6.Murojaat kodi - badiiy matn birliklarida biror shaxs, narsa va jonzotlarga
murojaat qilinadi. "Hayot nega bu qadar go`zal va shirin bo`ladi bahorda?" (21)
bahorga murojaat tarzda.Yoki asarda 15-16 yoshli Zebi erini qotili sifatida
ayblangandan so`ng,onasining telba bo`lib qolganidan har kimga qizining
chevarligi, xushovozligini maqtab “Yoriltosh” kuyida o`zi to`qigan baytlarni
aytishi.
Zebi,Zebi,Zebona,
Men kuyingda devona.
Seni sotdi o`z otang,
Men bo`layin sadag`ang!
Zahar qilib oshingni,
Pirim yedi boshingni!
Zebi,Zebi,Zebonam!
Qayda qolding,dilbarim?..(272)
7.Ramziy kod - badiiy matnni ta`minlaydigan kod. Yuqorida keltirilgan
badiiy matn to`lig`icha ramziy kodga misol bo`ladi. Ramz - Zebining yoshligi,
go`zalligi, qahramon hayotida sevgi faslining boshlanganligiga ishora.
Do'stlaringiz bilan baham: |