Misol uchun: Singapurda fuqarolar tomonidan yoʻllardagi nosozliklar boʻyicha platforma orqali habar qilinganda, muammoning ogʻir yoki yengilligiga qarab 2 soatdan 24 soatgacha favqulotda vaziyatlarni bataraf etish uchun yoʻl uchun masʼul boʻlgan tashkilotlar voqea joyiga yetib boradi va noqulaylikni bartaraf etadi. Agar murojaat yoʻllardagi nosozliklar yoʻl boʻyicha masʼul boʻlmagan boshqa tashkilot yoki korxonaga tegishli boʻlsa, bu haqida tegishliligiga koʻra platforma orqali shu tashkilotga yuboriladi.
Buyuk Britaniyada yoʻl harakati havsizligini tekshirish boʻyicha maxsus “Devon okrugi” deb nomlanadigan “Yoʻl harakati havfsizligi inpeksiyasi”mavjud boʻlib,ushbuinspeksiyaning asosiy vazifasi tashqi va ichki avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda avtomobil yoʻllariga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarni sarflashnishi ustidan nazoratni olib borishdan iboratdir.
Bundan tashqari Devon avtomagistral yoʻllarni xavfsiz holatda saqlash boʻyicha qonuniy majburiyatlarni bajaradi. Yoʻl foydalanuvchilari yoki keng jamoatchilik uchun xavf yoki jiddiy noqulaylik toʻgʻdirishi mumkin boʻlgan nuqsonlarni aniqlab, bartaraf etish choralarini koʻradi. Avtomobil yoʻllari tarmogʻini va kelajagdagi texnik xizmat koʻrsatish dasturini boshqarishda yordam beradigan maʼlumotlarni taqdim qiladi.
Ukrainada avtomobil yoʻllariga masʼul tashkilot – “Ukravtodor” tomonidan Interaktiv xarita yuritiladi (https://map.ukravtodor.org). Mazkur platformada ham barcha kategoriyadagi yoʻllarda olib borilayotgan qurilish, taʼmir ishlarini kuzatish bilan birga aholi tomonidan yoʻllardagi va tegishli uchastkalarda mavjud kamchiliklar, nosozliklar yuzasidan foto- va videomurojaatlar yuborish funksiyasi mavjud. Murojaatlar platformaga biriktirilgan maxsus dispetcher tomonidan oʻrganib chiqilib, muammo vujudga kelgan yoʻl uchastkasi uchun masʼul tashkilot va mahaliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi hamda vujudga kelgan mummo va uning yechimi boʻyicha olib borilayotgan ishlar statusi boʻyicha doimiy yangilangan axborot yuklab boradi.
Respublikada avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash borasidagi barcha maʼlumotlar joylashtiriladigan ochiq platformani imkon qadar tezroq yaratish va uni amaliyotga joriy etish natijasida yoʻl infratuzilmasiga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning sarflanishini nazorat qilish va yoʻllardan foydalanuvchilarga yoʻllardagi ayrim nosozliklar haqida xabar berish imkoni paydo boʻladi.
Ushbu platforma yaratilishi natijasida “Yoʻl jamgʻarmalarining barcha tushumlari real vaqt rejimida Platformada “onlayn-hisoblagich”da koʻrinib turadi.
Platformadan foydalangan fuqaro buzilgan yoʻllar aks etgan foto
va videoxabarlar, shuningdek, yoʻllarda vujudga kelgan tezkor texnik muammolar va yoʻl harakatiga toʻsqinlik qilayotgan omillar haqidagi maʼlumotlarni qoldirishlari mumkin boʻladi.