiyalar
o‘quvchi yoshlarda kitob mutoala qilish madaniyatini shakllantirishga hizmat qiladi:
- maza qilib dam olmoqchi bo‘lganlar bizni o‘qiydilar,
- Bir boshdan varaqlaganlar juda ko‘plab sirlarni bilib oladilar,
- Belgilangan tartib – qoidalarga amal qilmaganlarning sog‘lig‘iga ziyon etkazib qo‘yamiz,
yoki sahifalarimiz yirtilsa, sirlarimizniyo‘qotib qo‘yishimiz mumkin.
ayniqsa, “oilaviy kitobxonlik – muvaffaqiyat poydevori” mavzusi yoshlarda kitobga bo‘lgan
muhabbatni yanada oshirishga hizmat qiladi. Jumladan, “dunyoda inson uchun eng aziz ikki
ne’mat bor. Biri – non, ikkinchisi kitobdir! non rizk-ro‘z, tiriklik dasturxon ko‘rki sanalsa, kitob
kecha nima bo‘lgani, bugun nima bo‘layotgani va ertaga nima bo‘lishini hikoya qiladi. poklik,
131
Do'stlaringiz bilan baham: |