NOVERBAL HATTI HARAKATLAR
Reja:
1. Muosharat odobi. Sof adabiy tilda so'zlashishga odatlanish.
2. Milliy madaniyatning muloqotga ta'siri.
3. Muloqot madaniyaiga erishish yo'llari.
4. Pedagogik takt. Takt va taktika. Pedagogik taktni egallash shartlari.
Bugungi kundagi nutq tizimi kommunikativ yondashuv, o‘quvchilarga o‘z fikrini ifodalash va boshqalar fikrini tushuna olishga ko‘maklashish, ya’ni ulardan muayyan muloqotda qatnashish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Biz nutqning inson hayotida, ayniqsa o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni haqida gapirar ekanmiz, yosh avlodni mustaqillik, milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalari ruhida barkamol insonlar qilib tarbiyalashda o‘qituvchining bilim saviyasi, dunyoqarashi, madaniyati nutqni belgilovchi vosita deb bilamiz.
Kommunikatsiya - bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashuvidir. O‘qituvchilar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta'minlaydi. So‘rovnomalar shuni ko‘rsatadiki, 73% amerikalik, 85% yapon, 63% angliyalik o‘qituvchilar kommunikatsiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi maqsadga erishish yo‘lidagi bosh to‘siq deb hisoblaydilar. Umuman har bir o‘qituvchi 50 dan 90% gacha vaqtini kommunikatsiyaga sarflaydi. Shu sababli, faoliyatining samaradorligi eng avvalo kommunikatsiya samaradorligiga, ya'ni:
o‘quvchilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati;
ota-onalar, maktabdagi boshqa xodimlar bilan samarali muloqot olib borish qobiliyati;
telefonda so‘zlashuv qobiliyati;
rasmiy hujjatlarni tuzish va o‘qiy olish qobiliyati;
majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bog‘liq.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotlarda eng ko‘p uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi, o‘qituvchi-jamoa, o‘quvchi-jamoa bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jumladan, o‘quvchilar mashg‘ulot jarayonida quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratishlari taqazo etiladi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha yangi ma’lumotni tushunish va eslab qolish; o‘rganilayotgan til va mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni darslik, o‘quv qo‘llanmalari, qo‘shimcha materiallar yordamida mustahkamlash va o‘zlashtirish; yangi mavzuni o‘zlashtirish jarayonida o‘z-o‘zini muntazam nazorat qilib borish; dialog suhbat, turli o‘yinlarda ishtirok etish.
Jonli aloqada o‘qituvchi faqat o‘z qarorini billdiribgina qolmay, o‘quvchilarga ta'sir ko‘rsatishi, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va xohish uyg‘otishi mumkin. Qo‘pollik bilan baqirish, "so‘kinish"ga va hokazolarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak. O‘qituvchining shaxsiy obro‘si ko‘p jihatdan u o‘z fikrini qay tarzda bildirishiga, qanday so‘zlashiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |