Noutbuklarning ustun bo‘lgan jihatlari



Download 87,57 Kb.
Sana29.07.2021
Hajmi87,57 Kb.
#132558
Bog'liq
Noutbuk va netbuk


Noutbuk

Noutbuk – qulay, oson olib yurish mumkin bo‘lgan shaxsiy kompyuter bo‘lib, uning korpusiga oddiy kompyuterlarning eng muhim tarkibiy qismlari jamlangan. Ularga displey (ekran), klaviatura, sichqoncha o‘rniga alohida ko‘rsatish-belgilash qurilmasi (tachped), DVD disklarga axborot yozish va o‘qish qurilmasi, akkumulyator batareyasi va ovoz dinamiklari kiradi. Bunday shaxsiy kompyuterlar o‘zining uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlari va nisbatan yengil vazni bilan ajralib turadi. To‘liq zaryadlangan noutbuklar 1 soatdan 6–8 soatgacha o‘chmay ishlashi mumkin.

Noutbukka bo‘lgan talab yildan yilga o‘sib bormoqda. Buning sababini bilish uchun stol ustida turadigan oddiy kompyuterlar (ular «statsionar kompyuter» yoki «desktop» deb ataladi) bilan noutbuklarni taqqoslab ko‘ramiz.

Noutbuklarning ustun bo‘lgan jihatlari:

• Kichik hajm va yengilligi. Bu noutbuklarning eng asosiy qulayligi hisoblanadi.Ularni xizmat safarlariga, shahar chekkasidagi dala hovlilarga, dam olish uylari va boshqa joylarga osongina olib ketish mumkin. Shu maqsadda noutbuklarni solib yurish uchunmaxsus sumkalar tayyorlangan bo‘lib, ular ancha mustahkam bo‘ladi. Oddiy stol kompyuterlarini esa boshqa joyga olib borish u yoqda tursin, bir xonadan ikkinchi xonaga ko‘chirib o‘tkazishning o‘zi yetarlicha muammolarni keltirib chiqaradi.

• Noutbukda ishlash uchun unga boshqa qurilmalarni ulash shart emas. Yuqorida aytib o‘tilganidek, displey, klaviatura, sichqoncha o‘rniga tachped, ovoz dinamiklarining barchasi noutbukda jamlangan. Shunchaki, kerak bo‘lsagina unga alohida tashqi monitor, sichqoncha, ovoz qurilmalari, o‘yin uchun joystiklarni ulash mumkin.

• Uzoq vaqt tok manbaisiz ishlay olishligi. Oddiy stol kompyuterlari tok manbaisiz ishlay olmaydi. Noutbuklar bir marta to‘liq zaryadlangandan keyin, elektr toki bo‘lmay qolgan taqdirda ham o‘rtacha 2–3 soat avtonomholda ishlay oladi. Shuning uchun noutbuklarni poezdda, samolyotda, avtomobillarda, kafe va umuman, ko‘chalarda ishlatish mumkin.

• Aloqa tarmoqlariga simsiz ulana olish imkoniyati. Hozirgi kunda ishlabchiqarilayotgan noutbuklarningdeyarlari hammasiga Wi-Fi (Wireless Fider, cimsiz uzatish kanali) adapter joylashtirilgan bo‘lib, u Internet tarmog‘iga ortiqcha simlarsiz ulanish imkoniyatini beradi. Buning uchun Wi-Fi tarmog‘ini tashkil qilib beruvchi kirish nuqtalari bo‘lishi lozim. Bunday ulanish nuqtalari ko‘pgina kafe va restoranlarga, ko‘ngil ochish bog‘lari va parklarga, aeroportlarga va mehmonxonalarga o‘rnatiladi. Shuningdek, bunday ulanish nuqtalari shaharning ma'lum tumanlariga ham joylashtiriladi. Oddiy stol kompyuterlari esa bunday ichki qurilmaga ega emas. Buning uchun Wi-Fi tashqi qurilmasini sotib olish kerak bo‘ladi.

Noutbuklarning kamchiliklari:

• Narxining qimmatligi. Bu noutbuklarning eng katta kamchiligi. Bir xil qurilma va qo‘shimchalarga egabo‘lgan stol kompyuteri va noutbuk solishtirsa, noutbukning narxi o‘rtacha 150$ qimmatroq bo‘ladi. Bundan tashqari, noutbuklarga nisbatan oddiy kompyuterlardan foydalanish samaradorligi yuqori.

• Ish unumdorligining yuqori emasligi. Noutbuklarning kichik o‘lchamlari ishlash davomida uni sovitib turish uchun maxsustalablarni keltirib chiqaradi. Yuqori grafikali o‘yinlarni o‘ynashga mo‘ljallangan noutbuklar ham xuddi shunday talablarga mo‘ljallangan stol kompyuterlari bilan tenglasha olmaydi, xususan, uch o‘lchamli modellashtirish va loyihalash, muhandislik hisob-kitoblari va shunga o‘xshashlar. O‘lchamlarning kichikligi tufayli noutbuklar kam quvvat sarflashga mo‘ljallangan. Agar ularda yuqorida sanab o‘tilgan «og‘ir» ishlar bajarilsa, tezda qizib ketadi. Bu esa ba'zan noutbuklarning ish davomida o‘chib qolishiga olib kelishi mumkin.

• Modernizatsiyalashningchegaralanganligi. Noutbuk tarkibiy qismlari, masalan, protsessor, videokarta, tezkor xotira (RAM), doimiy xotira qurilmalari asosan o‘sha model uchungina mo‘ljallab ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Agar noutbukning qaysidir qismi buzilgan bo‘lsa yoki yangirog‘iga almashtirish kerak bo‘lsa, o‘sha qismni topish qiyinbo‘ladi. Stol kompyuterlarida esa tezkor xotira qurilmasi, qattiq disk va shu kabilarni mustaqil ravishda osongina almashtirish mumkin. Noutbuklarda almashtirish mumkin bo‘lgan taqdirda ham yuqori malakali usta-mutaxassislarga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

• Turli xil operatsion tizimlar bilan moslasha olmaslik. Noutbuk ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi uni ma'lum bir operatsion tizimda ishlashga mo‘ljallaydilar. Chunki noutbuklarda oddiy kompyuterlarnikiga qaraganda maxsus dasturlar ko‘proq ishlatiladi va bu dasturlar faqat muayyan operatsion tizimlardagina ishlay oladi.
1-rasm. Noutbuk ko`rinishi

Hozirgi kunda aktiv hayot tarzini olib boruvchi inson uchun zamonaviy texnologiyalar va internetsiz hayotini tasavvur etish qiyin.

Axborot barchaga hamma vaqt va har joyda kerak. Va hozirda ma`lumotlarni imkon qadar tez olish va uni qayta ishlash uchun juda kup maxsus moslamalar mavjud.

Bularning ichidan eng mashhurlarini aytib utish mumkin: uyali telefon (smartfon yoki kommunikator), noutbuk yoki netbuk va planshet komp`yuterlar. Bizga faqat o`z ehtiyojimizga qarab bularning ichidan tanlash imkoniyatimiz bor.

Hozirgi kunda eng ko`p qo`llanilayotgan (modniy) devays – bu planshet komp`yuterlari hisoblanmoqda. Apple kompaniyasi iPad ni sotuvga chiqara boshlaganidan keyin, ko`plab elektron uskunalarni ishalb chiqaruvchilar planshetlarni ishlab chiqarishni ma`qul ko`rishmoqda. Bu moslama barcha internet servislaridan foydalana olish uchun, matn terish, rasm va videolarni tamosha qilish, qolaversa video o`yinlarni o`ynash imkonini beradigan juda qo`lay moslama bo`lib hisoblanadi. Ammo bu moslama noutbuk va netbuk bajaraoladigan vazifalarning barchasini ham qilaolmaydi. Planshetni – katta diagonalli ekranli smartfonga o`xshatsak bo`ladi.

Netbukni qarab o`taylik. Boshida noutbuning kichkina ukasi deb hisoblanayotgan netbuklar faqat global tarmoq resurslaridan foydalanish uchungina ishlab chiqarilgan edi xalos. Bu erdan uning nomi ham kelib chiqqan ( «net» – inglizcha network – tarmoq so`zining qisqartmasi, «buk» – inglizcha notebook – noutbuk so`zidan). Birinchi netbuklar o`zlarining ishlash kuchi bilan unchalik ham ajralib turmas edi. Birinchi netbuklarda matn terish, veb sahifalarni ko`rish mumkin bo`gan halos, boshqa amallarni qilish qiyin bo`lgan.

Vaqt o`tishi bilan ularning imkoniyatlari ko`paya boshladi. Hozirgi vaqtga kelib ularning ishlash tezligi noutbuklarniki bilan tenglashib bormoqda. Ularning xajmi noutbuklarnikidan ancha kichik va ularni istalgan joyga o`zingiz bilan olib yurish juda qulay. Ular etarlicha avtonom ishlash imkoniyatiga ega, bazi birlari elektor quvvatiga ulanmagan holatda 12 soatgacha ishlay oladi. Netbuklar yordamida shaxsiy komp`yuterlar bajaraoladigan barcha ammallarni bajarish mumkin, faqat bazi bir o`yinlarni inobatga olmaganda. Ularda internetga ulanish uchun barcha imkoniyatlari majud, bu esa bizning doimo onlayn da bo`lishimiz uchun juda qulay. Hozirgi kunda netbuklarning turli hil rangdagi va dizayndagi turlari mavjud. Yana bir ahamiyatli taraflaridan biri – bu narxi. Yaxshi netbukning narxi, juda yaxshi smartfonning narxi bilan teng.

Shunday qilib netbuk – bu nima? Netbuk – bu modaga ergashishning eng foydali va qulay tarafi. Netbuk bilan zamonaviy aktiv inson yanada zamonaviy ko`rinadi. Kimga ish uchun kerak bo`lsa, o`zlari uchun qo`lay, ko`p imkoniyatlarga ega va eng muhumi istalgan joyga o`zlari bilan olib yurishlari uchun juda qo`lay bulgan moslama.



2-rasm. Netbuk ko`rinishi

Bajardi: 13-1 guruh Isaxonov Amirxon
Download 87,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish