Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari



Download 1,33 Mb.
bet12/21
Sana31.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#923507
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning x

18-расм. Шохланиш типлари: 1 – дихотомик, 2 – моноподиал,
3 – симподиал, 4 – сохта дихотомик, 5 – плаунда дихотомик шохланиш,
6 – сарвининг моноподиал шохи, 7 – нокда симподиал шохланиш, 8 – qароли, 9 – сиренда сохта дихотомик шохланиш



Soxta dixatomik shoxlanishda novdaning uchki kurtagi o`sishdan to`xtab, gulga aylanadi, uning ostida karama-qarshi joylashgan kurtak esa o`sib, ikkita novda hosil qiladi (28-rasm). Bu novdalar ham ma`lum vaqtdan so`ng o`sishdan to`xtaydi, uchki kurtak gulga aylanadi, ya`ni yuqoridagi jarayon takrorlanadi. Bunday shoxlanishni siren’, kashtan, bangidevona, chinnigul kabi o`simliklarda kuzatish mumkin.
To`planish. G’allasimon o`simliklar o`ziga xos shoxlanishga - tuplanishga ega. G’allasimon o`simliklar tuplanganda yer osti va usti bo`G’inlaridan bir qancha qo`shimcha ildizlarni xosil qiladi va ular popuk ildizlar deyiladi. Kurtaklar o`sib novdalarga aylanadi, ayrim tur G’allasimon o`simliklarda esa kurtaklar bo`G’inli novdalar hosil qiladi. Bu novdalarning bo`G’inlardan ham qo`shimcha kurtaklar chiqishi va ularning yana novdalarga aylanishi xaraktyerlidir.

    1. Poya xillari va novdaning metamorfozlari.

SHakli o`zgargan novdalar yer osti shakli o`zgargan va yer usti shakli o`zgargan novdalarga bo`linadi.
Yer osti shakli o`zgargan novdalar. Ildizpoya - yer osti shakli o`zgargan novda bo`lib, asosan ko`p yillik o`t o`simliklarda uchraydi. Ildizpoya tashqi ko`rinishdan ildizga o`xshab ketadi, lekin morfologik ham anatomik tuzilishi jihatidan tubdan farq qiladi. Ildizpoyadagi yaxshi rivojlangan bo`G’imlarda qalin, rangsiz, qobiqsimon barglar bo`ladi. Bo`G’imdan qo`shimcha ildizlar o`sadi. Ba`zan ildiz bo`G’imidan qo`shimcha kurtaklar bu kurtaklardan esa yer osti hamda usti novdalar o`sib chiqadi. Ildizpoyaning uchi ildiz qini bilan emas, kurtak bilan tugaydi. Masalan, G’umay, ajriq va buG’doy tez ko`payadigan ildizpoyali o`t o`simliklardan hisoblanadi.
Ma`lumki, ildizpoya ham vegetativ ko`payuvchi, ham zaxira oziq moddalar to`plovchi organdir.
SHuning uchun ham uning mayda-mayda bo`laklari mustaqil ko`karib chiqavyeradi. O`simliklarda qisqa hamda uzun ildizpoya bo`ladi. Qisqargan ildizpoya gulsapsar, kanna, silfiya kabi o`simliklarda, uzun ildizpoya esa qamishda, G’umayda uchraydi. Qisqargan ildizpoya simpodial, uzun ildizpoya esa monopodial shoxlanishga ega.
Tuganak. Yer osti novdaning juda yo`G’onlashgan hamda syer etli qismi tuganak deb ataladi. Tuganak yer osti va usti shakli o`zgargan novdalardan hosil bo`ladi. Yer osti tuganak kartoshka va tapinamburda uchraydi. Tuproqqa ekilgan kartoshka tugunagining kurtaklaridan poyalar o`sib, barglari yaxshi rivojlangandan so`ng poyaning yer osti qismidagi oq rangli poyalar stolon deb ataladi. Bargda tayyor bo`lgan fotosintez mahsuloti kraxmal stolonning uchida to`plana boshlaydi, natijada stolonning uchi yo`G’onlashib tuganakni hosil qiladi. Yer osti tuganak shakli o`zgargan novda bo`lganligi uchun unda kurtaklar joylashgan. Kurtaklardamayda qobiqsimon barglar ham bo`ladi. Kurtakning o`rni tuganak ko`zchasi deb ataladi. Har bir ko`zchada bir nechta kurtak bo`ladi. Tuganakda kurtaklar spiralsimon joylashadi. Tuganakning stalonga birikkan tomoni tubi, karama-qarshi tomoni esa uchki qismi deyiladi. eng ko`p ko`zcha tuganakning uchki qismida bo`ladi. Tuganak ham ildizpoya singari zaxira oziq moddalar to`playdi, u tuproq ostida joylashganligi uchun kam shikastlanadi va vegetativ ko`payish uchun xizmat qiladi. Kartoshka tugunagida kraxmal, tapinambur tugunagida inulin moddasi to`planadi.
Karamning kol’rabi turida zaxira oziq moddalar poya qismida to`planadi. Kol’rabi karami tashqi ko`rinishidan turp ildizmevasiga o`xshab ketadi, lekin tuganakda kurtakning bo`lishi bilan farq qiladi. U yer usti tuganakdir.
Bo`G’im oraliG’i qisqargan novda. Bunday novdalarni piyoz, karam va ildizmevali o`simliklarda uchratish mumkin.
Piyozbosh yer osti shakli o`zgargan, bo`G’im oraliG’i qisqargan novda bo`lib, bu novdada mutlaqo xlorofill donachalari bo`lmagan qalin, o`zida oziq moddalar to`plovchi, rangsiz va qobiqsimon shakldagi barglar joylashgan. Qobiqsimon barg o`zida zaxira oziq moddalar to`plab, ularning o`rtasida joylashgan kurtakni noqulay sharoitdan saqlaydi. yerta ko`klamda shu oziq modda hisobiga kurtak unib, haqiqiy novdaga aylanadi, novdada gul, guldan uruG’ paydo bo`ladi. Boshkaram esa gigant kurtakka o`xshab ketadi. Uning bo`G’im oraliG’i qisqargan novdasida yirik yaxshi taraqqiy etgan barglar zich joylashadi, o`zida oziq moddalarni to`playdi. Boshkaram ustidan o`rab turuvchi barglari xlorofill donachalariga boy bo`lib, ichkarida joylashgan barglarda esa xlorofill donachalari birmuncha kam bo`ladi. Bu barglar ham o`zida zaxira oziq moddalarni to`playdi ham novdaning o`sish nuqtasini noqulay sharoitdan asraydi.
Piyozboshtuganak. Piyozbosh bilan tuganak orasida oraliq shakli bo`lib, tashqi ko`rinishidan piyozboshga o`xshab ketadi lekin zaxira oziq moddalar uning bargida emas, novdasida to`planadi. SHuning uchun ham uning novdasi kengayib, piyozbosh shaklini oladi. Bunday piyozbosh tuganakni gladiolus, za`far kabi o`simliklarda uchratamiz.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish