2-M A ‘ R U Z A
Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari
REJA
O’sish va rivojlanishto’g’risida tushincha
O’sish va rivojlanishning yoshga oid davrlari
Geteroxroniya xodisasi haqida tushincha
Akselerasiya hodisasining fiziologik mohiyati
Tayanch iboralar: o’sish, rivojlanish,ontogenez davrlari, geteroxroniya, akselerasiya, embrion, homila rivoji, pubertat davri, psixik akselerasiya jismoniy rivojlanish bosqichlari
Nazorat savollari
O’sish va rivojlanishni tushintirib bering?
O’sish va rivojlanishning yoshga oid davrlari qanday bo’ladi?
Geteroxroniya haqida ma’lumot bering?
Akselerasiyaning mohiyati haqida ma’lumot bering?
Bolalar organizmining jismoniy rivojlanishi haqida tushincha bering?
O’sish va rivojlanish to’g’risida tushincha
Odam organizmi tuxum hujayra shakllanishidan to nobud bo’lgunicha juda murakkab bo’lgan o’sish va rivojlanish jarayonlarini kechadi. Shu davrda sodir bo’ladigan morfologik va funksional o’zgarishlar shaxsiy rivojlanish- ontogenezni tashkil qiladi. O’sish deganda, odam hujayralari soni va og’irligining ortishi hisobiga gavdasi og’irligi va o’lchamining kattalashishi tushiniladi. Hamma to’qimalar o’sadi, biroq bu jarayonlarning tezligi odam umrining turli davrlarida bir xil bo’lmaydi va turli sistemalar tarkibiga kiradigan to’qimalar va organlar uchun bir vaqtda sodir bo’lmaydi.
O’sish jarayonining yoshga oid chegaralari mavjud:
O’smir qizlar uchun bu jarayon taxminan 16-18 yoshgacha, o’smir o’g’il bolalar uchun esa 18-20 yoshgacha davom etadi. Hujayralar miqdori ortishi bilan bir vaqtda sifat o’zgarishlari ham yuz beradi, ular funksional ahamiyati turlicha bo’lgan to’qimalarning morfologik rivojlanishi va hosil bo’lishi, ularning murakkab organlarga birikishi, ayrim tuzilmalarga xos morfologik belgilarning shakllanishidan iborat.
Odam butun hayoti davomida rivojlanib boradi. Etuk yoshda boshlanadigan qarish jarayoni ham shunga kiradi. Rivojlanish jarayoni organlar va ular sistemalari faoliyatining umumiy aloqalarining murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga yurak-tomir, hazm qilish, tayanch- xarakatlanish sistemalari va boshqa tuzilmalarning takomillashuvini ko’rsatib o’tish mumkin.
Demak, o’sish-bu organizmning o’z tuzilishi va shaklini saqlagan xolda miqdor jihatidan ortishidir.
Rivojlanish esa organizmning sifat jihatidan yangilanishidir.Odam organizmi doimo o’sish va rivojlanish hisobiga murakkablashib, takomillashib boraveradi. Yosh bolalarda tana organlarining o’sishi va rivojlanishi turli yoshda turlicha bo’ladi.Bola hayotining birinchi yili o’sish,rivojlanishning eng jadal davri hisoblanadi.Bolalar yana balog’at yoshida 11-15 yoshlarda juda jadal o’sish va rivojlanish davrini o’taydilar.Bola tug’ilganida uning bo’yi 50 sm bo’lsa, bir yoshga kirganida 75-80 sm gacha o’sib,rivojlanadi. Gavda og’irligi yangi tug’ilgan bolada 3kg bo’lsa, birinchi yilning oxiriga borib,9,5-10 kg gacha etadi. Keyinchalik toki balog’atga etish davrigacha bolaning o’sishi va rivojlanishi bir oz sekinlashadi. O’sish va rivojlanishning ikkinchi tezlashish davri bu-balog’at yoshi davriga to’g’ri keladi.
Yangi tug’ilish davridan toki to’lig’icha voyaga etish yoshigacha tana uzunligi-3,5 marta, gavda uzunligi-3 marta, qo’llar uzunligi-4,5 marta, oyoqlar uzunligi esa-5 martagacha
ortadi.Xuddi shuningdek odam organizmida suyaklar ham yoshga oid o’sib boradi. Asosiy tana suyaklarimiz 14-20-25 yoshgacha o’sib bo’ladi. Faqat umurtqa pog’anasining dum umurtqasi qismi 30 yoshgacha o’sishda davom etadi.
O’sish va rivojlanishning yoshga oid davrlari.Hozirgi vaqtda ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda Jaxon Sog’liqni Saqlash tashkiliti(VOZ) mutaxassislari ishlab chiqqan tizimga muvofiq odam ontogenezi quyidagi davrlarga bo’linadi:
1.Chaqaloqlik davri-1kundan-10 kungacha 2.Emadigan davr-10 kundan-1 yoshgacha 3.Erta bolalik(Go’daklik) davri- 1-3 yosh 4.Birinchi bolalik davri-4-7 yosh
5.Ikkinchi bolalik davri-o’g’il bolada-8-12 yosh(qiz bolada 8-11 yosh) 6.O’smirlik davri-o’g’il bolada-13-16 yosh(qiz bolada-12-15 yosh) 7.O’spirinlik davri-o’g’il bolada-17-21 yosh(qiz bolada-16-20 yosh) 8.Etuklik davri:I-bosqich-erkaklarda 22-35 yosh(ayollarda-21-35 yosh) II-bosqich-erkaklarda 36-60 yosh(ayollarda-36-55 yosh)
9.Keksalik davri-erkaklarda 61-74 yosh(ayollarda-56-74 yosh) 10.Qarilik davri-erkak va ayollarda-75-90 yosh
11.Umrboqiylik davri-erkak va ayollarda-90 yosh va undan ko’p B O L A L I K D A V R L A R I
1.Chaqaloqlik-tug’ilgandan keyin 4 xaftachacha 2.Emizaklik-4 xaftadan bir yoshgacha
Yasli davri-3 yoshgacha
Maktabgacha davr-3yoshdan-6 yoshgacha 5.Boshlang’ich maktab davri-6 yoshdan-10 yoshgacha 6.O’rta maktab davri-11 yoshdan-14 yoshgacha 7.O’smirlik-15 yoshdan-18 yoshgacha
3.Geteroxroniya xodisasi haqida tushincha. Yangi organizmning hayoti tuxum hujayraning urug’lanishidan boshlanadi. Keyingi tuxum hujayraning ko’p sonli bo’linishi natijasida hujayralar soni tez ko’paya boradi. To’rt kecha -kunduzda ular 58 taga, to’rt yarim kecha- kunduzdan boshlab 107 taga etadi. Hujayralar yig’indisidan muayyan ixtisoslashgan tuzilmalar shakllanib, ulardan asta-sekin asab, yurak qon-tomir, ovqat hazm qilish, tayanch-harakatlanish va turli to’qimalar hamda organlardan tashkil topgan boshqa sistemalar rivojlanadi. 12-13 kunlik bo’lgan urug’langan hujayra 2mm atrofida uzunlikka ega bo’ladi,uch oyda esa 9-10 sm ga uzayadi.Hayotining ikkinchi oyidan boshlab ona organizmida rivojlanayotgan murg’ak organizm-embrion deyiladi. Uchinchi oydan boshlab-homila davri boshlanadi. Ona organizmida homilaning hayoti o’rtacha 280 kun davom etadi.
Organizmning normal holatida o’sish va rivojlanishi juda uzviy bog’langan va o’zaro bir- biriga ta’sir qilsada,biroq ular bir vaqtda sodir bo’lmaydi xamda turlicha tezlikda boradi. Chunki biror organ to’qimasining massasi ortishi uning ayni vaqtda funksional jihatdan takomillashivuni bildirmaydi. Bu hodisa-geteroxroniya- ya’ni rivojlanishning notekisligi deb ataladi. U chaqaloqning yashab ketishini ta’minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar boshqa organlardan tezroq rivojlanadi.Funksional sistemalarning rivojlanishida geteroxroniya quyidagilarda namoyon bo’ladi: hayotining birinchi yilida tayanch-xarakatlanish organlari, jadal suratda o’sadi va rivojlanadi. Tananing uzunligi bir yarim marta,massasi esa uch marta ortadi va bolaning vazni hayotining birinchi yili oxirida 9-12 kg ga ortadi. Uch yoshda bo’yning yillik o’sishi 10 sm ga etadi,uch yoshdan etti yoshgacha esa 6 sm ni tashkil etadi.Etti yoshga borib bola yuragi 4-5 baravar kattalashadi. Bosh miyasining vazni 1400g ga etadi.
Qiz va o’g’il bolalarda p u b e r t a t nomini olgan bu davr, ya’ni balog’atga etish davri hisoblanadi. Bu davr qiz bolalarda 8-9 yoshdan 16-17 yoshgacha, o’g’il bolalarda esa 10-11 yoshdan 16-19 yoshgacha davom etadi. Demak, notekis rivojlanish hodisasi –geteroxronizm turli tuman funksional sistemalarni tashkil etgan va ontogenezning muayyan bosqichida organizmning yashab ketishini ta’minlaydigan ayrim organlar va to’qimalarning o’sish va
rivojlanish holatini qiyosiy o’rganishda kuzatiladi. 4.Akselerasiya hodisasining fiziologik mohiyati Akselerasiya-terminini 1935 yilda nemis vrachi R. Kox taklif qilgan.U lotinchada tezlashuv,jadallashish degan ma’noni anglatadi. Bu tushunchaga bolalar va o’smirlarda o’sish va rivojlanishning tezlashuvi, balog’atga etish davrining bir muncha erta boshlanishi, sezgi organlari va asab tizimining tezroq rivojlanishi kiradi. Hozirga kelib akselerasiya tushunchasi juda kengayib ketdi. Faqat bolalar va o’smirlarda emas voyaga etgan odamlarda ham akselerasiya kuzatilmoqda.Masalan qarish davrida ham farzand ko’rish,ko’krak qafasi,tana massasi kabilarning ortishi ham akselerasiyaga misol bo’ladi. Olimlarning aniqlashicha, hozirgi bir yoshli bola bundan 50-75 yil oldingi bolalarga nisbatan o’rtacha 5-7 sm ga uzun, tana og’irligi esa,1,5-2 kg ga og’irroqligi ma’lum bo’lgan. Mutaxassislarning fikricha akselerasiyaga sabab ovqatlanish,ekologik xolatlar,sport bilan shug’ullanishlar,fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishlari bo’lishi mumkin.Akselerasiyaning psixik akselerasiya turi mavjud bo’lib,bunga masalan bolani olti yoshdan boshlang’ich maktabda o’qishi misol bo’la oladi.
3- Ma’ruza
Do'stlaringiz bilan baham: |