Reja: 1.Norvegiya haqida 2.Norvegiya puli haqida 3.Norvegiya banklari haqida Norvegiya haqida NORVEGIYA (Norge), Norvegiya Qirolligi (Kongeriget Norge) — Shim. Yevropadagi davlat. Skandinaviya ya. o. ning gʻarbiy va shim. qismida. Mayd. 387 ming km2. Aholisi 4,5 mln. kishi (2002). Poytaxti — Oslo sh. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo sh. ga boʻlinadi. Shpisbergen arxipelagi, Medvejiy, Yan Meyen va Buve o. lari ham Norvegiyaga karaydi.
Davlat tuzumi. Norvegiya — konstitutsiyali monarxiya. 1814-y. 17-mayda qabul qilingan N. Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1991-y. 21 yanv. dan Xarald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi pala-tasi odelsting) parlament — storting amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni tayinlaydi.
Tabiati. Norvegiya — togʻli oʻlka. Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland; dengiz sohilidagina pasttekislik bor. Gʻarbiy qir-gʻogʻida tik yon bagʻirli tor qoʻltiq (fyord) koʻp. Yirik orollari — Lo-foten, Vesterolen, Senya, Mageryo va b. Hududining katta qismini Skandinaviya togʻlari ishgʻol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen togʻi — 2470 m). Foydali qazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumush rudalari. Shim. dengizning quruklikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. Iklimi moʻtadil, shim. chekkasida subarktika, sohilida okean iklimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da —2—4°, jan. da 2°. Yozi salqin, tez-tez yomgʻir yogʻadi.
Yillik yogʻin 1000—3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari — Glom-ma, Logen (Gudbransdal), Logen (Nu-medal). Katta gidroenergiya salohiya-tiga ega boʻlgan bu daryolar qor, yomgʻir va muzliklardan toʻyinadi. Eng katta koʻli — Myosa. Asosiy tuprogʻi — yupqa tundra tuprogʻi, jan. da togʻ podzol tup-rogʻi uchraydi. Mamlakat hududining 27% oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, bugʻu, quyon, tiyin, lemming va b. bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va tyulen koʻp.
Aholisining 97% norveglar. Saamlar, kvenlar, shvedlar, danlar, ne-mislar va b. ham yashaydi. Rasmiy til — norveg tili. Rasmiy din — lyuteranlik. Shahar aholisi 50%. Yirik shaharlari — Oslo, Bergen, Tronxeym va b.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. N. ishchi partiyasi, 1887-y. asos solingan; Markaz partiyasi, 1920-y. tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973-y. tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884-y. asos solingan; Sotsialistik soʻl partiya, 1975-y. tashkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933-y. tuzilgan.
Xeyre, konservativ partiya, 1884-y. asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari marka-ziy birlashmasi, 1899-y. tashkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Xujaligi. Norvegiya — rivojlangan indoʻst-rial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6%, q. x. ulushi 2,9%. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |