Notiqlik san’ati tarixi Yunonlarda notiqlik san’atining quloch yoyishi Aristotelning notiqlik san'ati



Download 63,5 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi63,5 Kb.
#245104
  1   2
Bog'liq
ARISTOTELNING NOTIQLIK SAN'ATI TA'LIMOTI


ARISTOTELNING NOTIQLIK SAN'ATI TA'LIMOTI

Reja:

  1. Notiqlik san’ati tarixi

  2. Yunonlarda notiqlik san’atining quloch yoyishi

  3. Aristotelning notiqlik san'ati

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Badiiy adabiyot paydo bo‘lishi bilan uning ifodali o‘qishi, og‘zaki ijrochilik taraqqiyoti ham ziddiyatlidir. Jumladan, adabiyot va san’at hali muayyan ma’noda sinkretik xarakterga ega bo‘lgan qadimgi davrda badiiy va ifodali o‘qish san’ati ham sinkretik xarakter kasb etgan. Chunonchi, bu davrda badiiy adabiyot yaratuvchilari ayni chog‘da uning ijrochilari sifatida ko‘proq e’tiborga ega bo‘lgan. Jumladan, "Avesto"ning yaratuvchilari, bora-bora uning professional ijrochilariga aylanib qolgan kohinlar toifasi xalq orasida adiblar sifatidagina emas, balki jonli so‘z sehri bilan mo‘jizalar ko‘rsatuvchi mutaxassislar sifatida ham katta e’tibor qozonganlar. Tarixiy taraqqiyot davomida adabiyot bilan birga ijrochilik san’ati ham rivoj topa bordi. Masalan, O‘rta Osiyoda shoirlar bilan bir qatorda, ularning asarlarini majlis-anjumnalarda, keng mehnatkash xalq orasida ijro etuvchi san’atkorlar - roviylar toifasi paydo bo‘ladi.

Roviylik va roviylar haqida tarixiy manbalarda qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Nizom Aruz Samarqandiy ma’lumotiga qaraganda, Firdavsiy "Shohnoma"ni ijod etgach, Ali Daylam unga xattotlik, Abudulaf roviylik qildi.

Abu Abdullo Rudakiyning roviysi bo‘lgan Majid ismli tarixiy shaxs haqidagi ma’lumotlar ham qiziqarlidir. Mashhur sharqshunos A.T.Tohirjonov Rudakiy asarlarining Majid ismli professional ijrochisi bo‘lganligini e’tirof etadi va uni chtetsravi deb ataydi.

Yirik tojik yozuvchisi, Tojikiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Sotim Ulug‘zodaning ma’lumotlariga ko‘ra "roviylar"- badiiy o‘qish ustalari bo‘lib, xaloyiq o‘rtasida Rudakiy, Daqiqiy, Shahid Balxiy, Abdushukur Balxiy va boshqa o‘nlab o‘zlariga zamondosh va o‘tmish shoirlari she’rlarini maxsus ohang bilan o‘qirdilar. Xususan, Rudakiyning yoqimli she’ru qo‘shilari ularning og‘zidan tushmasdi.

Ulkan sharqshunos YE.E.Bertels ham o‘rta asrlarda roviylar toifasi mavjudligini e’tirof etadi.

Ko‘rinadiki, qadimgi badiiy so‘z ijrochiligining butun bir yo‘nalishi, o‘ziga xos maktabni tashkil etuvchi roviylar toifasi katta shon-shuhrat va ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan. Biroq, jamiyat taraqqiy qilishi bilan roviylik tarmoqlanib, XV asrlarga kelganda, mustaqil badiiy ijrochilik ko‘rinishlari va ularga mansub ijrochilar toifasi voyaga yeta boshladi. Jumladan, Alisher Navoiy XV asrlarga kelib badiiy so‘z ijrochiligi san’atining voizlik (notiqlik), qissaxonlik, badihago‘ylik, bazlago‘ylik (latifago‘ylik), dostonxonlik, qasidaxonlik, g‘azalxonlik san’ati shakllanib yetilganligi haqida mufassal ma’lumot beradi.

O‘zbek badiiy so‘z ijrochiligi san’atiga xos bo‘lgan bedilxonlik, navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik bilan birga, qissago‘ylik, hikoyago‘ylik, latifago‘ylik, navhagarlik, ertakchilik, kulguli hikoyago‘ylikning taraqqiyoti bu san’atning juda qadimiy va boy tarixga, ma’lum an’anaga ega ekanligini anglatadi.

O‘rta Osiyo xalqlari pedagogikasi tarixida ifodali o‘qish san’atiga bo‘lgan e’tibor alohida mavqe kasb etadi.

Notiqlik san’atining tarixi juda uzoq bo‘lib, u eramizdan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonda shakllana boshladi. Yunonistonda aristokratiya, demokratiya tuzumining o‘rnatilishi natijasida davlat ishlarida, xalq majlislarida, senat kengashlarida, sud ishlarida va yig‘ilishlarda respublikaning har bir ozod kishisi erkin nutq so‘zlash huquqiga ega bo‘lgan.

Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni hohlagan har bir kishi uchun chiroyli so‘zlash san’atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylana borgan.

Sud ishlarida o‘rnatilgan tartib notiqlik san’atining yuksalishiga katta bir turtki bo‘ldi. Sud jarayonida javobgar o‘ziga qo‘yilayotgan aybning asossizligini isbotlab gapirishi, da’vogar esa o‘z fikrida qattiq turishi, uni qoralashi lozim edi. Lekin hamma ham chiroyli so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lavermaydi. Shuning natijasida, nutq matnlarini yozib beradigan bilimdon kishilarga ehtiyoj tug‘ila boshladi va yozma nutq san’atini yaxshi egallagan notiqlarni o‘sha zamon tili bilan "logograflar" deb atay boshladilar.

Notiqlik san’atining keng ko‘lamda qanot yoyishi esa, o‘z navbatida uning sud notiqligi, harbiy notiqlik va siyosiy notiqlik kabi shoxobchalarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Sudda gapiriladigan chiroyli nutq o‘rnini, endilikda aniq qonuniyatga ega bo‘lgan sud notiqligi egalladi.

Bulardan tashqari, notiqlik san’atining rivoji adabiy tilning shakllanishiga, notiqlik san’atining nazariyasidan iborat bo‘lgan "Ritorika" ilmining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Rimdagi barcha shoirlar va notiqlar shu maktabdan, ya’ni ritorika maktabidan ta’lim olganlar.

Notiqlar tomonidan yaratilgan nutq matnlari nasriy va poetik ijod mazmunasi hisoblangan. Bunday ijodkor notiqlarning nomi o‘z mamlakati doirasidan chiqib, jahonga ma’lum va mashhur bo‘lgan. Aristotel, Demosfen va Sitseronlar shular jumlasidandir.

384-yili Makidoniyalik Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu yerda o‘z zamonasining mashhur olimlaridan bo‘lgan Platonga shogird bo‘ladi. 342 yili Makedoniya podshosi Filipp o‘zining Aleksandr nomli 13 yoshli o‘g‘lining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan chaqirib oladi. Bu yerda u falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil qiladi.

Shu davrda Gretssyada chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ketgan edi. Buning natijasida qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu maktablarda so‘z san’ati ustalari - shogirdlar yetishtirib chiqarilar edi. Keyinchalik chiroyli so‘zlash haqida qo‘llanmalar maydonga keldi. Shunday asarlardan biri Aristotelning "Ritorika" nomli kitobidir. Buyuk olim uni mashhur "Poetika" nomli asaridan so‘ng, ya’ni eramizdan oldingi 330 yillarda Afinaga so‘nggi marta qaytib kelganda yozgan edi. Ma’lumki, ungacha Anaksimen, Lampsak ham "Ritorika" nomli qo‘llanma yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman o‘xshamaydi. Ularning birinchisi qo‘llanma bo‘lsa, ikkinchisi chiroyli so‘zlash nazariyasi bo‘yicha ilmiy mulohazalardan iborat.

Yosh notiqning xalq oldidagi birinchi nutqi ayanchli holda: to‘polon, kulgi, qiyqiriq, hushtak chalib masxaralash bilan qarshi olinadi. U o‘z nutqini tugatolmay minbardan tushishga majbur bo‘ladi.

Xalq majlislaridan birida Demosfen o‘zini ikkinchi bor sinab ko‘radi. Lekin bu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan so‘ng Demosfen o‘z nutqidagi kamchiliklarni boshqa takrorlamaslik uchun astoydil bosh qotiradi. Har kuni bir necha soatlab noto‘g‘ri talaffuz etayotgan so‘zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. Hatto og‘ziga tosh solib olib, qattiq va ravon gapirishga harakat qiladi. "r" tovushini to‘g‘ri talaffuz etish uchun esa kuchuk bolasining irillashini kuzatadi va o‘zi ham xuddi shu tovushni qaytaradi.

Nihoyat uzoq muddatli tinimsiz mashqlardan so‘ng Demosfer o‘z maqsadiga erishadi: mashhur notiq bo‘lib etishadi. Ammo, shunga qaramay, u hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamas, oldindan yozib qo‘yilgan matnni yodlab olar, har bir so‘z ustida puxta o‘ylar, jumlalarni aniq va chiroyli tuzishga harakat qilar edi. Ulug‘ notiqning nutqi shu qadar sodda, ravon, mantiqan puxta va jozibali bo‘ldiki, bu faqat mashaqqatli mehnat samarasi edi.

Notiqlik san’ati hamma vaqt mantiq va ruhshunoslikka suyanadi. Mantiqqa murojaat qilmasdan turib, aniqlik va mantiqiylikni ta’minlash ham, baholash ham mumkin emas. Mantiq so‘zlar butun bir gapdan kelib chiqadigan hukm va tushunchalarni belgilaydi. YA’ni u mantiqiy hukmlar va tushunchalar bilan ish ko‘radi. Agar so‘zda tushuncha ifodalansa, gapda hukm va fikrlar o‘z mavqeiga ega. Mazkur so‘z va gaplar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lmasligi zarur. So‘zlardagi ko‘p ma’nolilik ham turlicha tushunchalarga sabab bo‘ladi. Ba’zan hukm bilan gapda bir-biriga moslasholmaslik holati ham kuzatiladi. Masalan, “Notiq bo‘lishni kim xohlamaydi, deysiz?” gapi so‘roq gap, inkor shaklida, biroq unda tasdiq hukmi bor.

Talaffuz va ohang orqali ham bunday holatni kuzatish mumkin: o‘qishga kirdi. — darak gap; o‘qishga kirdi? — so‘roq gap; 0’qishga kirdi!— undov gap. Sinonim so‘zlarni ishlatishda ham tushuncha o‘zgaradi. Masalan, visol, jamol, araz, chehra kabi so‘zlar tushunchasida ijobiy holat, bashara, turq, aft kabi so‘zlar tushunchasida salbiy holat kuzatiladi.

So‘zlarning ma’nosi va ifodalanayotgan tushuncha o‘rtasidagi munosabatni mantiq tekshiradi. Mantiq — so‘zlar, gaplar, birikmalar orasidagi ma’no aloqalarini ta’minlaydi.

Nutq qurilishi o‘rinli yoki o‘rinsiz boiib ko‘rinadigan holatlarda ruhshunoslikka murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Notiqlik bilan ruhshunoslik aloqasida notiq o‘z fikrlarini bayon qilishda auditoriyani kuzatishi, har bir tinglovchining kayfiyatini hisobga olib nutq so‘zlashi lozim. Notiq va tinglovchi o‘rtasida samimiy muomala asosiy vazifa bo‘lishi kerak. Notiq zarur va muhim gaplarni aytishdan oldin butun tinglovchilarning diqqatini o‘ziga qarata olsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tinglovchilar hamma gapni ham qabul qilavermaydi. Ba’zan noo‘rin gaplardan ehtiyot bo‘lish, auditoriyani qiziqtiradigan gapni topib gapirish notiqning mahoratiga bog‘liq. Ayniqsa, boshqa mavzu va voqea-hodisalarga o‘tib ketmasligi kerak. Tilning o‘rinsiz qo‘llanadigan u yoki bu vositasi tinglovchilar ruhiy holatini qay darajada vayron etishini ruhshunoslik aytib bera oladi.

Shu ma’noda ruhshunoslik notiqning o‘z malaka va mahoratini kengaytirishi va mukammallashuvini o‘rganishi orqali “Notiqlik san’ati”ga yordam berishi mumkin.

Bulardan tashqari, “Notiqlik san’ati” nafosat haqidagi fan bo‘lib, estetika bilan, badiiy adabiyot, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid bilan ham aloqadordir.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv dargohlarida “Nutq madaniyati” fanini o‘rgatish ko‘zda tutib kelinmoqda. Bunday o‘quv reja asosida notiqlik san’ati va nutq madaniyati aralash o‘rgatilmoqda. Biroq bu ikkala fan bir-biriga yaqinday tuyulgani bilan aslida o‘zaro farqlanadi. Bu holatni ularning fan sifatida shaklanishi jarayonini kuzatish orqali ham, o‘z oldilariga qo‘ygan vazifalari, maqsadi, predmeti, tasvirlash obyektlariga xos bo‘lgan xususiyatlarida ham kuzatish mumkin.


Download 63,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish