«noshirlik asoslari» fanidan o`quv-uslubiy majmua (1-kurslar uchun) Samarqand – 2021 annotatsiya



Download 1,37 Mb.
bet21/26
Sana25.01.2023
Hajmi1,37 Mb.
#902226
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
8ee1e88e2cee1b3d8e4e94dc9eb73d8e NOSHIRLIK ASOSLARI

Adabiy tahrir – matnni adabiy til me’yorlari, muayyan uslubga moslab ishlov berish jarayoni. Mazkur jarayon, asosan, tahrir bo’yicha mutaxassis – muharrir tomonidan amalga oshiriladi. Nashr jarayonining asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Abdulhaq Kotib (1808, Toshkent -1886) — xattot. Abdulhaq kotib Buxoroda ta’lim olib qaytgach, o‘z shahridagi ma-drasada mudarrislik qilgan. 1881—84 yillarda Arabiston, Misr mamlakatla-riga va Istanbul shahriga sayohat qilgan. Ta’liq, riqo’, suls, nasta’liq xatla-rini yaxshi o‘zlashtirgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida u ko‘chirgan o‘ndan ortiq qo‘lyozma mavjud.
Annotatsiya (lot. - qayd) – bosma asar yoki qo’lyozmaning qisqacha tavsifi
Atama – muayyan narsa, voqea va hodisani nomlovchi so’z. masalan, tuproq, qo’zg’olon, shamol.
Axborot (ar. Xabarlar: birligi xabar)- ommaviy axborot vositalari, bosma nashrlar va boshqa turli vositalar, belgilar, ishoralar yoeramida yetkazilgan, ma’lum qilinadigan, ko’rsatiladigan ma’lumot. Yana qarang. Informatsiya
Avtograf (lot.aymoc. – o’zi yozmoq) – 1) muallifning o’z qo’li bilan yozilgan asl nusxa, matn; 2) o’z qo’li bilan yozilgan yozuv yoki kitob, rasm, fotosurat va b.ga qo’yilgan imzo.
Avtoreferat – muallifning o’zi, masalan, dissertatsiya muallifining o’zi tomonidan qisqacha bayon etilgan ilmiy tadqiqot.
Adad – bir nomdagi yoki bitta muallif bosma nashrining miqdoriy ko’rsatkichi.
Alifboli ko’rsatkich – hujjatlar sarlavhasi, kontekstida mavjud bo’lgan tayanch so’zlarning alifbo tartibida berilgan ko’rsatkichi. Bu tayanch so’zlardan rukn sifatida foydalaniladi va avvalgi hamda keying matn bilan birga beriladi, shu yo’l bilan har bir rukn aniqlanadi.
Alifboli katalog – catalog, bunda bosma asar tavsifi muallifning alifbo tartibidagi familiyalari, shuningdek, 3 dan ortiq muallifga taalluqli yoki muallifi ko’rsatilmay nashr etilgan asarlarning sarlavhasi alifbo tartibida (u;arning mazmunidan qat’iy nazar) joylashtiriladi. Kutubxona yoki axborot idorasining asosiy ma’lumotnoma – bibliografiya vositalaridan biri. Uning yordamida kitobxon biror muallifning asarini topishi, kitob saqlanadigan xonadagi o’zini qiziqtirayotgan kitob shifrini aniqlashi va unga buyurtma berishi mumkin.
Almanax – turli mualliflarning mavzu, janr, g’oyaviy, siyosiy yoki qandaydir boshqa belgilari bo’yicha birlashtirilgan adabiy asarlarning davriy bo’lmagan yoki davom etuvchi to’plami.
Analitik sharh – muayyan vaqt oralig’ida masalaning holatiga analitik baho beriladigan sharh. Tahlil etilayotgan materiallarning dalillangan tavsifidan iborat bo’ladi, unda asoslangan amaliy tavsiyalar beriladi. Ilmiy tadqiqot ishining bir qismi sifatida qaraladi.
Argument (lot.argumentum - vaj) – isbotlashning sezirarli darajada ishonchliligini belgilovchi unsure; ishbotlashga asos bo’lib xizmat qiluvchi mantiqiy dalil. Isbotlash asosi sifatida qaraladigan argumentlarning ko’proq uchraydigan (odatiy) turlari; a) ilgari isbotlangan qoidalar; b) isbotlangan (bevosita qabul qilingan, eksperiment vaqtida kuzatish yo’li bilan qayd etilgan) dalillar haqidagi mulohaza; c) aksiomalar, d) yechimlar.
Asl nusxa – 1) qo’lyozma, asarning haqiqiy (ko’chirmasidan farqli) nusxasi, 2) qo’lyozma, unga asosan bosmaxonada bosish amalga oshiriladi; 3) boshqa tilga tarjima qilish uchun asos hisoblanuvchi matn.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish