Ma’ruzaga qiziqishni oshirish yo‘llari
Notiq o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni tinglovchilarning qiziqishini oshiradigan va mavzuning esda qolishida yordam beradigan quyidagi vositalar, usullar va uslublarni puxta ko‘rib chiqishga qaratishi kerak:
1. 0 ‘rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy ahamiyatini
tushintira olishi, uning ilmiy bilim sohasidagi ahamiyatini ko‘rsata olishi;
2. Dastlabki jumla va ma’ruzalaming boshlanish qismi, ularning tinglovchilar bilan aloqa o‘rnatishda va notiq nutqiga qiziqishni vujudga keltirishdagi roli.
3. Yangi muommolaming qo‘yilishi.
4. Bayon qilinayotgan materialning yangiligi.
5. Bayonning aniqligi, ko'rgazmaliligi va ommaviyligi:
Nutqning yorqinligi, obrazli va ta’sirchanligi maruzada yumorva hazil-mutoyiba. A. Komeychukning “Qanotlar” pyesasida quyidagi bir epizod bor. Yozning issiq kunlaridan birida kolxozda ochiq havoda ma’ruza o'qilayotir. Ma’ruzachi Ovcharenko qog‘ozdan ko'zini olmay zerikarli tarzda ma’ruza o'qiydi va o‘qib bo'lgan varaqlami suvli grafin ostiga qistirib qo‘yadi. M a’ruza boshlanganiga ancha bo‘lganga o‘xshaydi, chunki grafin ostidagi varaqlar ko‘p, grafmdagi suv oz qolgan. Ko‘plar mudrab o‘tirishibdi. Kolxozchilardan biri Mefodiy esa hatto bemalol xurrak otib o‘tiribdi. Rais o‘midan turib bunday deydi: “Mefodiyning mo'ylabidan tortib ko'yinglar, bunaqa bemazagarchilik qilm asin”. Kimdir Mefodiyning mo'ylabidan tortadi, u esa qichqirganicha o'rnidan turibquvonganicha so'raydi:
— Tamom qildimi? Zerikarli, qiziqtirmaydigan, qogozga qarab o‘qiladigan ma’ruza ana shunday qabul qilinadi. Afsuski, Shunday ma’ruzalar hamon uchrab turadi (E.A.Adamov. Т., “0 ‘zbekiston”, 1980. 3—4-betlar).No'noq notiqlaming hammasi bir-biriga o'xshaydi. Lekin har bir mohir notiqning o'z fazilati bor. Usta notiq gapirayotganida tinglovchilar bamisoli nafas olmay o'tiradilar, noshud notiq xuzurida esa bemalol xurrak otib ham yuboraveradilar. Ammo,
ma’ruza tinglovchi ongida bilimlar boyligiga aylanmog‘i uchun nima qilish kerak? Buning uchun fanning har qanday sohasiga oid har qanday
mavzudagi ma’ruza uchta zaruriy fazilatga ega bo‘lishi lozim. Birinchi va eng asosiy fazilat ma’ruzaning mazmunli bo‘lishi, uning fikrlarga boy bo‘lishidir. G'oyaviy-siyosiy yo‘nalish va bilim qiymati eng qadrli narsadirki, bu narsa notiqqa muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi. Notiq gapirayotgan narsasini yaxshi bilmasa, har qanday ajoyib shakl, har qanday iste’dod notiqqa yordam bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |