5.Ilmiy kod - matndagi ilm-fanga oid fikr atama va nuqtayi nazarlarni
ifodalaydi.Masalan Asqad Muxtorning “Poeziya”asarida shunchaki suv H2O
tarzda keltirilishi ilmiy kodga misol bo`ladi. Faxriyorning “Giometrik bahor”
sheriy to`plamida ham bir nechta giometrik figuralar chizmasidan foydalanilgan
she’rlar bor.
6.Axloqiy kod – bunda muayyan bir xalqning axloqqa oid qarashlari
muomalasi,axloqiy olami ifodalanadi.Masalan, Abdulla Qodiriyning “O`tkan
kunlar ”romanida Kumushbibining o`limi oldidan Yusufbek Hojiga qilgan
harakatini esga olaylik,zaxarlanib o`lim bilan olishayotgan Kumushbibi qaynotasi
Yusufbek Hojikirib kelishi bilan o`rnidan turmoqchi bo`lgani axloqiy koddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |