O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
«NOSHIRLIK ASOSLARI» FANIDAN
O`QUV-USLUBIY MAJMUA
(1-kurslar uchun)
Samarqand – 2021
ANNOTATSIYA
“Noshirlik asoslari” fanidan yozilgan o`quv-uslubiy majmua noshirlik tarixi, turi, tipi, texnologik asoslari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib, o’quvchilarning noshirlik asoslari to’g’risidagi bilimlarini shakllantirishga qaratilgan. O`quv-uslubiy majmuada har bir mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, bugungi davr nashriyot ishiga alohida e’tibor qaratilgan va izchillik bilan yoritilgan.
Tuzuvchi:
Mahfuza Davronova
Taqrizchi:
Dots. S.Tohirov
O`quv – uslubiy majmua “Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi” kafedrasining 2021-yil 28. 08 dagi 1-sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tdi.
Kafedra mudiri___________ Sh.A.Hasanov
Fanning ishchi o‘quv dasturi fakultet ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (30.08.2021-yil. № 1-bayonnoma).
Fakultet ilmiy kengashi raisi _____________A.Pardayev
O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i ____________B.Aliqulov
Samarqand-2021
1-MA’RUZA: “NOSHIRLIK ASOSLARI “ FANIGA KIRISH
REJA:
“Noshirlik asoslari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Noshirlikning o‘ziga xos xususiyatlari
Nashriyot va unga munosabat
Bugungi kun nashriyotida muammo va yechimlar
Kalit so‘zlar: noshir, nashriyot, fan, predmet, maqsad, vazifa
“Noshirlik asoslari” noshirlik xususidagi fan bo‘lib, asosan nashr ishlari bilan shug‘ullanish, u haqdagi bilimlarni o‘zida jamlash, kitob nashr etish, matbuot nashrlari xususida muxtasar ma’lumot beradi. “Noshirlik asoslari” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi.Mazkur fan noshirlik ishiga oid boshqa fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o`z rivojida aniq yo`nalishdagi fanlar uchun zamin bo`lib xizmat qiladi, talabalarning adabiy-estetik tafakkurini yuksalishiga hamda ularning noshirlik ishi yuzasidantasavvurga ega bo‘lishida yordamlashadi.
“Noshirlik asoslari” fani noshirlik ishining tarixi, kitob tarixi, bosma ishlar tarixi, gazetalar va jurnallarni nashr qilish tarixi, noshirlik ishiga oid davlat hujjatlari, noshirlik ishining texnologik sxemasi, noshirlik mahsulotlarining turi va tiplari, qo‘lyozma va originalni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidabilimga ega bo‘lish va ulardan foydalanaolishga o‘rgatadi.
Ushbu fan asosida talaba noshirlik mahsuloti o‘lchash birliklari, poligrafik ishlar uchun materiallar, noshirlik mahsulotida chiqish ma’lumotlari, kitoblarni raqamlashning xalqaro standartlari, seriyali mahsulotlarni raqamlashning xalqaro standartlarini qo‘llashko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
“Noshirlik asoslari” faning asosiy ob’yektini kitob tashkil etadi. Kitob xususida so‘z ketganda uning genezisida murojaat etishga to‘g‘ri keladi.Kitob —axborotlarni,g‘oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targ‘iboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga ko‘ra, hajmi 48 sahifadan kam bo‘lmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, kitob deyish qabul qilingan.
Kitob ishi kitobni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va o‘rganish bilan bog‘liq katta jarayonni o‘z ichiga oladi. Fan, adabiyot, san’at asarlaridan matbaada ko‘paytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. Kitobni ko‘plab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatida olib boriladi. Kitoblarni to‘plash, saqlash, o‘quvchilar o‘rtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi. Kitob va boshqa bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan o‘quvchilarga ma’lumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir va h.k.
Kitobning paydo bo‘lish tarixi yezuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan o‘zviy bog‘liq. Yozuvningto‘zilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining o‘ziga xos tomoni va boshqa ma’lum darajada kitob tuzilishini ham belgilab berdi. Qadimgi Misr, Rim, Yunoniston va O‘rta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va boshqa materiallarga yozib fikrini izhor etganlar. Har bir kitobo‘nlab shunday materiallardan tayyorlangan plitalardan iborat bo‘lib, og‘irligi bir necha kg bo‘lgan. Yozuv materiali sifatida papirus usimligi ishlatilishi (miloddan avvalgi IV—III ming yilliklarda) bilan o‘rama kitoblar paydo bo‘ldi. Bunday kitoblarning o‘zunligi o‘rtacha 10 m atrofida bo‘lib, ingichka, yumaloq tayoqlarga o‘ralgan va maxsus charm yoki yog‘och g‘iloflarda saqlangan. Sharq mamlakatlari, Qadimgi Rim va Yunonistondagi ko‘pgina nodir asarlar papirusga bitilgan. Miloddan avvalgi II asrga kelib kitob materiali sifatida pergament (teri)dan foydalanish keng rasm bo‘ldi. Dastlab bunday kitobo‘rama holda saqlangan. Ayrim ma’lumotlarga Qaraganda, O‘rta Osiyoda, xususan, Xorazmdamiloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida vujudga kelgan zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Avestoning qadimgi nusxasi ham 12 ming mol terisiga bitilgan. Arablarning O‘rta Osiyodagi istilosiga qadar (VIII-X asrlar) u yerda ko‘p nodir kitoblar saqlangan kutubxonalar bo‘lgan. Lekin ularning ko‘pi bosqinchilik urushlari natijasida yo‘qotib yuborilgan. II – IV asrlardan boshlab qadimgi Rimda xuddi hozirgi kitoblarning varaqalari singari buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga biriktirilgan, muqovali kitoblar — kodeksi paydo bo‘ldi. Ular dastlab papirus, so‘ng pergamentga yozilgan. Bunday kitoblar og‘ir va besunaqay edi. VI asrdan boshlab kodeks shakli asosida hozirgi ko‘rinishdagi kitoblar paydo bo‘ldi. Teriga ishlangan noyob kitoblardan biri — Musrdagi Usmon Kur’onidir. Qur’oniKarimning bu nusxasi 644-656 yillarda xalifa Usmon ko‘rsatmasi bilan Muhammad (sav)ning kotiblari Zayd ibn Sobit, Amir ibn alO‘s va Hishom ibn Hakimlar tomonidan kufiy xatida yozilgan. Mazkur qo‘lyozma kitob Amir Temur tomonidan Samarqandga olib kelingan. Jami 353 varaq, hajmi 68x53x22 sm. O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.
Qog‘ozning kashf qilinishi kitob tarixida yangi davr ochdi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 650 yillardayoq Samarqandda qog‘ozli kitoblar bo‘lgan. XIII asrdan Yevropada qog‘oz asosiy yozuv materiali bo‘lib qoldi. Qog‘oz kitobning ko‘payishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. kitob bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, O‘rta Osiyoda o‘rta asrlarda xattotlik san’ati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning ko‘p avlodlari kitob tayyorlash usulini — materiallar, siyoh, xat ko‘chirish texnikasini takomillashtirib bordilar.
X-XII asrlarda Movarounnahrda muayyan soxa sifatida shakllangan kitobat san’ati XIV-XV asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga kutarildi. Har bir kitob qog‘ozidan tortib muqovasigacha, siyoxdan to buyoqlari-yu zarhaligacha ma’lum me’yordagi modda, reja va qoida asosida tayyorlanadi, hatto kitobdan xushbo‘y hid anqib turishi uchun ba’zan siyohga gulob yoki anbar qo‘shilardi. Qo‘lyozmalar nafis husnixat, zarafshon (tilla suvi sochish), suvli buyoqlar bilan hoshiyaga nafis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. XV-XVI asrlarda bir qancha iste’dodli xattot, musavvir, lavvoh va saxdoflar (Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va boshqalar) yetishdi. Hirot xattotlariga ustozlik qilib, kitobat san’ati ravnaqiga ulkan hissasini qo‘shgan xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Sa’diy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqalarning asarlarini ko‘chirib shuhrat qozondi. Sultonali tomonidan ko‘chirilgan 50 dan ziyod kitob bizning davrimizgacha yetib kelgan. Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar o‘rta asrning o‘ziga xos hunarmandchilik korxonasi bo‘lib, ularda qo‘lyozma kitoblarni to‘plash va saqlash bilan birga kitobsozlik bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutubxonalarining boshliqlari „kutubxona dorug‘asi“ yoki „kitobdor“ deb atalgan. Ularning qo‘l ostidagi ko‘plab xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar kitob yaratishga doyr turli vazifalarni bajarishgan. Masalan:XV asrning birinchi yarmida HirotdaUlug‘bekning ukasi Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh qo‘lyozma asarlardan nusxalar ko‘chirish va ularni bezash bilan band bo‘lgan. Har bir qo‘lyozma kitob bir necha mutaxassis qo‘lidan o‘tardi. 1425-29 yillarda Ja’far Boysunqur tomonidan Abulqosim Firdavsiyning mashhur „Shohnoma“ asari ko‘chirilib, 20 ta turli mazmundagi rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan. Noyob san’at asari sifatida bu kitob Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham o‘z davrida mashhur bo‘lgan. Navoiy badiiy qo‘lyozma san’atini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Uning bevosita ko‘magi bilan Behzod, Sultonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi o‘nlab kitobsoz ustalar yetishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va an’analari keyingi yillardagi kalligrafiya san’atining asosini tashkil etdi. Turkistonda xattotlik yo‘li bilan kitob tayyorlash uzoq vaqt davom etdi. Hatto kitob bosish kashf qilingandan keyin ham, dastlabki vaqtlarda kitoblar qo‘lyozma yo‘li bilan ko‘paytirilar edi.
Kitob nusxalarini ommaviy ko‘paytirish yo‘lidagi izlanishlar natijasida ksilografiya paydo bo‘ldi. XV asrning 40-yillarida Germaniyada Iogann Gutenberg tomonidan kitob bosish ixtiro qilinishi kitob taraqqiyotida yangi davr ochdi. Kitob bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa mamlakatlarda ham tarqala boshladi.
Turkistonda bosma usuli bilan kitob chiqarish O‘rta Osiyo Rossiyagaqo‘shib olingandan keyin tarqaldi. 1868 yil Toshkentda Turkiston harbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi va sayyohi N.A.Seversovning „Chu va Norin tizmalari etagidagi tog‘li o‘lka to‘g‘risida lavhalar“ (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma Kitobdir. O‘zbek tilidagi birinchi bosma kitob Shohimardon Ibrohimovning 1871 yil Xivada bosilgan „Kalendar“idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Bo‘lardan Otajon Abdalov (Xivada), Semyon Laxtin (Toshkentda), G‘ulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyalari mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi.
Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng sovet tuzumi davrida kitob bosish ishi birmuncha rivojlanib, ommaviy kitoblar yaratish ishiga katta ahamiyat berildi. Lekin kitobga, boshqa ommaviy axborot vositalari kabi, KPSS va Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu maqsadda juda ko‘p nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy siyosiy, badiiy, ilmiy kitoblar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20-30yillarda, O‘zbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qo‘lyozma kitoblar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi kitoblar, keyinroq katag‘onga uchragan o‘zbek yozuvchilarining asarlari yo‘q qilina boshlandi: o‘tda kuydirildi, suvga tashlandi.
Istiqloldan keyingi yillarda kitob mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin o‘zgarish bo‘ldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli kitoblar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qur’oni karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi (1991 yil, „Cho‘lpon“ nashriyotida; 2001 yil, Toshkent Islom un-ti nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli „Hadis“lari (1991-96 yillar, Qomuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui bilan bog‘liq o‘nlab kitoblar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli to‘la asarlari (1998-2002, O‘zbekiston FA „Fan“ nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulug‘bek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va boshqalarning asarlari, 33 jildli „Xotira“ kitobi chiqarildi. „O‘zbekiston“ nashriyotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997-2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talabehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, ommabop, darslik va boshqa tur kitoblar nashr etmoqdalar. Kitoblarning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormokda.
Kitoblarning to‘zilishi va turlari. Hozirgi kitoblar o‘quvchilar talabi va estetik didiga ko‘ra muayyan shaklga ega. Kitob sahifalarga ajratilib, o‘rtasidan tikiladi va muqovalanadi. Muqovaning kitob sahifalari bilan biriktirilgan qismi forzats deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygiziladi. Kitobning bosh qismida sarvaraq (titul list) bo‘ladi. Unda muallif ismsharifi, kitobning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va boshqa yoziladi. Sarvaraq qo‘sh sahifada bo‘lishi mumkin; bu holda u kitobning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq ma’lumotlarining ayrimlari Kitobning l-sahifasi — peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qo‘yiladi. Ba’zi hollarda sarvaraq o‘rnida sarrasm (frontispis) bo‘ladi. Matnning mazmuniga karab, kitobda turli usulda sarlavhalar qo‘yiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada beriladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmutstitul) deyiladi. Kitobning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolonsifr)lari undan foydalanish ishini osonlashtiradi. Shuningdek, kitobda mundarija, muqaddima, xotima, annotatsiya, ilova, izoh, turli ko‘rsatkichlar, bibliografik ro‘yxatlar ham bo‘lishi mumkin. Kitob sahifasining hajmi uning nashr bichimi bilan belgilanadi.
Kitoblar qanday o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. O‘quvchilarga ko‘ra, kitoblar ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi bo‘lishi mumkin. Maqsadiga ko‘ra, rasmiy, ilmiy, ilmiyommabop, o‘quv, adabiy-badiiy, ma’lumotnoma va boshqa xil kitoblarga bo‘linadi. Ilmiy kitoblar ichida monografiya keng tarqalgan. O‘quv kitoblari darslik, o‘quv qo‘llanmasi, o‘quv metodik qo‘llanma va boshqa turlarga ajratiladi. Ma’lumotnomalar esa lug‘at, ensiklopediya, kalendar, yo‘l ko‘rsatkichlar qabilarga bo‘linadi.
Demak, kitob yaratish tarixiga nazar tashlansa, unda ikki xil jarayon ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Birinchisi – qo‘lyozma kitoblar. Ikkinchisi – bosma kitoblar. Umuman, bu ikki jarayon ham kitob nashri bilan shug‘ullanganligi aniq haqiqatdir.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, nashr va nashriyot ishi qadimdan barcha xalqlarning asosiy e’tiborli jarayoni hisoblangan. Ularda bor bilimlarni saqlash va avlodga qoldirish asosiy vazifalardan biri bo‘lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.KatsprjakE.I. Istoriyaknigi, M., 1964
2.SidorovA.A. Kniga i jizn. M., 1972
3.Lyublinskiy B.S.Kniga v istorii chelovecheskogo obhestva. M., 1972;
4.RustamovM. O’zbekkitobi. T., 1968;
Murodov A. O’rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan . T., 1971;
Ziganshina N.A.Musavvir va kitob. T., 1987.
WWW ziyo.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |