Respublika avtomobil yoʻllari milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, bugungi kunda tashqi va ichki savdo aloqalarini barqaror rivojlanishida asosiy poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.
Respublikada yoʻl infratuzilmasidagi jiddiy muammolar yoʻl-transport hodisalarini keltirib chiqarayotganligi oqibatda koʻplab insonlarning tan jarohat olishi, eng achinarlisi, insonlarning bevaqt vafot etayotganligi holatlari koʻpayib bormoqda.
Yoʻl-transport hodisalari haydovchilar tomonidan transport vositasini boshqarish qoidalariga amal qilmasligi bilan bir qatorda yoʻl organlari tomonidan avtomobil yoʻllarini texnik jihatdan soz holda saqlash majburiyatlarini bajarmasliklarini natijasida ham kelib chiqayotgani ma’lum.
Haydovchilarni transport vositasini boshqarish qoidalariga amal qilmaslik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Biroq, yoʻl organlari tomonidan avtomobil yoʻllari texnik jihatdan soz holda saqlash majburiyatlarini bajarmasliklari uchun javobgarlikka tortilganlik holatlari amaliyotda deyarli uchramaydi - desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga asosan huquqi buzilgan shaxs oʻziga yetkazilgan zararning toʻla qoplanishini talab qilishi mumkin. Biroq, nosoz yo’l tufayli yoʻl transport hodisasi natijasida fuqarolarga yetkaziladigan zararlarni qoplash tartibi aniq belgilab qoʻyilmagan. Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, yoʻl organlari yoʻllar va sunʼiy inshootlarni toza va soz holda saqlash, yoʻl qoplamalarining tekis boʻlishini doimiy ravishda taʼminlash, yoʻllarni oʻz vaqtida qordan tozalash va yaxmalak vaqtida sirgʻanishning oldini oladigan choralar koʻrishlari lozimligi taʼkidlab oʻtilgan.
Yoʻl organlari tomonidan avtomobil yoʻllarini texnik jihatdan soz holda saqlash majburiyatlarini qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida bajarmaslik natijasida transport vositasiga ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishi bilan bir qatorda yengil tan jarohati yetkazilishiga yoki fuqarolarni oʻlimiga olib kelishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 147-moddasiga binoan, yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni o’rni qoplash tartibi aniq belgilab qo’yilmagan. Shuningdek,
Shu asnoda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga “Yoʻl organlarining oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi natijasida fuqarolarga yetkaziladigan zararlar uchun javobgarlik” bo’yicha yangi modda kiritish maqsadga muvofiq.
Oʻzgartirishga asosan, avtomobil yoʻllarini texnik jihatdan soz holda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik natijasida transport vositasiga ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelganida, baholovchi idoraning xulosasiga asosan, avtomobil yoʻlida ekspluatatsiya ishlari topshirilgan tashkilot yetkazilgan moddiy zararlarni qoplab, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solinishi maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari, dunyoning ko’plab mamlakatlarida aholi yoʻllar nosozligi, shuningdek yoʻllarda va yoʻl boʻyida xavfsiz harakatlanish uchun to’siq paydo boʻlgan taqdirda favqulodda texnik muammolar (svetoforlar va yoʻl belgilar oʻrnatilmaganligi yoki ularga shikast yetganligi, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan hodisalar ortidan hosil boʻladigan oqibatlar) haqida foto
va videomurojaatlar qoldirish imkoniyati yaratilgan va mazkur sahifa orqali kelib tushgan murojaatlar yo’l organlari tomonidan majburiy koʻrib chiqiladi.
Jumladan, hozirda dunyo boʻyicha bu yoʻnalishdagi eng samarali tajribalar AQSH, Ukraina, Singapur, Buyuk Britaniyakabi malakatlarga toʻgʻri keladi.
Birgina Singapurda joriy qilingan “OneMonitoring”onlayn tizimida, aholiga qulaylik yaratish maqsadida maʼlum yoʻl uchastkalarini qurish boʻyicha onlayn-loyihalari quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
– qurilish, taʼmirlash ishlari olib boriladigan hudud onlayn-xaritasi;
– qurilish, taʼmirlash ishlarini olib borish zaruratini aks etgan asosnoma-axborot;
– qurilish, taʼmirlash ishlari olib boriladigan muddat;
– qurilish, taʼmirlash ishlarini olib boradigan tashkilot;
– qurilish, taʼmirlash ishlarini olib borilishi natijasida yoʻllar yopilishi shuningdek, jamoat transporti marshrutlarining oʻzgarishi boʻyicha maʼlumot
– fotohisobot.
Mazkur platformada kapital taʼmir, rekonstruksiya, yoʻllar boʻyida qurilish ishlari, joriy taʼmirga oid maʼlumotlar aks ettiriladi.