Mavzuning o`rganilish darajasi. Sutrukturalizm fanining paydo bo`lishi
etnografiya,etnalogiya,psixalogiya,filologiya
fanlarining
izlanishlari
samarasidir.Fransuz etnoligi Klord Levi Stross tadqiqotlarida strukturalizmning
poydevori yaratilgan.Bu olim Markaziy va Janubiy Amerika miflarini yig`ish
bilan shug`ullangan.Undan so’ng yana bir fransuz olimi Rolan Bart zamonaviy
asotirlar yaratdi.Bundan tashqari uning “ Избрини работы” , “ Поэтика и
семиотика”, “Tillarning urushi”, “Muallifning o`limi”, “Matn lazzati”, “Bir
hikoyaning struktural tahlili”, “Belgi tassurotining asaridan matn sari”, “Adabiyot
va ramziy til”, “Mifologiyalar” asarlari ham bu fanning o`rganilishi uchun
dasturulamal bo`lib kelmoqda. Bundan tashqari Mixayl Baxtinning “Polifonik
taffakkur”, Jan Marining “Strukturalizm kalit”, Lokanning “Matnlar” kabi
asarlarida ham struktur tahlillar o`rin olgan. Ushbu tadqiqotlar Yevropa struktur
adabiyotshunoslari tomonidan yaratilgan.
Yuqorida aytib o`tkanimizdek , o`zbek adabiyotshunosligida bu fan XXI
asrning boshlarida kirib keldi. Bu yo`nalishda biror bir yirik tadqiqotlar amalga
oshirilmagan bo`lsada, turli maqolalar,tezislar chop etilib, bu boradagi
izlanishlarning allaqachon boshlanganini ko`rsatadi.Hatto birinchi bosqich
Adabiyotshunoslik(o`zbek)
mutaxassisligi
magistrantlari
uchun
“Adabiyotshunoslikda struktural metod” faning o`qitilishi ham o`zbek
adabiyotshunosligida strukturalizmning rivojlanishiga katta imkoniyatlar
yaratilganigan dalolat beradi.
“O`zbek tili va adabiyoti” jurnalining 2000- yilda keyingi sonlarida
strukturalistik tahlillarga bag`ishlangan bir qancha izlanishlar nashr qilindi.
Jumladan, G`ayrat Murodov, Qurdosh Qahramonov, Dilmurod Quronov, Suvon
Meliyev, Muhammadjon Xolbekov, Uzoq Jo`raqulovlar kabi olimlar salmoqli
ishlarni amalga oshirdilar.
2008-yil
O`TAning
2-sonida
chop
etilgan
Suvon
Meliyevning
"Strukturalizm va struktur tahlil" maqolasi, 2009 yil O`TAning 5-sonida struktur
yondashuvlar aks etgan birvarakaiga ikki maqola Qurdosh Qahramonovning
«Adabiy tanqidda struktur metod talqini» va G`ayrat Murodovning «Kecha va
kunduz» romanida zamonaviy tafakkur in`ikosi», 2011 yil O`TAning 1-sonida
Nafisa Aliyevaning «O`tkan kunlar»da psixoanalitik holatlar nomli, 2013-yil
O`TAning 2-sonida Muhammadjon Xolbekovning «Rolan Bart va struktur
adabiyotshunoslik» kabi maqolalari chop etildi. Dilmurod Quronovning
“Cho`lpon nasri poetikasi” (Toshkent, “Sharq” 2004y) asarida ham bir necha
o`rinlarda sutruktur qarashlarning borligini ko`rish mumkin.
Biz olib borayotgan mazkur tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati
shundaki, yuqoridagi olimlarning tadqiqotlaridan farqli o`laroq, “Kecha va kunduz
” romanini struktural-matniy tahlilini noan’anaviy tarzda amalga oshiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |