Noutbuklarning ustun bo‘lgan jihatlari:



Download 15,2 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi15,2 Kb.
#75793
Bog'liq
Arzimaydi...


Arzimaydi. Guruhimiz yoqgan bo`lsa kitobxon do`stlarizni qo`shishni unutmang. Shunda siz ham bizga yordam bergan bo`lasiz

Insoniyat doimo yengillikka intiladi. Bekorga «erinchoqlik – ixtirolarning onasi» deyishmagan. Qo‘lda hisoblashga erinib, avval kalkulyator, keyin esa kompyuter yaratildi. Ammo vaqto‘tib, bu ham qoniqtirmay qo‘ydi. Chunki kompyuter bir joyda turadi, doimo qo‘l ostida bo‘lmaydi. Istagan paytida, xohlagan joyida ishlay olmaydi. Shunda inson keyingi kashfiyotga qo‘l urdi – «ko‘chmanchi» kompyuterlar yaratildi. Ularni «leptop» – «tizzaga qo‘yiladigan kompyuter» deya nomladilar. Xalq orasida bu mashinalar tez ommalashib, «noutbuk» nomi bilan mashhur bo‘lib ketdi.

NURISTON.TK

Noutbuk – qulay, oson olib yurish mumkin bo‘lgan shaxsiy kompyuter bo‘lib, uning korpusiga oddiy kompyuterlarning eng muhim tarkibiy qismlari jamlangan. Ularga displey (ekran), klaviatura, sichqoncha o‘rniga alohida ko‘rsatish-belgilash qurilmasi (tachped), DVD disklarga axborot yozish va o‘qish qurilmasi, akkumulyator batareyasi va ovoz dinamiklari kiradi. Bunday shaxsiy kompyuterlar o‘zining uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlari va nisbatan yengil vazni bilan ajralib turadi. To‘liq zaryadlangan noutbuklar 1 soatdan 6–8 soatgacha o‘chmay ishlashi mumkin.

Noutbukka bo‘lgan talab yildan yilga o‘sib bormoqda. Buning sababini bilish uchun stol ustida turadigan oddiy kompyuterlar (ular «statsionar kompyuter» yoki «desktop» deb ataladi) bilan noutbuklarni taqqoslab ko‘ramiz.

Noutbuklarning ustun bo‘lgan jihatlari: (преимущества ноута)

• Kichik hajm va yengilligi. Bu noutbuklarning eng asosiy qulayligi hisoblanadi.Ularni xizmat safarlariga, shahar chekkasidagi dala hovlilarga, dam olish uylari va boshqa joylarga osongina olib ketish mumkin. Shu maqsadda noutbuklarni solib yurish uchunmaxsus sumkalar tayyorlangan bo‘lib, ular ancha mustahkam bo‘ladi. Oddiy stol kompyuterlarini esa boshqa joyga olib borish u yoqda tursin, bir xonadan ikkinchi xonaga ko‘chirib o‘tkazishning o‘zi yetarlicha muammolarni keltirib chiqaradi.

• Noutbukda ishlash uchun unga boshqa qurilmalarni ulash shart emas. Yuqorida aytib o‘tilganidek, displey, klaviatura, sichqoncha o‘rniga tachped, ovoz dinamiklarining barchasi noutbukda jamlangan. Shunchaki, kerak bo‘lsagina unga alohida tashqi monitor, sichqoncha, ovoz qurilmalari, o‘yin uchun joystiklarni ulash mumkin.

• Uzoq vaqt tok manbaisiz ishlay olishligi. Oddiy stol kompyuterlari tok manbaisiz ishlay olmaydi. Noutbuklar bir marta to‘liq zaryadlangandan keyin, elektr toki bo‘lmay qolgan taqdirda ham o‘rtacha 2–3 soat avtonomholda ishlay oladi. Shuning uchun noutbuklarni poezdda, samolyotda, avtomobillarda, kafe va umuman, ko‘chalarda ishlatish mumkin.

• Aloqa tarmoqlariga simsiz ulana olish imkoniyati. Hozirgi kunda ishlabchiqarilayotgan noutbuklarningdeyarlari hammasiga Wi-Fi (Wireless Fider, cimsiz uzatish kanali) adapter joylashtirilgan bo‘lib, u Internet tarmog‘iga ortiqcha simlarsiz ulanish imkoniyatini beradi. Buning uchun Wi-Fi tarmog‘ini tashkil qilib beruvchi kirish nuqtalari bo‘lishi lozim. Bunday ulanish nuqtalari ko‘pgina kafe va restoranlarga, ko‘ngil ochish bog‘lari va parklarga, aeroportlarga va mehmonxonalarga o‘rnatiladi. Shuningdek, bunday ulanish nuqtalari shaharning ma'lum tumanlariga ham joylashtiriladi. Oddiy stol kompyuterlari esa bunday ichki qurilmaga ega emas. Buning uchun Wi-Fi tashqi qurilmasini sotib olish kerak bo‘ladi.

Noutbuklarning kamchiliklari: (недостатки ноута)

• Narxining qimmatligi. Bu noutbuklarning eng katta kamchiligi. Bir xil qurilma va qo‘shimchalarga egabo‘lgan stol kompyuteri va noutbuk solishtirsa, noutbukning narxi o‘rtacha 150$ qimmatroq bo‘ladi. Bundan tashqari, noutbuklarga nisbatan oddiy kompyuterlardan foydalanish samaradorligi yuqori.

• Ish unumdorligining yuqori emasligi. Noutbuklarning kichik o‘lchamlari ishlash davomida uni sovitib turish uchun maxsustalablarni keltirib chiqaradi. Yuqori grafikali o‘yinlarni o‘ynashga mo‘ljallangan noutbuklar ham xuddi shunday talablarga mo‘ljallangan stol kompyuterlari bilan tenglasha olmaydi, xususan, uch o‘lchamli modellashtirish va loyihalash, muhandislik hisob-kitoblari va shunga o‘xshashlar. O‘lchamlarning kichikligi tufayli noutbuklar kam quvvat sarflashga mo‘ljallangan. Agar ularda yuqorida sanab o‘tilgan «og‘ir» ishlar bajarilsa, tezda qizib ketadi. Bu esa ba'zan noutbuklarning ish davomida o‘chib qolishiga olib kelishi mumkin.

• Modernizatsiyalashningchegaralanganligi. Noutbuk tarkibiy qismlari, masalan, protsessor, videokarta, tezkor xotira (RAM), doimiy xotira qurilmalari asosan o‘sha model uchungina mo‘ljallab ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Agar noutbukning qaysidir qismi buzilgan bo‘lsa yoki yangirog‘iga almashtirish kerak bo‘lsa, o‘sha qismni topish qiyinbo‘ladi. Stol kompyuterlarida esa tezkor xotira qurilmasi, qattiq disk va shu kabilarni mustaqil ravishda osongina almashtirish mumkin. Noutbuklarda almashtirish mumkin bo‘lgan taqdirda ham yuqori malakali usta-mutaxassislarga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

• Turli xil operatsion tizimlar bilan moslasha olmaslik. Noutbuk ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi uni ma'lum bir operatsion tizimda ishlashga mo‘ljallaydilar. Chunki noutbuklarda oddiy kompyuterlarnikiga qaraganda maxsus dasturlar ko‘proq ishlatiladi va bu dasturlar faqat muayyan operatsion tizimlardagina ishlay oladi.

Oddiy stol kompyuterlaridan farqli ravishda, noutbuklarda displey va kiritish qurilmalari (klaviaturava tachped) «o‘ziniki», ya'ni uning ichiga joylashtirilgan bo‘ladi. Bu bir tomondan ko‘chirib yurish uchun qulay bo‘lsa, ulardan foydalanishning sifati va qulayligi yuqori emas. Ma'lumki, oddiy klaviaturada ikkita asosiy blok bor: harflar varaqamlar. Hozirgi noutbuklarning ko‘pchiligining klaviaturasi faqat harf blokidan iborat, ba'zi modellardagina raqamlar bloki ham joylashtiriladi Buning uchun Wi-Fi tarmog‘ini tashkil qilib beruvchi kirish nuqtalari bo‘lishi lozim. Bunday ulanish nuqtalari ko‘pgina kafe va restoranlarga, ko‘ngil ochish bog‘lari va parklarga, aeroportlarga va mehmonxonalarga o‘rnatiladi. Shuningdek, bunday ulanish nuqtalari shaharning ma'lum tumanlariga ham joylashtiriladi. Oddiy stol kompyuterlari esa bunday ichki qurilmaga ega emas. Buning uchun Wi-Fi tashqi qurilmasini sotib olish kerak bo‘ladi.

Noutbuklarning kamchiliklari: (недостатки ноута)

• Narxining qimmatligi. Bu noutbuklarning eng katta kamchiligi. Bir xil qurilma va qo‘shimchalarga egabo‘lgan stol kompyuteri va noutbuk solishtirsa, noutbukning narxi o‘rtacha 150$ qimmatroq bo‘ladi. Bundan tashqari, noutbuklarga nisbatan oddiy kompyuterlardan foydalanish samaradorligi yuqori.

• Ish unumdorligining yuqori emasligi. Noutbuklarning kichik o‘lchamlari ishlash davomida uni sovitib turish uchun maxsustalablarni keltirib chiqaradi. Yuqori grafikali o‘yinlarni o‘ynashga mo‘ljallangan noutbuklar ham xuddi shunday talablarga mo‘ljallangan stol kompyuterlari bilan tenglasha olmaydi, xususan, uch o‘lchamli modellashtirish va loyihalash, muhandislik hisob-kitoblari va shunga o‘xshashlar. O‘lchamlarning kichikligi tufayli noutbuklar kam quvvat sarflashga mo‘ljallangan. Agar ularda yuqorida sanab o‘tilgan «og‘ir» ishlar bajarilsa, tezda qizib ketadi. Bu esa ba'zan noutbuklarning ish davomida o‘chib qolishiga olib kelishi mumkin.

• Modernizatsiyalashningchegaralanganligi. Noutbuk tarkibiy qismlari, masalan, protsessor, videokarta, tezkor xotira (RAM), doimiy xotira qurilmalari asosan o‘sha model uchungina mo‘ljallab ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Agar noutbukning qaysidir qismi buzilgan bo‘lsa yoki yangirog‘iga almashtirish kerak bo‘lsa, o‘sha qismni topish qiyinbo‘ladi. Stol kompyuterlarida esa tezkor xotira qurilmasi, qattiq disk va shu kabilarni mustaqil ravishda osongina almashtirish mumkin. Noutbuklarda almashtirish mumkin bo‘lgan taqdirda ham yuqori malakali usta-mutaxassislarga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

• Turli xil operatsion tizimlar bilan moslasha olmaslik. Noutbuk ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi uni ma'lum bir operatsion tizimda ishlashga mo‘ljallaydilar. Chunki noutbuklarda oddiy kompyuterlarnikiga qaraganda maxsus dasturlar ko‘proq ishlatiladi va bu dasturlar faqat muayyan operatsion tizimlardagina ishlay oladi.

Oddiy stol kompyuterlaridan farqli ravishda, noutbuklarda displey va kiritish qurilmalari (klaviaturava tachped) «o‘ziniki», ya'ni uning ichiga joylashtirilgan bo‘ladi. Bu bir tomondan ko‘chirib yurish uchun qulay bo‘lsa, ulardan foydalanishning sifati va qulayligi yuqori emas. Ma'lumki, oddiy klaviaturada ikkita asosiy blok bor: harflar varaqamlar. Hozirgi noutbuklarning ko‘pchiligining klaviaturasi faqat harf blokidan iborat, ba'zi modellardagina raqamlar bloki ham joylashtiriladi Undan tashqari tugmachalar ham kichikroq bo‘ladi. Bu esa ba'zi foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘diradi. Tachped esa sichqonchaning o‘rnini to‘liq bosolmaydi. Ko‘pgina noutbuklarning displey o‘lchamlari oddiy monitorlarnikidan kichik bo‘ladi. Agar uning o‘lchamlari kattalashtirilsa, ekran ham kattalashadi, klaviaturaga ham joy ochiladi. Faqat bunda noutbukning vazni ortib ketadi, bu esa uni olib yurishga qiyinchilik tug‘diradi.

Ishdan chiqish ehtimolligi jihatidan noutbuk oldinda turadi. Ularni osongina ko‘chirib yurish mumkinligi qulaylik xisoblansa, olib yurish davomida ularni biron joyga urib olish, tushirib yuborish, sindirish mumkinligi uning kamchiligi hosoblanadi. Noutbuklarga osongina «jarohat yetkazish» mumkin. Masalan, agar monitor bilan klaviatura orasida qandaydir buyum qolib ketib, ekran yopib yuborilsa, monitor sinishi mumkin. Yoki, klaviaturaning ustiga biror suyuqlik to‘kilib ketsa, uning tagida joylashgan elektr plata ishdan chiqadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklari mavjudligiga qaramasdan, noutbuklar vaqt o‘tgani sayin yanada kengroq tarqalib bormoqda. Ularni qanday tanlasa bo‘ladi? Avvalo aytish kerakki, barcha noutbuklarning ichki mexanizmlari deyarli bir xil bo‘ladi. Shuning uchun, o‘zingizga kerakli konfiguratsiyadagi noutbukni uchratganingizda, uning korpusiga e'tibor bering. Narxi ham, sifati ham o‘rtacha bo‘lgannoutbuklarning korpusi plastmassadan tayyorlangan, agar e'tibor bergan bo‘lsangiz. Aslida bu tipdagi elektron mashinalarning eng yaxshilari plastmassadan emas, balki litiydan tayyorlangan metall korpusga ega. Chunki bu bir nechta muammolarni hal qilib beradi.

Birinchidan, bunday metall korpusga ichki komponentlar maxsus usulda maxkamlangan, natijada noutbuk yuqori mexanik mustahkamlikka erishadi.

Ikkinchidan, markaziy protsessorning to‘g‘ridan-to‘g‘rimetall korpusga mahkamlanishiuning sovishi masalasini samarali hal qiladi. Shunday qilinganda protsessor maksimalquvvat bilan ishlaganda ham noutbukning harorati 10 darajadan ko‘pga oshmaydi. Bunda litiyli metall korpus radiator vazifasini bajaradi. Uchinchidan, korpusning tarkibiy qismlari bir-biriga silikon orqali mahkamlanadi va bu tashqi zararli ta'sirlardan himoya vazifasini bajaradi. Bunday turdagi himoya yordamida noutbuk bemalol chang-to‘zonli va yomg‘irli muhitda ishlay oladi, shuningdek, 2 kun davomida quyuq tumanda ham.



To‘rtinchidan, litiydan tayyorlangan to‘liq metall korpus noutbukning ichki qurilmalarini tashqi radiatsion, elektromagnit va elektrostatik ta'sirlardan himoyalaydi. Bundan tashqari ichki qurilmalardan hosil bo‘ladigan radiatsiyaning tashqariga tarqalishi minimal darajada bo‘lishini ham ta'minlaydi.

Lekin ularning bir kamchiligi – narxining balandligidir. Shu o‘rinda kompyuter sotuvchilarining yaxshi bir maslahati yodga tushadi: «Noutbuk oladigan bo‘sangiz, imkon darajasida yaxshirog‘ini oling, chunki uni modernizatsiyalash juda qiyin».
Download 15,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish