Nutq texnikasi va orfoepiya
Yoqimli va jarangdor ovozga ega notiq o‘z tinglovchilarini ovozining shiradorligi bilan ham asir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun notiq o‘z ovozining kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zurur. Lozim bo‘lganda undan foydalana bilish malakasiga ega bo‘lishi kerak. 0 ‘z ovozida kamchilik sezgan notiq uni yo'qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt uzluksiz mashq qilib borishi lozim bo‘ladi. Chunki bir-ikki mashq bilan ovozni yaxshilab bo‘lmaydi. Notiqning ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lmog‘i lozim:
— jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
— keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha
bo'lgan darajasi);
— havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshitiluvchanlikka ega
bo'lishi);
— ixchamlik, harakatchanlik;
— chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo'lish);
— moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikaning eshitilish
sharoitiga moslasha olishi);
— qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi
shovqinga qarshi tembr va tessituaraning o‘zgarib turishi);
— suggestivlik (ovozning hayajonni ifodalash va bu orqali,
qanday so‘z aytilayotganidan qat’i nazar, tinglovchining xulqiga
ta’sir qilish xususiyati).
Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o'quvchiga yetkazishda qo'llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko'rinishda bo‘lganidan uning texnikasini ham ikki xil ko‘rsatish mumkin:
1. Og'zaki nutq texnikasi.
2. Yozma nutq texnikasi.
Og'zaki nutq texnikasi tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlami anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, diksiyaga e’tibor berish va undoshlami talaffuz etish, ohang kabilar kiradi.0 ‘zbek adabiy tili og'zaki nutq texnikasining rivojiga o'zbek madaniyatining atoqli namoyandalari — shoirlar, yozuvchilar, aktyorlar katta hissa qo'shdilar.
Hozirgi kunda ikki yo‘nalishda she’r o‘qish texnikasi mavjud bo‘lib, ulardan biri an’anaviy usul, ya’ni she’r turoqlarga, so‘z birikmalariga boiib o‘qiladi. Bu usulni keksa avlod ijodkorlarining she’r o‘qishlarida kuzatish mumkin. Ikkinchi usul E.Vohidov, A.Oripov, S.Sayyid, Iqbol Mirzo kabi shoirlarning she’r o‘qishlarida seziladi. Bu usulda, asosan, misradagi har bir so‘zga urg‘u beriladi, so‘zlar bir-biridan kichik pauza bilan ajratib o'qiladi.Yoshlar orasida keyingi yo‘nalishga, usulga ergashib she’r o'qish odat bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |